Anjelina Joli bilan shov-shuvli ajrashishdan so‘ng Bred Pitt uzoq vaqt yolg‘iz yurdi. Ammo endi uning hayotida yangi ayol — Ines de Ramon paydo bo‘ldi. U kim va nima uchun endi uning nomi butun Gollivudning tilida?

Gollivud yulduzi doim ayollar e’tiborida bo‘lgan. “Janob Smit” kamida 9 ta shov-shuvli munosabat bilan “maqtana oladi”. Dunyodagi eng mashhur tanishuv dasturida aktyorning hazil tariqasidagi anketasi paydo bo‘lishi, uning sobiq rafiqasi Jennifer Eniston bilan do‘stona qayta uchrashishi, endi esa “Formula-1”da 29 yoshli Ines de Ramon bilan qo‘l ushlashib yurishi muxlislarda turli xil taxminlar keltirib chiqardi.
To‘rt tilda so‘zlashadigan, to‘g‘ri ovqatlanish va zargarlik buyumlari haqida hamma narsani biladigan, mashhur kuyovlarni o‘ziga oshiq qilib qo‘yadigan bu sirli, ammo jozibali ayol kim ekanligini batafsil aytib beramiz.
-RuwKYTfh.avif)
Boy sulola vakilasi

Bred Pittning hozirgi sevgilisi Ines de Ramon Shveysariyada tug‘ilib o‘sgan, badavlat oilada tarbiyalangan va hashamatli hayot kechirgan. Qizning otasi, New York Post ma’lumotlariga ko‘ra, madridlik muvaffaqiyatli moliyachi bo‘lgan. Ular shunga yarasha Jeneva ko‘li yaqinidagi nufuzli Kolonyi shaharchasida yashagan.
Kolonyi — 5 mingga yaqin aholi yashaydigan joy bo‘lib, yopiq elita klubiga o‘xshaydi. Bu yerda har bir burchak nafaqat go‘zal, balki uning nufuzli egalarining muvaffaqiyatini ham ko‘z-ko‘z qiladi.
Yuqori jamiyat ta’limi

Inesning bolaligi va yoshligi haqida matbuotda batafsil ma’lumot yo‘q. Faqat uning Shveysariya maktabini a’lo baholarga bitirganini bilish mumkin. Watson portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qish uning tengdoshlari orasida eng mashhur qizlardan biri bo‘lishiga va avval o‘smirlar, keyinchalik esa kattalar davrasida ko‘zga tashlanishiga xalaqit bermagan.
Xabar qilinishicha, Ines 2013-yil Jeneva universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Ko‘p o‘tmay u Integrativ nutritsiologiya institutining sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassisi sertifikatiga ham ega bo‘lgan.
Bundan tashqari, qiz to‘rtta tilni: italyan, fransuz, nemis va ingliz tillarini mukammal biladi. Ingliz tilini bilishi qizning AQSHga ko‘chib o‘tishiga yordam bergan, u yerda u butun dunyoga tanilgan.
Zargarlik biznesi

Shveysariyaning zargarlik buyumlari bozori go‘zal qizning ambitsiyalari uchun torlik qilgan. U bir yil davomida — 2013-yildan 2014-yilgacha Jenevadagi mashhur kimoshdi uyining tegishli bo‘limida ishlagan.
Nyu Yorkka ko‘chib o‘tgach, Ines hashamatli zargarlik buyumlari bilan shug‘ullana boshlagan. Hozirda u Anita Ko Jewelry brendining ulgurji savdo bo‘limiga rahbarlik qilmoqda.
“Vampir”ga turmushga chiqish

Ines de Ramon 2018-yilda muhokamalar markazida qolib ketdi. O‘shanda qiz va Pol Uesli juftligi birinchi marta omma e’tiboriga tushgan edi. “Vampir kundaliklari” serialidagi asosiy qonxo‘rlardan biri — Stefan Salvatore rolini ijro etgan aktyor sevgilisini uzoq vaqt yashirib yurmadi. Ines va Pol 2019-yil 19-fevralda turmush qurishdi.
Ularning ajralishining asl sabablari hali ham sir bo‘lib qolmoqda. Biroq “murosasiz kelishmovchiliklar” ideal er-xotinni 2022-yil sentyabrda ajrashishga majbur qildi.
Bred Pittning yuragini zabt etish

Ines de Ramon 1992-yil 19-dekabrda, o‘zining sevgilisi Bred Pittdan “atigi” bir kun va 29 yil keyin tug‘ilgan. Biroq yosh farqi ularning munosabatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Aktyor uzoq vaqt “orzudagi bo‘ydoq” maqomida qoldi. Faqat 2024-yilda u yangi sevgilisi — Ines de Ramon bilan “Formula 1” Gran-prisida rasman paydo bo‘ldi. Bred Pitt sevgilisining qo‘lidan mahkam ushlab tadbirga tashrif buyurdi.

Juftlik birinchi marta 2022-yil noyabrda Los Anjelesdagi konsertlardan birida ko‘zga tashlandi. O‘shanda Ines ajrashganiga ikki oy bo‘lgan edi. Keyin ularning Meksikada dam olayotganini ko‘rishdi, u yerda juftlik Yangi yilni kutib oldi.
To‘y yaqinmi?
Bred Pittning Anjelina Joli bilan ajrimining ayanchli tajribasi yulduzning tashqi ko‘rinishiga ham, uning nikohga bo‘lgan munosabatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Garchi Ines aktyorning janjallar dunyosida yorug‘lik nuriga aylangan bo‘lsa-da, Pitt 61 yoshidan ham yosh ko‘rina boshladi. Biroq ularning to‘y haqidagi qarashlari tubdan farq qiladi.

Aktyor nikoh shartnomasi zarurligiga ishonadi, ammo uning shartlari va mavjudligi shundoq ham badavlat va go‘zal de Ramonni qoniqtirmaydi. Ta’kidlash joizki, Pittning barcha farzandlari va Jolining o‘zidan tashqari, yaqin do‘stlari va oilasi Inesni iliq qabul qilishgan.
Hozirda juftlik hayotdan va bir-biridan zavqlanmoqda. Ularning baxti yana qancha davom etishini aytish qiyin. Ammo uch yil — jiddiy niyatlar belgisidir.
Izoh (0)