• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Yaratganim, o‘zingga shukr”. Nurzidaning otasi o‘zi, oilasi va dunyoga tanilayotgan qizining kelajagi haqida (video)

    Namanganlik yosh xonanda Nurzida Isayevaning otasi ilk bor OAVda ko‘rinish berdi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev bilan suhbat davomida u o‘zining hayoti, oilasi va dunyoga tanilayotgan qizining kelajagi haqida hikoya qildi.

    “70 bo‘lmasa ham, uch-to‘rt hunarimiz bor”

    Qirg‘iziston bizning ota, O‘zbekiston esa ona vatanimiz. Shajaramizga qaraydigan bo‘lsak. tomirimizda o‘zbek, qirg‘iz va tojik millatlarining qoni oqmoqda.

    Ona tomondan buvim va bobom kuchli qo‘shiqchilar bo‘lishgan. Buvim rahmatli kasal bo‘lib yotganlarida bobomdan “Qora ko‘zim”ni aytib berishni iltimos qildi. U kishi aytdi, biz sel bo‘lib eshitdik. Bu qo‘shiqni keyinchalik ko‘plab hofizlar, masalan, Yunus Rajabiy, Kamoliddin Rahimov ijrolarida eshitdim, lekin bobom aytganchalik taʼsirlanmadim. Oilada xolalarim va onam ham turli taronalarni maromiga yetkazib kuylashgan.

    Nurzidaning otasi Dilmurod Isayev

    Foto: Jahongir Akramov

    Ota avloddan esa o‘qituvchilik o‘tgan. Bobom rahmatli 30 yil maktabga direktorlik, 15 yil qishloqqa raislik qildi. Ikkinchi jahon urushining boshidan oxirigacha qatnashgan. Shu kishi o‘qishni tamomlagan paytlarim “O‘qituvchi bo‘lgin, qo‘shiqchi bo‘lmagin” deb nasihat qildi. Bir og‘iz gaplari gap, xonandalikka qiziqqan bo‘lsam ham buni sezdirmadim. Maktabni bitirib, boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishiga imtihon topshirib, natijasi ijobiy bo‘lganidan keyin “Endi bolam, qo‘shiqni ham aytavering, sizni ikki yo‘nalishda ko‘rmoqchi edim, bittasida qiynalsangiz ikkinchisi o‘tib ketaverasiz” dedi. O‘qishga kirgan yilim — 1996-yili u kishi olamdan o‘tdi.

    Dadam rahmatli geolog bo‘lgan, oldin Buxoro, keyin 18 yil Qirg‘izistonda ishlagan. U yoq-bu yoqda ko‘p yurgan, bobo-buvilarimiz qo‘lida katta bo‘lganmiz. Qo‘y boqishga ishqibozlik shundan qolgan, hozir ham qo‘chqor boqib, katta qilib turibmiz. Yigit kishi sifatida juda 70 ta bo‘lmasa ham, uch-to‘rt hunarimiz bor.

    “Ko‘zing ojizligi uchun baho qo‘ymayman!”

    Nizomiy nomidagi pedagogika universitetda boshqa fakultetlar — tarix, matematikada ko‘zi ojizlar bo‘lgan, men o‘qigan boshlang‘ich taʼlimda esa bir o‘zim edim. Kursdoshlar orasida esa qashqadaryolik bir yigit, qolgan 38 nafari qiz.

    Nurzida onasi Saltanat Mo‘minova bilan

    Foto: Jahongir Akramov

    Esimda qolgani: birinchi kursda Raʼno Ikromova degan o‘qituvchimiz ona tili fanidan juda qattiq so‘roq-savol qilgandi. Maktab dasturida o‘tmaganlarimni ham so‘ragan. “Seni ko‘zing ojizligi uchun baho qo‘ymayman, bu yerga o‘qishga keldingmi, o‘qishing kerak” degan. Sog‘lom bolalarga 30-40 ta topshiriq bersa, menga 60-80 ta topshiriq berardi. To‘g‘ri qilgan ekan. Universitetni tamomlagandan keyin minnatdorlik bildirish uchun yo‘qlab borganimda ustoz olamdan o‘tganlarini bildim.

    Foto: Jahongir Akramov

    O‘qishni bitirdim, Kosonsoydagi ko‘zi ojizlar maktabiga ishga keldim. Shunga ham mana 22 yil bo‘pti. Ilk bitiruvchilarim Islom universiteti, Milliy universitet, NamDU va Qo‘qon pedinstitutda o‘qiyapti. 9 nafar o‘quvchimdan to‘rttasi o‘qishga kiribdi, shundan xursandman.

    “O‘zidan astoydil so‘rasa, bugun bo‘lmasa, ertaga beradi”

    O‘qishni bitirib kelganimda boshlang‘ichda o‘rin yo‘q ekan, uch oy sinov muddatiga musiqa maktabiga ishga kirganman. O‘sha yerda o‘qituvchilar ko‘magida musiqani notalar bo‘yicha emas, ohanglar yordamida o‘rgandim va bolalarga o‘rgatdim. 2001-yili boshimga mushkul ish tushib, katta miqdorda pul topishga to‘g‘ri keldi. Birovdan qarz olsam, uni to‘lash kerak, bunga imkon yo‘q. Sherigim choyxonalarga chiqib, qo‘shiq aytishni taklif qildi. To‘ychi hofiz, Rasul qori Mamadaliyev, Maʼmurjon Uzoqovlar ham choyxonalarda ashula aytishgan-ku?

