• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti: mintaqaviy hamkorlik manzarasi va istiqbollar

    2025-yil 17-iyun kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti bugungi global siyosiy jarayonlar fonida o‘ta muhim voqelik sifatida qayd etildi. Unda dolzarb va strategik ahamiyatga ega 15 ta hujjat imzolandi.

    Xususan, Ostona deklaratsiyasi hamda Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning qabul qilinishi mintaqadagi davlatlar va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish sari qo‘yilgan amaliy qadam bo‘ldi. 

    Prezident Shavkat Mirziyoyev sammitda bildirgan fikrlari orqali mintaqa oldida turgan eng asosiy masalalarga e’tibor qaratdi. Xususan, xavfsizlik, iqtisodiy rivojlanish va transport aloqalarini mustahkamlash masalalarida aniq takliflar berdi. Ularning har biri amaliy yo‘nalish va mantiqiy asosga ega. Prezidentning nutqidan mintaqaviy barqarorlik masalalariga pragmatik yondashuv, ishonchli hamkorlikka tayyorlik va muvozanatni saqlashga intilish yaqqol ko‘zga tashlandi.

    Davlatimiz rahbari o‘zining strategik tahlilidan kelib chiqib, nafaqat qo‘shni, balki umumiy tarixiy-madaniy va iqtisodiy makonimizning ajralmas qismi bo‘lgan Afg‘oniston muammolariga xalqaro hamjamiyatning e’tibori kamayib borayotganini ta’kidlab, uning oqibatlariga e’tibor qaratishga chaqirdi. Bu pozisiya, avvalambor, mintaqada xavfsizlikni ta’minlashga oid umumiy yondashuvlarni tiklashga qaratilgan ishonchli qadam sifatida ko‘riladi.

    Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq va mantiqiy fikr almashildi. Savdo, energetika, ishlab chiqarish, yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi aloqalarda sezilarli sur’at kuzatilmoqda. Bu yo‘nalishlar aniq rejalar va amaliy loyihalar bilan ta’minlanayotgani aloqalarning puxta asoslarga tayanayotganidan dalolat beradi.

    O‘zaro munosabatlardagi barqarorlik tomonlarning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qilmoqda. Xalqaro o‘zgarishlar fonida bu kabi ishonchli sheriklik mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar yaratayotir. O‘zbekiston va Xitoyning bugungi aloqalari faqat ikki tomonlama emas, balki kengroq miqyosdagi hamkorlik modelini shakllantirmoqda.

    Xitoy bilan yo‘lga qo‘yilgan infratuzilmaviy sheriklik, ayniqsa “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi, mintaqadagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bu yo‘l faqat yuk tashish imkoniyatlarini emas, mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotni jadallashtirish, ish o‘rinlari yaratish va logistika tizimini zamonaviylashtirish kabi qo‘shimcha samaralarni ham ta’minlayapti. Ushbu loyiha orqali O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar xalqaro transport zanjirlariga yanada yaqinlashdi, bu esa mintaqaviy bozorlar ochiqligi va tashqi iqtisodiy faollik uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

    Sammit doirasida muhokama qilingan sohalarning xilma-xilligi alohida e’tiborga loyiq. Ekologiya, ta’lim, raqamli texnologiyalar, ilm-fan va sun’iy intellekt bo‘yicha bildirilgan tashabbuslar amaliyotga joriy etilsa, mintaqaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy omillardan biriga aylanishi mumkin.

    O‘zbekiston tomonidan Toshkentda standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazini tashkil etish taklifi ham ana shunday maqsadga xizmat qiladi. Bu tashabbus nafaqat eksportbop mahsulotlar sifatini yaxshilaydi, balki mintaqada umumiy texnik reglamentlar va bozorga kirish shartlarini uyg‘unlashtirishda muhim qadam bo‘ladi.

    Sammit doirasida xavfsizlik masalalari alohida ahamiyat bilan muhokama qilindi. Terrorizm, giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Bugungi global xavf-xatarlar sharoitida bunday yondashuv mintaqaviy hamjihatlikning ahamiyatini yanada oydinlashtirdi. Afg‘onistonga oid tashabbus – Termiz shahrida xalqaro darajada uchrashuv o‘tkazish taklifi – O‘zbekistonning tinchlikni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosatini amaliy jihatdan tasdiqladi.

    “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi hamkorlik bu bilan cheklanmaydi. Sammitda davlatimiz rahbari inson kapitali, ta’lim, ilm-fan va madaniyat kabi sohalarda ham aloqalar borasida so‘z yuritdi. Sababi, bu jabhada ham hamkorlikni chuqurlashtirish borasida ishga solinmagan imkoniyatlar bor.

    Jamiyat salohiyatini rivojlantirish, innovasion salohiyatni oshirish va madaniy yaqinlashuv kabi omillar tashqi siyosiy barqarorlik uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu jihatdan “Ipak yo‘li madaniy merosi” portali va akademik muloqotlarni tashkil etish tashabbuslarni muhim va o‘z vaqtidagi qadamlar sifatida baholash mumkin. 

    Xulosa qilib aytganda, Ostonada bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti mintaqa davlatlarining o‘z manfaatlarini anglayotgani va ularni o‘zaro hamkorlik orqali ro‘yobga chiqarishga intilayotganini yaqqol namoyon qildi. O‘zbekiston bu jarayonda o‘zini ishonchli sherik, ochiq va tamoyilga tayangan tashqi siyosat yurituvchi davlat sifatida ko‘rsatdi. Prezidentimizning takliflari mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan yondashuv, mintaqadagi yangilangan munosabatlar tizimini shakllantirayotgan asosiy yo‘nalish sifatida e’tirof etildi.

    Bu kabi sammitlar orqali shakllanayotgan hamkorlik maydoni o‘zaro ishonch va manfaatga asoslangan munosabatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. Bunday muloqotlar mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, sheriklikka asoslangan amaliy yechimlar yaratish uchun zarur platforma sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilgari surilayotgan tashabbuslar zamonaviy xalqaro murakkab vaziyatda hamkorlikni mustahkamlash imkoniyati borligini ko‘rsatmoqda. Bu imkoniyatdan oqilona foydalanish mintaqaviy taraqqiyotning asosiy shartidir.

    S. Jo‘rayev, D. Sayfullayev, B. Berdiyeva

    18 iyun, 16:38   Izoh (0)   1097
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Markaziy Osiyo – Xitoy” hamkorligi: yangi bosqich sari

    17 iyun, 17:33

    Uzbekistan: Land of Talents promoushn kampaniyasi O‘zbekistonni futbol mamlakati sifatida namoyish etadi

    16 iyun, 17:57

    “Bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi” — Prezident selektorida aytilgan 10 ta muhim masala

    16 iyun, 17:37

     “O‘zkimyosanoat” korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi eng nufuzli xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi

    13 iyun, 21:13

    "O‘zbekiston – iste'dodlar zamini" yoshlar harakati muvaffaqiyatli boshlandi!

    12 iyun, 18:16

    Investision muhit jozibadorligi — O‘zbekiston iqtisodiy diplomatiyasining yutug‘i

    11 iyun, 14:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.