Ucell va Yandex Uzbekistan hamkorlik shartnomasi tuzdi: endilikda Ucell ilovasi foydalanuvchilari Yandex Music katalogidagi 100 milliondan ortiq xorijiy va o‘zbek treklarni, podkastlarni hamda bolalar uchun musiqalarni tinglashlari mumkin. Kontent Ucell ilovasida mutlaqo bepul va cheklovlarsiz — trafik uchun alohida to‘lov olinmaydi. Yandex Music uchun bu birinchi shunday integratsiya.
Foydalanuvchilarga xorij va o‘zbek musiqasi, podkastlar, shaxsiy tanlovlar hamda sun’iy intellekt asosidagi musiqiy tavsiyalar — “Mening to‘lqinim” tizimi ham taqdim etiladi. Ucell ilovasida endi Yandex Books’dan audio kitoblarni tinglash va Yandex Go’da Plus ballari bilan keshbek to‘plash ham mumkin bo‘ladi. Xizmatda taqdim etilgan barcha kontent mualliflik huquqlari asosida joylashtirilgan.
“Maqsadimiz — oddiy, arzon va ishonchli xizmatlarni taklif etish - odamlar bilan va odamlar uchun ishlash. Va o‘ylaymanki, ushbu hamkorlik yanada ko‘proq foydalanuvchilarga sifatli zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanishga yordam beradi,” dedi Ucell tijorat direktori Georgiy Churavtsov.
Xizmatdan “Bor” tariflari abonentlari foydalanishlari mumkin (Bor 60, Bor 80, Bor 110, Bor 160). Shu bilan birga, qo‘shimcha ilova yuklab olish hojati yo‘q: Yandex Music’ning barcha funksiyalari bevosita Ucell mobil shaxsiy kabinetida mavjud. Xizmatdan foydalanish uchun Yandex ID bilan biriktirilgan telefon raqamini Ucell shaxsiy kabinetiga ulash kerak.
Hozirda Yandex Music’da mingga yaqin O‘zbekiston san’atkorlar taqdim etilgan bo‘lib, ular tomonidan yaratilgan 30 mingga yaqin trek mavjud.
Yandex Books platformasida esa O‘zbekistonning yetakchi 3 ta nashriyotlaridan 900 dan ortiq yangi kitoblar o‘zbek tilida taqdim etilgan. Shuningdek, “Bolalik Kunlarimda” loyihasi doirasida yaratilgan dunyo xalqlari ertaklari audiokitoblarini ham tinglash mumkin.
Xizmatga qanday ulanish mumkin?
Yandex Music xizmatidan foydalanish uchun Ucell shaxsiy kabinetida telefon raqamingizni Yandex ID bilan bog‘lashingiz kerak. Yandex Music ilovasini alohida yuklab olish talab etilmaydi.
Yandex Books — Yandex Plus obunasiga kiradigan kitob o‘qish va tinglash servisi. Unda 250 mingdan ortiq elektron va audiokitoblar jamlangan. Jumladan, klassik asarlar, ilmiy-ommabop adabiyotlar, fantastika, komikslar va boshqalar. 2025-yil boshidan boshlab platformada o‘zbek tilidagi 900 dan ortiq yangi kitoblar paydo bo‘ldi. Ularni Yandex Books va Yandex Music ilovalari orqali o‘qish va tinglash mumkin.
Yandex Plus — turli xil ko‘ngilochar xizmatlarga kirishni o‘zida mujassam etgan multiobuna: Kinopoisk’da — filmlar, seriallar, telekanallar va sport translyatsiyalari,Yandex Music’da – sevimli musiqa va aniq musiqa tavsiyalari bilan, Yandex Books’da — 250 mingdan ortiq elektron va audiokitoblar, shu jumladan komikslar.
Bundan tashqari, Yandex Plus obunachilari Yandex Go orqali taomlarni bepul buyurtma qilishlari va keshbek ballar bilan olishlari mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)