• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Go‘zallik Maslahatlar

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Yoz kelishi bilan ko‘pchiligimiz quyoshdan himoya qiluvchi krem surtishni o‘zimizga eslatib yuramiz. Go‘yoki bu odatga aylangan. Lekin muammo shundaki — hatto eng qimmat SPF ham, bitta muhim jihat e’tibordan chetda qolsa, hech qanday foyda bermaydi. Birgina xato tufayli teringiz siz o‘ylagandek himoyalanmagan bo‘lishi mumkin. Rianna, Heyli Biber va boshqa mashhurlar bilan ishlaydigan dermatologlar nima deydi? Maqola davomida ularning fikrlari va haqiqatan ham ishlaydigan foydali maslahatlarini ulashamiz.

    Foto: Pinterest

    SPF surtgan bo‘lsangiz ham nimani noto‘g‘ri qilayotgan bo‘lishingiz mumkin?

    Foto: Pinterest

    Keng tarqalgan xatolardan biri — SPFni ertalab bir marta surtishning o‘zi kifoya, deb o‘ylashdir. Aksariyat odamlar ertalab krem surtib oladi-da, quyosh ostida kun bo‘yi yuraveradi. Aslida esa, SPF kremlar atigi 2–3 soat davomida ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, terlaganingizda, suzganda yoki plyajda yuzingizni sochiqqa ishqalayotgan bo‘lsangiz, kremning himoyaviy ta’siri yanada tez yo‘qoladi. Shu sababli dermatologlar quyoshdan himoyalovchi vositani har 2 soatda yangilab surtish kerakligini bir ovozdan ogohlantiradi.

    Yana bir keng tarqalgan xato — kremni juda kam miqdorda surtish. Ko‘pchilik SPF ni juda oz suradi. Aslida esa, yuz va bo‘yin uchun kamida chorak choy qoshiq miqdorida krem kerak bo‘ladi. Bu taxminan ikki barmoq uzunligidagi kremga teng. Tana uchun esa bir kaft miqdorida SPF surtish tavsiya etiladi. Aks holda, krem teriga yetarli darajada to‘siq hosil qila olmaydi.

    Ko‘pchilik yana bir xatoga yo‘l qo‘yadi — SPF ni noto‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘llaydi. Masalan, ba’zilar quyoshdan himoya qiluvchi kremni namlantiruvchi vositadan oldin surtadi. Bu esa SPFning ta’sirini deyarli butunlay yo‘qqa chiqaradi. Eslab qoling: quyoshdan himoya qiluvchi krem parvarishning so‘nggi bosqichi bo‘lishi kerak. Ya’ni, barcha serumlar, namlantiruvchi kremlar va hattoki makiyajdan keyin surtiladi (agar makiyaj vositangiz SPF o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, albatta).

    Aktrisa Emma Roberts ilgari tonal kremidagi SPF yetarli deb o‘ylaganini tan olgan edi. Ammo uning vizajisti bu yetarli emasligini, ayniqsa tonal krem juda oz miqdorda surtilsa, himoya kuchsiz bo‘lishini tushuntirgan. Shundan so‘ng Emma SPF sprey vositasini makiyaj ustidan qo‘llay boshlagan.

    Yulduzlarning dermatologlari bu mavzuda nima deydi? 

    Foto: thegirl.ru

    Gollivud yulduzlari bilan ishlaydigan dermatologlar hattoki yulduzlar ham SPF dan foydalanishda xato qilishlari mumkinligini tan olishadi.Quyoshdan himoya vositasi ko‘plar uchun mavsumiy chora emas, balki kunlik go‘zallik tartibining ajralmas qismidir.

    Heyli Biber va Bella Hadidning dermatologi, doktor Sherrin Idriss “Eng qimmat SPF ham noto‘g‘ri surtilsa va kun davomida yangilanmasa, foydasi bo‘lmaydi” deb ta’kidlaydi. U ko‘pincha SPF bilan qoplangan pudra yoki spreyni yonida olib yurishni maslahat beradi.

    Rianna brendi Fenty Skin bilan ishlovchi jamoa esa qiziqarli sirni ochdi: qo‘shiqchi quyosh kremidan doimiy foydalanadi. Uning sumkasida har doim sayohat uchun mo‘ljallangan SPF krem bor va u uni hatto suratga olish orasida ham yangilaydi.

