Daryo

Isroildagi o‘zbekistonliklarga zaruriyatsiz ko‘ngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yashayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

1 daqiqa o‘qish6 360 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yashayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Jumladan, mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini eʼtiborga olib fuqarolar o‘zining shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishi va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik tavsiya etildi.

Shuningdek, zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar joylarga bormaslik qo‘shimcha qilindi.

Shu bilan birga, elchixonaga o‘ta zarur bo‘lmagan hollarda konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi.

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

  •  +972 54 485 1397

13-iyun kuni kechqurun Eron tomonidan ko‘p miqdorda raketalar Isroil hududiga uchirilgani haqida xabar berilgandi. Aholiga xavfsiz joylarga yashirinib, keyingi ko‘rsatmalarni kutish tavsiya etilgan.

13-iyunga o‘tar kechasi Isroil qo‘shinlari Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlab, Islom Respublikasining bir necha aholi punktlaridagi obyektlarga zarbalar berdi. Jumladan, Tehrondagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) shtab-kvartirasi ham nishonga olingan.

Keyinroq Eron Atom energiyasi tashkiloti (IAET) rahbari Muhammad Eslomiy Isroil hujumlari natijasida Natanzdagi yadroviy obyektga jiddiy zarar yetmaganini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar