• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev raisligida o‘tgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

    Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

    O‘zbekiston prezidenti nutqining avvalida XXR raisi Si Szinpinning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish orqali mintaqaning barqaror taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rnini alohida taʼkidladi.

    2023-yilda Sian shahrida o‘tgan birinchi sammitdan so‘ng “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi hamkorlikda katta muvaffaqiyatlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, kotibiyat tashkil etildi, vazirlar va ekspertlar uchrashuvlari va yig‘ilishlarini o‘tkazish mexanizmlari ishga tushirildi, keng ko‘lamli hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi shakllantirilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda, joriy yilda bu ko‘rsatkich 100 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

    “Bizningcha, bir tomondan, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylangan Markaziy Osiyoning o‘zidagi chuqur transformatsiya jarayonlari, boshqa tomondan, Xitoy rahbariyatining qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va “Belbog‘ va yo‘l” global konsepsiyasini ilgari surishga qatʼiy sodiqligi ushbu formatdagi hamkorlikning rivojlanishiga imkon bermoqda”, dedi davlat rahbari.

    So‘ng O‘zbekiston yetakchisi mintaqaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon qildi. Avvalo, bu galgi uchrashuv xalqaro vaziyat sezilarli darajada yomonlashgan bir sharoitda o‘tayotgani taʼkidlandi. Raqobatning ortishi keskinlikning zo‘rayishiga, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga yangi xavf va tahdidlar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

    ”Nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qilish uchun kuch ishlatish vositalaridan foydalanish o‘zini oqlamaydi va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz. Barcha nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq meʼyorlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi asosida faqat diplomatik saʼy-harakatlar yo‘li bilan – muzokaralar stolida hal etilishi shart”, dedi prezident.
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu munosabat bilan sammit davomida mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashga umumiy hissa qo‘shadigan Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qabul qilinishi tarixiy ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Ushbu shartnomani rivojlantirish maqsadida aniq mexanizm va loyihalarni kiritgan holda Uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi.

    O‘zbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, Xitoy bilan savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirishda kuchli lokomotiv bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Mintaqa mamlakatlarining o‘sib borayotgan salohiyati va Xitoyning sanoat sohasidagi yetakchiligini birlashtirish bilimlar bilan almashish va texnologiyalar transferining samarali mexanizmlariga ega bo‘lgan umumiy keng imkoniyatlar makoni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi taʼkidlandi.

    Yangi iqtisodiy sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish hamda Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hududlararo kengashni taʼsis etish bu boradagi amaliy qadam bo‘ladi. O‘zbekiston tomoni kengashning birinchi yig‘ilishini joriy yil oxirigacha o‘tkazishga tayyorligi bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Savdo aloqalarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston prezidenti ”Raqamli makon va yo‘l” doirasida ”Raqamli Ipak yo‘li” ko‘p tomonlama savdo platformasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

    Shuningdek, reglament va standartlarni yaqinlashtirish, eksport mahsulotlarini Xitoy talablari asosida sertifikatlash uchun Toshkent shahrida Sanoatda standartlashtirish va sertifikatlashtirish mintaqaviy markazini tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

    Biznes, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va muhandislik markazlarini jalb qilgan holda, texnologiyalar transferi bo‘yicha alohida ”yo‘l xaritasi”ni qabul qilish taklifi bildirildi.

    O‘zbekiston yetakchisi iqtisodiy salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish uchun sanoat va infratuzilmaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish zarurligiga alohida to‘xtaldi. Shu maqsadda ”Markaziy Osiyo - Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni” uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xitoy investitsiyalari, texnologik va ilmiy yechimlarini jalb qilgan holda, o‘zaro bog‘langan sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratish shular jumlasidan. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash, jumladan, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini barpo etish megaloyihasini amalga oshirish masalalari ham diqqat bilan o‘rganilishi lozim.

    Mintaqaviy ahamiyatga molik yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan samarali moliyaviy vositalarni joriy etish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda.

