O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatlar tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish, avtomobil transportida yangi koridorlarda yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Transport vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil etdi.
Murakkab relyefli Oltoy tog‘lari bo‘ylab o‘tgan mazkur koridor ayrim qismlari dengiz sathidan 1500 metr balandlikkacha ko‘tariladi. O‘zbek milliy tashuvchisi tomonidan 4500 km masofa 8 kunda bosib o‘tildi.
O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy—Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab 5-iyun kuni birinchi pilot yuk tashuvi tashkil etilgan.
Ta’kidlanishicha, bu yo‘nalish davlatlar o‘rtasida eksport va import yuk tashuvlari hajmini oshirishga, savdo aloqalari geografiyasini kengaytirishga hamda tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
Dunyo logistika bozoridagi vaziyatni inobatga olganda, mazkur koridorning rivojlanishi o‘zbek milliy tashuvchilari uchun o‘z biznesini kengaytirish, samaradorlikni oshirish hamda mintaqaviy va global darajadagi o‘rinlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Koridorning yo‘nalishi va maqsadi
Yangi transport yo‘lagi O‘zbekistondan Qirg‘iziston orqali Xitoyga, so‘ngra Mo‘g‘ulistonga o‘tadi. Bu yo‘l Yevrosiyo mintaqasida yuk tashishning muqobil va samarali yo‘nalishini taqdim etadi, ayniqsa Xitoy va Mo‘g‘uliston bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Izoh (0)