• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Superqahramon obrazidan so‘ng: Marvel olami yulduzlarining karyerasi qanday kechdi?

    Marvel olami filmlari ko‘plab aktyorlar uchun karyerasidagi keskin burilish nuqtasiga aylandi. Ular dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi, millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortdi hamda mo‘may daromadga ega bo‘ldi. Biroq bunday muvaffaqiyat ijodiy erkinlikni cheklovchi omillarga ham ega: bir obrazga uzoq yillar bog‘lanish yangi rollarda ochilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Quyida superqahramon obrazidan keyin Gollivud yulduzlarining karyerasi qanday davom etgani haqida so‘z boradi.

    Skarlett Yoxansson

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Skarlett Yoxansson Marvel olamida rus josusi Natasha Romanoff, ya’ni Qora beva obrazini yaratib, franshizaning sakkizta filmida ishtirok etdi. Biroq u faqat superqahramonlik rollari bilan cheklanib qolmadi. Yoxansson yirik blokbasterlar va mustaqil kinolarda birdek muvaffaqiyat qozondi. “Nikoh tarixi” filmi unga “Oskar” nominatsiyasini olib keldi, “Qurollangan arvoh” esa uning yirik loyihalaridan biri bo‘ldi.

    Aktrisa “Kuyla” va Ues Andersonning “Itlar oroli” animatsion filmlarida ovoz berdi. Natasha rolidagi so‘nggi chiqishi 2021-yilda suratga olingan “Qora beva” filmida bo‘ldi. Hozircha bu obrazga qaytish rejalashtirilmagan.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Marvel’dan so‘ng Skarlett yana Ues Anderson bilan ikki marta ishladi va “Asteroidlar shahri”, “Finikiya sxemasi” kabi filmlarida ishtirok etdi. 2025-yil iyul oyida esa u “Yura davri olami: uyg‘onish” filmida paydo bo‘ladi.

    Mark Ruffalo

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Mark Ruffalo Halk rolini aktyor Edvard Norton va Marvel studiyasi o‘rtasidagi kelishmovchilikdan so‘ng qabul qilib olgan. Aynan shu sababli bu obraz asosida alohida film suratga olinmagan. Ruffalo Halk rolida 13 yil davomida ishtirok etdi va Marvel koinotining muhim shaxslaridan biriga aylandi. Biroq “Qasoskorlar” filmidan keyin u faqatgina “Ayol Halk: advokat” serialida epizodik rol o‘ynadi.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Ruffalo o‘zining aktyorlik salohiyatini Marvel’dan boshqa loyihalarda ham ko‘rsatdi. U Yorgos Lantimosning “Bechora baxtsizlar” filmida ishtirok etdi. 2025-yilda esa “Yolg‘onlar illyuziyasi 3” filmi ekranlarga chiqadi, unda Ruffalo yana FQB agenti Dilan Rods obrazini gavdalantiradi. Mish-mishlarga ko‘ra, Ruffalo “O‘rgimchak odam 4” filmida ham ishtirok etishi mumkin.

    Elizabet Olsen

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Elizabet Olsen Marvel olamiga “Qasoskorlar: Altron davri” filmi orqali kirib keldi va Vanda Maksimoff obrazini yaratdi. Mazkur rol aktrisa karyerasida ulkan burilish bo‘ldi. Marvel loyihalari orasida u “Shamollar daryosi” trilleri, “Ingrid G‘arbga yo‘l oladi” komedik dramasi, “Sevgi va o‘lim” seriallarida ham ishtirok etdi.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Yaqinda Elizabet Vanda Marvel’ning yangi filmlarida paydo bo‘lmasligini ma’lum qildi. “Doktor Streynj: telba koinot” filmi iliq kutib olinmagach, bu obrazning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Shu bilan birga, aktrisaga Marvel’dan tashqarida ham hozircha yirik loyihalardan taklif bo‘lmadi.

    Hyu Jekman

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Hyu Jekman va uning Rosomaxa obrazi superqahramonlar orasida eng mashhur obrazlardan biridir. Birinchi film 2000-yilda 20th Century Fox tomonidan suratga olingan bo‘lsa, so‘nggi “Dedpul va Rosomaxa” 2024-yilda ekranlarga chiqdi. Jekman bu obrazda uchta alohida filmda rol o‘ynadi. Aktyor so‘nggi yetti yil davomida Rosomaxa roliga qaytmasligini bildirgan, ammo “G‘aroyib odamlar” franshizasi huquqlari Disney qo‘liga o‘tgach, do‘sti Rayan Reynolds uni “Dedpul” loyihasiga qaytarishga ko‘ndirdi.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Marvel’dagi tanaffus davomida Jekman “Qanday qilib prezident bo‘lmaslik kerak”, “Benuqson” komedik dramasi va “Xotiralar” fantastik trillerida rol o‘ynadi. 2022-yilda u “O‘g‘il” filmida bosh rolni ijro etdi, ammo bu filmlar kassa daromadlari yuqori bo‘lmadi.

    Robert Dauni

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    “Temir odam” obrazi orqali Robert Dauni o‘n yildan ortiq vaqt davomida franshizaning asosiy yuzi bo‘lib keldi. Uning superqahramonlik obrazlari “Qasoskorlar: intiho” filmi bilan yakun topdi. Keyinchalik Marvel studiyasi janjallar sababli Jonatan Meyjorsni asosiy yovuz obrazdan olib tashlab, uning o‘rniga doktor Dum obrazini tanladi va bu rolga aynan Dauni taklif qilindi.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Hozirda aktyor yana Sherlok Holms obraziga qaytishi kutilmoqda, uchinchi film ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida.

