Isroildagi Front orti buyrug‘i tomonidan raketalar bilan bog‘liq xavf-xatar yuzaga kelgan holatda ogohlantirish tartibi yangilandi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

Fuqarolarga raketa hujumi tahdidi bo‘lsa, quyidagi tartibga qatʼiy amal qilish lozimligi aytildi. Jumladan:
1-bosqich — Tayyorgarlik (10 daqiqa oldin):
- Ogohlantirish signali yoki rasmiy xabar berilgach, panoh joyiga kirishga tayyorlaning.
2-bosqich — Sirena yoki signal eshitilgandan keyin:
- Belgilangan vaqt ichida himoyalangan joyga (bomboubejiщye/mamat) shoshilib kiring.
3-bosqich — Panoh joyida qolish:
- Faqat rasmiy ruxsatdan so‘nggina boshpanani tark etish mumkin. Ruxsat berilmaguncha chiqmang!
Fuqarolardan Isroil Front orti buyrug‘i ko‘rsatmalarini qatʼiy amalga oshirish, bu esa inson hayotini saqlab qolishi mumkinligi aytildi.
Isroil Erondagi yadroviy obyektlar va yuqori martabali harbiylarni nishonga olayotganiga javoban Tehron yahudiy davlatiga ballistik raketalar uchirmoqda. Isroil raketalarning ko‘pini urib tushirgan bo‘lsa-da, bir nechtasi mudofaani yorib o‘tib, Tel-Aviv markazi va boshqa hududlarga zarar yetkazgan.
Elchixonaning fuqarolarga murojaatlari:
- Isroil havo hududi yopilishi sabab aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi.
- Isroildagi o‘zbekistonliklarga zaruriyatsiz ko‘ngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi.
- Erondagi o‘zbekistonliklar raketa otishmalari sabab ogohlikka chaqirildi.
- Isroildagi o‘zbekistonliklar ehtimoliy hujumlar tufayli ogohlikka chaqirildi.
- Front orti buyrug‘i: O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi.
- Isroildagi xorijiy fuqarolar vizasi muddati avtomatik tarzda uzaytirildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda tobora keskinlashayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan Eron va Isroilda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga tavsiyalar berdi. Jumladan:
- harbiy va boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va videoga olmaslik;
- odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroqda bo‘lish;
- mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga so‘zsiz rioya qilish, zarurat tug‘ilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yo‘l olish.
Fuqarolardan zarurat tug‘ilganda O‘zbekistonning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanish so‘raldi.
Izoh (0)