• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SHHT sammitida Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbuslar to‘g‘risida ma’lumot berildi

    Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

     

    Unga ko‘ra, Hindiston tomonining raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ham qatnashdi.

    Kuzatuvchi mamlakatlar rahbarlari va faxriy mehmonlar sifatida sammitda Islom respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo‘g‘uliston prezidenti Xurelsux Uxnaagiyn, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

     

    O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida xalqaro munosabatlar tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar – geosiyosiy keskinlik kuchayib, ziddiyatlar avj olayotgani, global barqarorlik va izchil taraqqiyotga xavf solayotgan yangi xatar va tahdidlar paydo bo‘layotgani, ekologiya, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi sohasidagi xavflar ortib borayotganini qayd etdi.

    “Shu munosabat bilan konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga kuchli ehtiyoj borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. O‘zbekiston nizo va ziddiyatlarni hal qilish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan yechimlarni izlash va murosali qarorlarni qabul qilishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy o‘rniga nisbatan prinsipial pozitsiyaga rioya qilishi taʼkidlandi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    SHHT faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston prezidenti ushbu tashkilot muvaffaqiyati uning asosiy tamoyillariga qatʼiy rioya etishga asoslanganligiga eʼtibor qaratdi. Bular - tashkilotning blokdan tashqari maqomi, ochiqlikka qatiy sodiqlik, tenglik va konsensus asosida qaror qabul qilish tamoyillaridir.

    “Eng muhimi, bizning hamkorligimiz turli manfaatlar, yondashuvlar, qarashlar va madaniy tafovutlarni o‘zaro hurmat qilish va konstruktiv idrok etishga suyanadi”, – dedi davlat rahbari.

    SHHTning mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishda samarali xalqaro tuzilma sifatidagi yetakchi rolini saqlab qolish maqsadida qabul qilingan kelishuvlar va qarorlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, shakllantirilgan institutlar va hamkorlik mexanizmlarining faoliyatini audit qilish, tashkilotni modernizatsiyalash bo‘yicha kelishuvlarning bajarilishini jadallashtirish taklifi ilgari surildi. Ekspertlar forumi doirasida SHHT istiqbollari bo‘yicha qo‘shma tadqiqot loyihasini amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

     

    Sammitning kun tartibidan kelib chiqib, O‘zbekiston prezidenti tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni bayon qildi. Xususan, davlat rahbari ko‘p tomonlama siyosiy hujjat - SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

    “Uning qabul qilinishi ustuvor vazifalarni aniqlash, yangi sharoitlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha umumiy yondashuvlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

    O‘zbekiston rahbari SHHT davlatlari sanoat va innovatsion taraqqiyot ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchilik qilgani holda ulkan intellektual salohiyatga, eng boy energiya va agrar resurslarga ega ekanini qayd etdi.

    “Bugungi kunda ichki-mintaqaviy savdo va sanoat-texnologik hamkorlikni rivojlantirish uchun umumiy makonni shakllantirish tashabbusi har qachongidan ham dolzarbdir”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    Shu  maʼnoda, prezident innovatsion taraqqiyot, raqamlashtirish va robotlashtirish, sunʼiy intellekt, biotexnologiya, farmatsevtika va kelajak sanoatining boshqa tarmoqlarini qamrab oladigan SHHTning yangi iqtisodiy muloqoti dasturini qabul qilishni taklif etdi.

    Bu yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish maqsadida davlatimiz rahbari O‘zbekistonda SHHTga aʼzo davlatlar hududlarining innovatsion sherikligi haftaligini hamda yuqori tehnologiyalar qo‘shma ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifini bildirdi. Transport-kommunikatsiya masalalariga to‘xtalib, O‘zbekiston prezidenti SHHT davlatlarining transport o‘zaro bog‘liqligining yagona xaritasini ishlab chiqish tashabbusini bildirdi.