    ”Bugungi kunda amalda bo‘lgan xalqaro mexanizmlar, hech shubhasiz, muhim rol o‘ynamoqda, ammo mintaqaning investitsiyaga bo‘lgan talabini to‘liq qoplay olmayapti. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, Markaziy Osiyoni infratuzilmaviy rivojlantirishda kapital qo‘yilmalar taqchilligi bir necha yuz milliard dollar deb baholanmoqda”, dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    Shu munosabat bilan infratuzilmaviy tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali platforma bo‘la oladigan ”Markaziy Osiyo - Xitoy” taraqqiyot fondini taʼsis etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Markaziy Osiyo va Xitoyning transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish yana bir ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

    ”Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi boshlangani Yevroosiyo makonidagi yangi transport va tranzit kommunikatsiyalari tizimining muhim elementi ekani taʼkidlandi. Shu bilan birga, Transafg‘on temir yo‘l magistrali loyihasini amalga oshirish yana-da keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

    ”Ushbu strategik soha istiqboliga oid umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun transport idoralarimizga dala tadqiqotlarini olib borish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish, muqobil yo‘laklar bo‘yicha yuklarni tashish borasida sinov tariqasidagi loyihalarini amalga oshirish uchun ekspertlar guruhlarini shakllantirish yuzasidan topshiriq berishimiz zarur, deb hisoblayman”, dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    Ushbu guruhlar ishining natijalari asosida kelgusi sammitga qadar transport yo‘laklari va zamonaviy tranzit infratuzilmasining yagona xaritasini shakllantirish bo‘yicha aniq va asoslangan takliflar ishlab chiqilishi kerak.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari iqlim o‘zgarishining barqaror rivojlanish uchun jiddiy tahdidlariga eʼtibor qaratib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan “Yashil” rivojlanish dasturini qabul qilishni jadallashtirish, shuningdek, cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, qurg‘oqchil va cho‘l hududlarida bioekologik barqarorlikni oshirish bo‘yicha muloqot va sheriklik uchun Ekologik alyansni tuzishga chaqirdi.

    “Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlariga alohida to‘xtalishni istar edim. Aynan ushbu yo‘nalishlar bugungi kunda milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini belgilab, uzoq muddatli o‘sishning drayveri bo‘lmoqda”, dedi prezident.

    Iqtisodiy hamkorlikning barqaror raqamli infratuzilmasini shakllantirish maqsadida katta maʼlumotlar bazalari va protsessing markazlarining O‘zaro integratsiyalashgan banklar tarmog‘ini yaratish, shuningdek, asosiy energetika va transport yo‘nalishlari bo‘ylab “Markaziy Osiyo - Xitoy” optik tolali aloqa liniyasining raqamli trassasini barpo etish taklif qilindi.

    “Xalqlarimizning bir-birining madaniyatini o‘zaro boyitish va yaqinlashishga bo‘lgan umumiy intilishi – bu bizning bebaho boyligimizdir. Bugun qabul qilinayotgan O‘zaro tashriflarni yengillashtirish bo‘yicha tashabbus va Madaniy-gumanitar tadbirlar dasturi aynan shu maqsadlarga qaratilgan”, dedi prezident.
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu boradagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning tarixiy-madaniy resurslarini o‘zida mujassam etgan, tadqiqotchilar, talabalar, sayyohlar va kreativ industriya vakillarini qamrab olgan “Ipak yo‘li madaniy merosi” yagona raqamli portalini yaratish taklif qilindi.

    Shuningdek, professional taʼlim sohasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish, universitet rektorlari forumlari, fanlar akademiyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlarining uchrashuvlarini o‘tkazish orqali umumiy ilmiy-taʼlim platformasini shakllantirish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan prezident terrorizm, ekstremizm, radikalizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda maxsus xizmatlar va xavfsizlik kengashlari orqali ko‘p tomonlama axborot almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish muhimligini taʼkidladi.