    Kim Kardashyan hatto uyning oynasi yonida yoki yorqin studiya yoritgichi ostida ishlayotganda ham SPF surtishni unutmaydi, deydi uning dermatologi Garold Lanser.

    Dermatolog quyoshdan himoyani hatto bulutli kunlarda ham yangilashni maslahat beradi, chunki ultrabinafsha nurlar bulutlardan o‘tib ketadi.

    Xulosa qilib aytganda, bitta xato — eng qimmat SPF ham foydasiz bo‘ladi. Lekin yaxshi yangilik shuki, buni oson tuzatish mumkin: biroz ko‘proq e’tibor va intizom kerak. Agar Rianna suratga olish orasida SPF yangilay oladigan bo‘lsa, Heyli Biber esa makiyaj ustiga ham sura oladigan bo‘lsa, demak biz ham buni uddalashimiz mumkin. Axir, porlab turuvchi va himoyalangan teri — sehr emas, balki oddiy, to‘g‘ri odatdir.

    3 iyul, 22:40   Izoh (0)   665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #SPF#yoz#yuz himoyasi#gollivud yulduzlari#dermotolog

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jazirama kunlarda sochlarni qanday himoya qilish kerak? Ularni mo‘rtlik va shikastlanishdan qutqaradigan 5 ta qoida

    21.07.2022, 11:33

    Tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi: teriga zarar beradigan yozgi makiyajdagi 5 ta xato

    13.08.2022, 17:53

    Xollar va quyosh nuri: terini qanday himoya qilish kerak?

    19.08.2022, 11:31

    Jazirama yoz: issiq kunlarda o‘zingizni qulay his qilishingizga yordam beradigan 10 ta tavsiya

    01.06.2023, 09:30

    Bahordagi quyosh nuri xavflimi? Shifokor-onkolog javob berdi

    26.04.2024, 13:51

    Quyosh nurining foydasi va zarari: oftobda toblanish teri saratoniga sabab bo‘ladimi?

    20.05.2024, 17:25

    Nima uchun quyoshdan himoya qiluvchi krem yuzda toshmalar paydo qiladi? Mutaxassis javobi

    24.05.2024, 17:25

    Oq rangli kiyimlar quyosh o‘tkazmasligi rostmi?  

    15.06.2024, 14:25

    Kosmetikangizni tekshirib ko‘ring: yuz terisida dog‘larni paydo qiluvchi mahsulotlar

    19.06.2024, 15:30

    Yozda foydalanish xavfli bo‘lgan kosmetika turlari 

    06.07.2024, 13:10

    “Abadiy yoshlik”: Yoshini hech qachon taxmin qilib bo‘lmaydigan Gollivud yulduzlari

    31.08.2024, 17:20

    Organizmdagi kollagen miqdorini oshirishning 4 ta tabiiy usuli

    16.10.2024, 16:05

    Shellakni quritadigan manikyur lampasi saratonni keltirib chiqarishi mumkinmi?

    15 aprel, 18:50

    Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremni to‘g‘ri tanlash va ishlatish haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 muhim fakt

    9 may, 16:30

    Yozda terini quyoshdan himoya qilish uchun 8 ta eng yaxshi SPF krem

    15 may, 22:30

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    24 may, 21:40

    Koreys ayollarining yuzi tiniq va silliq bo‘lishiga yordam beradigan parvarish sirlari

    30 may, 17:30

    Yopiq liboslar ajoyib yechim: Sanepidqo‘m jaziramada kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    8 iyun, 12:55

    Organizmning qarishini tezlashtiradigan zararli odatlar

    12 iyun, 18:32

    Yuz terisi qizarib qolganida qo‘l keladigan layfxaklar

    16 iyun, 16:55

    Quyoshga allergiya nima va uni kuygan teridan qanday ajratish mumkin?

    18 iyun, 15:55

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    25 iyun, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 11:59

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

    Sport | 4 iyul, 11:55

    Gitler haqidagi qo‘shiq tufayli Kanye Uestga Avstraliyaga kirish taqiqlandi

    Musiqa | 4 iyul, 11:51

    Gollivud aktyori Maykl Medsen vafot etdi

    Kino | 4 iyul, 11:34

    Tramp migrantlarga AQSH fermalarida qolishga ruxsat berishini aytdi

    Dunyo | 4 iyul, 11:25

    “Real” sobiq futbolchisi: “Ronaldu klubdagi barchaga iPhone va Apple Watch sovg‘a qilgan edi”

    Sport | 4 iyul, 11:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.