    “Bu “to‘siqlar” va “bo‘shliqlar”ni aniqlash, umumiy, integratsiyalashgan transport-tranzit tizimini shakllantirish uchun ustuvor chora-tadbirlar va loyihalarni belgilash imkonini beradi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Kelgusi yilni SHHT makonida Ekologiya yili deb eʼlon qilinishini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatimiz yetakchisi “Yashil kamar” dasturi doirasida Mintaqaviy ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini tayyorlashni taklif qildi.

    “SHHT maydonida iqlim o‘zgarishiga moslashish, dekarbonizatsiya va “toza” texnologiyalarni joriy etish, “aqlli” qishloq xo‘jaligi va suv tejamkorligini rivojlantirish bo‘yicha yaqinroq muvofiqlashtirish va amaliy hamkorlik zarur”, - dedi davlat rahbari.

    O‘zbekiston prezidenti Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti negizida shu yilning oktyabr oyida Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley sessiyasi doirasida SHHT turizm industriyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

    Davlat rahbari SHHTning boy madaniy-gumanitar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘zaro muvofiqlashgan siyosatni amalga oshirishning dolzarb ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shu munosabat bilan intensiv madaniy almashinuvning yillik taqvimini shakllantirishni amaliyotga joriy etish hamda “SHHT - kelajakning ijodiy g‘oyalari va tashabbuslari makoni” yoshlar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha tadbirlar dasturini tayyorlash taklif qilindi.

    SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyatini faollashtirish borasidagi saʼy-harakatlarni qayd etib, mamlakatimiz yetakchisi tuzilma kengashining sayyor yig‘ilishlari amaliyotini davom ettirishni qo‘llab-quvvatladi, bu tuzilmaning zamonaviy tahdidlarga tezkor javob berish masalalarida vakolatlarini oshirishga imkon berishini taʼkidladi.

    Yana bir muhim masala - Afg‘onistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatga to‘xtalib o‘tildi. Prezident Afg‘onistonning bevosita qo‘shnilari bo‘lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari uzoq muddatli siyosiy yechimni topishdan barchadan ko‘ra manfaatdor ekanini taʼkidladi. Shu munosabat bilan “SHHT – Afg‘oniston” aloqa guruhi formatida qo‘shma faoliyatni va maslahatlashuvlarni qayta tiklash taklif qilindi.

    Tadbir yakunida SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:

    • SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining Nyu-Dehli deklaratsiyasi;
    • 2030-yilga qadar SHHT mintaqasida iqtisodiy rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror;
    • Eronni SHHT aʼzoligiga qabul qilish tartibotini yakunlash va unga SHHTga aʼzo davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror;
    • Belarusning SHHTga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzolash haqida qaror.

    Bundan tashqari, iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformatsiyani yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga qaratilgan 10 ta hujjat qabul qilindi. SHHTga raislik Qozog‘istonga o‘tdi.

    04.07.2023, 17:11   Izoh (0)   8046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    04.07.2023, 16:35

    Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki O‘zbekistonga 2,4 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritgani maʼlum bo‘ldi

    04.07.2023, 16:07

    O‘zbekistonda 5-iyul kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    04.07.2023, 15:50

    “Kompromatuzb ishi” bo‘yicha jabrlanganlarga qancha zarar yetkazilgani ma’lum qilindi

    04.07.2023, 15:12

    Toshkent viloyatida Damas va mikroavtobus to‘qnashishi oqibatida 20 kishi jabrlandi

    04.07.2023, 14:58

    “O‘ttiz yildan buyon shu tizimda ishlayotgan bo‘lsam, hali bunday ish bo‘lmagan” — vazir o‘rinbosari Bahodir Ahmedov madaniyat va turizm bo‘limlariga Damas berilis...

    04.07.2023, 13:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turk seriallarida yoshidagi katta farqqa qaramay tomoshabinlar mehrini qozongan 7 juftlik

    Kino | 22 avgust, 19:55

    Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Aliyev uchrashuvi: transport, energetika va savdo sohasida kelishuvga erishildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:46

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.