    “Biz uchun nafaqat qo‘shni, balki umumiy tarixiy-madaniy va iqtisodiy makonimizning ajralmas qismi bo‘lgan Afg‘oniston muammolariga xalqaro hamjamiyat eʼtiborining pasayishi jiddiy tashvish uyg‘otmoqda”, dedi O‘zbekiston yetakchisi.
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bilan hamkorligida to‘plangan boy tajribani qayd etib, O‘zbekiston prezidenti ushbu mamlakatning tiklanishiga ko‘maklashish va uni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yuqori darajadagi guruhni taʼsis etishni taklif qildi. Guruh uchrashuvini Termiz shahrida Afg‘oniston vakillari ishtirokida o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.

    Davlat rahbari so‘zining yakunida O‘zbekiston “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi ochiq muloqot, pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekani taʼkidlandi.

    Yig‘ilish so‘ngida davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Shuningdek, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sammit yakunida kambag‘allikka qarshi, cho‘llanishga qarshi kurashish, taʼlim sohasidagi hamkorlik markazlari hamda to‘siqsiz savdo bo‘yicha hamkorlik platformasini ishga tushirish marosimi bo‘ldi.

    17 iyun, 19:30   Izoh (0)   416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#Xitoy

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

    18 may, 17:25

    O‘zbekistonda Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi 

    20 may, 10:33

    “Daryo” dayjesti: 26-mayning eng muhim xabarlari

    26 may, 23:00

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    27 may, 21:39

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda “Investitsiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasi”ni ilgari surishni taklif qildi

    10 iyun, 18:03

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya hukumati vakillarini qabul qildi

    10 iyun, 20:23

    Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda bojxona yuklarini skanerlash texnologiyalarini joriy qilishi mumkin

    11 iyun, 19:10

    “Daryo” dayjesti: 11-iyunning eng muhim xabarlari

    11 iyun, 23:05

    O‘zbekistondagi 15 ta tuman hokimi ishdan olinishi mumkin

    16 iyun, 12:12

    O‘zbekistonda yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

    16 iyun, 12:21

    “Ular faqat jarima yozish uchun ishlayapti” — prezident yo‘llardagi kameralar haqida gapirdi

    16 iyun, 12:27

    Shavkat Mirziyoyev “yashil” hudud va bolalar o‘yingohlari qurilish uchun berib yuborilayotganini tanqid qildi

    16 iyun, 13:18

    O‘zbekistonda 1-avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

    16 iyun, 13:23

    O‘zbekiston tumanlarida boshqaruv tizimi o‘zgaradi

    16 iyun, 15:51

    “Bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi” — Prezident selektorida aytilgan 10 ta muhim masala

    16 iyun, 17:37

    O‘zbekistonda may oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj qancha fuqaroga yuridik yordam ko‘rsatilgani aytildi

    16 iyun, 20:35

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi

    16 iyun, 19:54

    Nigeriya qariyb 30 yil oldin qatl etilgan “Ogoni-to‘qqizlik” a’zolarini vafotidan so‘ng afv etdi 

    16 iyun, 23:10

    “Do‘stlik” metro bekatidan Yangi Toshkent shahrigacha metro yo‘li quriladi

    16 iyun, 21:43

    “Daryo” dayjesti: 16-iyunning eng muhim xabarlari

    16 iyun, 23:00

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    O‘zbekistonda haydovchilar uchun ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

    17 iyun, 08:54

    Trump brendi ostida mobil telefon ishlab chiqariladi 

    17 iyun, 13:10

    Rossiyada bolalar uchun dronlarni boshqarish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

    17 iyun, 09:30

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    17 iyun, 09:54

    Agalarov Development: Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani uchun ekologik standartlarning yangi bosqichi

    17 iyun, 12:00

    O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarligi uchun qaror kechiktirilsa, jarima bekor qilinadi

    17 iyun, 13:29

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

    17 iyun, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.