    Tobi Maguayr

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    O‘rgimchak odam Marvel dunyosidagi eng mashhur superqahramonlardan biri bo‘lib, so‘nggi 25 yil ichida bu rolni uch nafat aktyor ijro etdi. Ulardan birinchi bo‘lib Tobi Maguayr 2002-yildan boshlab suratga olingan trilogiyada ishtirok etdi. Uning so‘nggi chiqishi “O‘rgimchak odam 3: ko‘zgudagi dushman aksi” filmi bo‘lib, syujetning haddan tashqari murakkabligi sababli u turli tanqidlarga uchradi.

    Foto: Kino.mail.ru
    Foto: Kino.mail.ru

    Marvel’ning multikoinot g‘oyasi qayta joriy etilgach, Maguayr “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q” filmida yana Piter Parker obraziga qaytdi. Marvel’dan tashqari boshqa loyihalarda esa Maguayr kamroq ko‘rindi. U ishtirok etgan mashhur filmlar qatoriga “Buyuk Getsbi”, “Aka-ukalar” va “Mehnat bayrami” kiradi. Shuningdek, u prodyuserlik bilan ham shug‘ullandi, biroq bu loyihalari tijoriy muvaffaqiyatga erisha olmagan.

    2 iyul, 13:50   Izoh (0)   1890
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #kino#Marvel

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    “Oskar” poygasida “Oqim” multfilmi “Boshqotirma”ni ortda qoldirdi: kutilmaganda mukofotni qo‘lga kiritgan animatsion filmlar

    11 mart, 09:39

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Gollivudning oltin avlodi: mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan aktyor va aktrisalar

    31 mart, 10:55

    Leonardo Di Kaprio, Megan Markl va boshqa kinoyulduzlarining noodatiy hobbilari 

    14 aprel, 13:12

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    Sevimli filmlarimizdagi e’tibordan chetda qolgan 6 ta qiziqarli detal

    2 aprel, 16:35

    So‘nggi nafasgacha kurashgan: saraton tufayli bevaqt olamdan o‘tgan mashhurlar

    12 aprel, 14:59

    2025-yilda premyerasi kutilayotgan 6 ta yangi serial

    20 may, 15:30

    Gollivud yulduzlari mashhurlikning haqiqiy bahosi haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi

    30 may, 11:51

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    31 may, 11:40

    Mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan Gollivudning yosh yulduzlari

    11 iyun, 19:15

    Mashhurlikdan panjara ortigacha: qamoqda o‘tirib chiqqan Gollivud yulduzlari

    14 iyun, 15:50

    Xyu Jekman muxlislardan qochib notanish kishining mashinasiga o‘tirib oldi

    21 iyun, 09:02

    O‘lim bilan yuzma-yuz: og‘ir kasalliklarni yengib, hayotga qaytgan Gollivud yulduzlari 

    1 iyul, 18:01

    “Har yerni qilma orzu” — Gollivud yulduzlari kino olami va mashhurlik ortidagi razilliklar haqida

    1 iyul, 11:41

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    1 iyul, 19:10

    “ ‘Forsaj’ning yakuniy qismida marhum aktyor Pol Uoker qaytadi” — Vin Dizel

    30 iyun, 12:40

    “Kalmar o‘yini” serialining yangi versiyasi AQSHda suratga olinadi

    30 iyun, 11:43

    Fransuz kinosi yulduzlari Marion Kotiyar va Giyom Kane 18 yillik turmushdan so‘ng ajrashdi

    30 iyun, 20:20

    Bollivud aktrisasi Shefali Jarivala “yoshartiruvchi” ukol olganidan so‘ng vafot etdi 

    30 iyun, 16:50

    Seulda “Kalmar o‘yini” seriali sharafiga parad o‘tkazildi

    30 iyun, 18:50

    Amazon yangi Jeyms Bondni izlamoqda. Nomzodlar orasida Tom Holland ham bor 

    1 iyul, 13:04

    Bolalikni yodga soluvchi ertak: “Mio, bolaginam Mio” filmi aktyorlarining taqdiri qanday kechdi?

    1 iyul, 10:27

    So‘nggi “O‘rgimchak odam” rejissyori Reddit’dagi birgina post sabab mashhur sahnani o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi

    1 iyul, 09:45

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialning finali va davom etish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi

    1 iyul, 09:28

    The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta filmini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni koreys filmi egalladi

    1 iyul, 14:40

    Enn Heteuey “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomida suratga tushadi

    1 iyul, 13:47

    Dunyoda ilk bor barcha bosqichlari to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan multserial taqdim etildi

    1 iyul, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya prezidenti ash-Shara’a BMTda nutq so‘zlaydi

    Dunyo | 25 avgust, 20:05

    Tramp ABC va NBC telekanallarining efir litsenziyalarini bekor qilishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

    Dunyo | 25 avgust, 19:50

    Suriya va Isroil o‘rtasidagi xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvning yangi tafsilotlari oshkor qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 19:37

    Ukraina va AQSH vakillari Rossiya tomoni bilan bo‘lajak tinchlik muzokaralaridan oldin uchrashmoqchi

    Dunyo | 25 avgust, 19:25

    O‘zbekistonda “Milliy futbol elektron platformasi” yaratiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 19:05

    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy

    Reklama | 25 avgust, 18:00

    Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Samarqandga keldi. Shavkat Mirziyoyev mehmonni kutib oldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:56

    Angela Merkel Germaniyaning migrantlarni integratsiya qilishda muvaffaqiyatiga ishonadi

    Dunyo | 25 avgust, 18:55

    “Tolibon” erkakni otib o‘ldirib, gavjum joyda osib qo‘ydi

    Afg'oniston | 25 avgust, 18:40

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    Markaziy Osiyo | 25 avgust, 18:35

    O‘zbekistonda maktablarda darslar qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.