O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi. Agentlik operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.
Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi.
Bundan avval O‘zbekistonda O‘rmon agentligi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)