Ukraina 9-may kuni Moskvadagi paradda Xitoy armiyasining ishtirokini “tajovuzni qo‘llab-quvvatlash” deya atagan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili mazkur ayblovga javob qaytardi. Bu haqda RBC xabar berdi.

Vazirlik vakilining qayd etishicha, Kiyevning bu harakati “tarixiy haqiqat ustidan kulishdir.”
“Xitoyning tadbirda ishtirok etishi Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga hurmat ramzi bo‘lib, Rossiya va xitoyliklarning fashizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasini gavdalantiradi. Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik tarixiy qo‘llab-quvvatlashga asoslangan. Shuningdek, ikki davlatni umumiy g‘oyalar birlashtirib turadi”, deya ta’kidladi Xitoy TIV vakili.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, paradda Ozarbayjon, Vyetnam, Belarus, Misr, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston kabi 13 davlatdan harbiylar ishtirok etgan.
Izoh (0)