• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    G‘arb bilan sanksiyalar urushini olib borayotgan Rossiya hukumati ayni paytda 30 dan ortiq “do‘st” va neytral davlatlar ro‘yxatini rasman tasdiqladi, deb xabar bermoqda Intell News nashri.

    Foto: “TASS”

    Ro‘yxatga do‘st banklar va brokerlar ham kiritilgan bo‘lib, ularga Rossiya valyuta bozori va derivativlar bozorida erkin savdo qilish huquqi beriladi. Xalqaro moliya olamida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan va endilikda u hukumatning rasmiy veb-saytida ommaga e’lon qilindi.

    Ro‘yxat an’anaviy ittifoqchilar va Rossiyaga nisbatan neytral pozitsiyani egallagan, shuningdek, xalqaro sanksiyalar rejimidan voz kechgan turli davlatlarni o‘z ichiga oladi.

    Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kabi sobiq sovet respublikalari shular jumlasidandir.

    Afrika davlatlari, jumladan, Jazoir, Marokash va Janubiy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlar ham ro‘yxatda bor. Kreml ushbu davlatlar bilan Sovet davriga xos tarzda yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqda. Afrika davlatlari Moskvadan metall, minerallar, don, neft, yadro texnologiyalari va qurol-yarog‘ olishga umid qilmoqda. Iyul oyi oxirida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Rossiya—Afrika sammitida AQSHning Moskvadan uzoq turish haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, 2019-yilda o‘tkazilgan birinchi sammitdan ko‘proq davlatlar qatnashdi. Rossiya Afrika mamlakatlarini “qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish” yo‘lida muhim qadamlar qo‘ydi, bu borada G‘arbning harakatlari, ayniqsa, mustamlakachilik munosabati tufayli bir mamlakatdan boshqa mamlakatga siqib chiqarilayotgan Fransiyaning harakatlari beqaror, deyiladi nashr xabarida.

    Rossiya, shuningdek, BRICS+ loyihasi doirasida Osiyo, Janubiy Amerika va Yaqin Sharqda o‘z taʼsirini muvaffaqiyatli kengaytirdi, shuningdek, dunyoning boshqa yirik neft ishlab chiqaruvchilari bilan munosabatlarni kuchaytirdi. BRICS+ global neft qazib olishning uchdan ikki qismini nazorat qiladi. Hindiston va Xitoy kabi taniqli BRICS davlatlari ham BRICS+ klubining yangi a’zolari sifatida ro‘yxatga kiritilgan.

    Rossiyaning do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatida quyidagilar bor:

    • O‘zbekiston;
    • Qirg‘iziston;
    • Tojikiston;
    • Turkmaniston;
    • Ozarbayjon;
    • Armaniston;
    • Belarus;
    • Jazoir;
    • Bangladesh;
    • Bahrayn;
    • Braziliya;
    • Venesuela;
    • Vyetnam;
    • Misr;
    • Hindiston;
    • Indoneziya;
    • Eron;
    • Qatar;
    • Xitoy;
    • Kuba;
    • Malayziya;
    • Marokash;
    • Mo‘g‘uliston;
    • Birlashgan Arab Amirliklari;
    • Ummon;
    • Pokiston;
    • Saudiya Arabistoni;
    • Serbiya;
    • Tailand;
    • Turkiya;
    • Janubiy Afrika Respublikasi.

    Rossiyada “do‘st bo‘lmagan” davlatlar ro‘yxati ham mavjud — bu Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘ygan yoki ularni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlardir. Hozirgi vaqtda ushbu ro‘yxatga Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari, shuningdek, Avstraliya, Albaniya, Andorra, Buyuk Britaniya (jumladan, Jyersi, Anguilla, Britaniya Virjiniya orollari, Gibraltar), Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Singapur, AQSH, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya va Yaponiya kiradi.

    Iyun oyida tarixda birinchi marta Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga yetakchi g‘arb ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilmagan edi.

    25.09.2023, 16:15   Izoh (0)   94803
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Bermuda orollari va Buyuk Britaniyaning yana o‘nta dengiz hududini “do‘st bo‘lmaganlar” ro‘yxatiga kiritdi

    30.10.2022, 20:27

    Janubiy Afrika Respublikasi Rossiya bilan do‘stligi tufayli taxminan 32 milliard dollar yo‘qotishi mumkin — Bloomberg

    08.06.2023, 21:19

    Rossiya Norvegiyani “do‘st bo‘lmagan davlatlar” ro‘yxatiga kiritdi

    03.08.2023, 15:48

    Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga dron va raketalar bilan hujum qildi (foto)

    25.09.2023, 12:11

    AQSHda ikkinchi marta cho‘chqa yuragi odamga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi

    25.09.2023, 11:38

    Janubiy Koreya va AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi dengiz mashg‘ulotlarini boshladi

    25.09.2023, 11:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 16:05

    Xitoy sun’iy intellektli robot kiyiklarini Tibetga yubordi (video)

    Dunyo | 12 avgust, 16:00

    “Manchester Siti” Vinisius Junior bilan muzokara boshladi

    Sport | 12 avgust, 15:50

    O‘zbekistonda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan uch nafar qiz jazolandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:47

    Toshkent aeroportida ikki qizni Hindistonga fohishalikka jo‘natayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:40

    “Nijniy Novgorodda harbiy holat eʼlon qilinmagan” Toshkentdagi universitet talabalarining videochiqishiga munosabat bildirildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 15:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.