    Foto: Jahongir Akramov

    Biz ham 11 yil davomida choyxonalar, dala hovlilari, keyinchalik sihatgohlarda qo‘shiq aytib yurdik. Shu bilan qo‘shiqchilik faoliyati ham boshlanib ketdi, lekin ustoz ko‘rmadim, musiqiy bilim olmadim.

    Bobomurod Hamdamov ijodlarini yaxshi ko‘rardim. Toshkentga uch marta qidirib bordim, topolmadim. Bir kuni “Chortoq” sihatgohida konsert berayotsak, Bobomurod aka uchinchi yo to‘rtinchi qo‘shiqdan keyin oldimga kelib, doirachini turg‘izdi. U kishi ham sihatgohda dam olayotgan ekan. Yonimda o‘tirdi, konsertimizda qo‘shiq aytdi, duo qildi. Buni nimaga aytyapman? Inson yurakdan bir narsani istasa, astoydil so‘rasa, Xudoyim bugun bo‘lmasa, ertaga berar ekan. Qolaversa, Komiljon Otaniyozov, Rahmatjon Qurbonov, Sherali Jo‘rayev — umuman, bizdan oldingi barcha sanʼatkorlarni o‘zimga ustoz sanayman.

    Nurzida kichikligidan qo‘shiqlar aytib yurardi, lekin ustozi men emas. Boshlang‘ich sinflarda o‘zim o‘qitganman, lekin sanʼat yo‘lidagi ustozi musiqa maktabidagi o‘qituvchisi. Notalar, maqom yo‘nalishlarini o‘rgatgan. Qizimni balki menga havas qilgan jihatlari ham bo‘lgandir, lekin shaxsan o‘zim bu yo‘lni tanlashiga qarshi bo‘lganman. Chunki sanʼatning ishi qiyin, azoblarini ko‘p ko‘rganman. Choyxonalarda yurganimizda garmonimizni soylarga otib yuborishgan, odamning ko‘nglini sindiradigan muomalalar bo‘lgan. Nurzidani shundan olib qochmoqchi edim, ammo bandasining emas, O‘zining aytgani bo‘lar ekan.

    “Nurzida yo‘lini topib olganidan keyin o‘zimiz uchun yashasak ham bo‘ladi”

    Baʼzilar “Menga 10 soat dars berishdi, falonchiga 20 soat, nimaga kam” deb noliydi. Aslida o‘lchovi shunday. Nurzida 1,5 yildan beri katta sahnalarda qo‘shiq aytyapti va uni butun dunyo tanidi. Biz 21 yil qo‘shiq aytdik, hech kim tanimadi. Demak, bizning o‘lchov shu ekan. Barchasi omad va niyatga bog‘liq, kichikligidan shuni orzu qilgan ekan, niyatiga yetsin.

    Dunyoni ilm, umrni aql boshqaradi. Ilm topish uchun esa uni egallash talab etiladi. Nurzida ham bu yil o‘qishga kirishi kerak: Namangan yo Toshkentdagi sanʼat kollejlariga. O‘qishni bitirsa, ham ilmli, ham tarbiyali bo‘ladi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Nurzida biz borolmagan tadbirlarda qatnashyapti, biz nafasini eshitmagan hofizlar va hofizalarga yondosh bo‘lyapti. Yulduz Usmonova, Dildora Niyozova, Sevinch Mo‘minova, Gulasal Abdullayeva, Alisher Fayz, Otabek Muhammadzohid, Jaloliddin Ahmadaliyev, xullas, qizimizga ko‘mak berayotgan, hamkorlik qilayotgan barcha sanʼatkorlardan minnatdormiz.

    Tasvirga olayotgan, layk bosayotgan, prosmotr qilayotgan, qarsak chalayotgan va oilamiz haqida turli mish-mishlar tarqatayotganlarga ham rahmat. Chunki ular borligimizni bildirib turadi. O‘zi birinchi marta ko‘ndim intervyu berishga. Telekanallardan kelishsa ham unamasdim, ammo “Bu qizning dadasi bormi o‘zi-yo‘qmi, mabodo boqib olishmaganmi?” degan gap-so‘zlar ko‘payib ketganidan keyin shunga majbur bo‘ldim.

    Foto: Jahongir Akramov

    Orzu-niyatlarimiz bisyor. Hovlimizni bitkazib olsak, Nurzidaning kamolini ko‘rsak, opasi kabi munosibiga turmushga berib, to‘ylarini o‘tkazsak, yelkamizdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ladi. Shundan keyin o‘zimiz uchun ham yashasak bo‘ladi...

    20.08.2023, 21:45   Izoh (0)   25549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men ko‘ziga nur tilagan Nurzidaman”. Bolaligida Toshkentda ko‘chada tong ottirgan va bugun Andrea Bochelli bilan duet kuylashni orzu qilayotgan Nurzidaning iqrorl...

    07.08.2022, 18:01

    TikTok malikasi: 15 yashar Nurzida ijrosidagi qo‘shiq shu platformaning o‘zida 63 mln marta ko‘rildi (video)

    09.04.2023, 20:26

    Kristofer Nolanning sevimli aktyori Killian Merfi nega mashhurlikni yoqtirmaydi va yuqori gonoraridan xijolat bo‘ladi? 

    19.08.2023, 17:40

    Anjelina Joli, Madonna va ko‘p farzandli boshqa mashhurlar (foto)

    18.08.2023, 18:35

    Yillar davomida anoreksiyadan aziyat chekkan mashhur ayollar (foto) 

    18.08.2023, 16:44

    “Umrada ham orqamdan kuzatib yurgan ekan”. Ruhiy nosog‘lom muxlislar ta’qibiga uchragan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    18.08.2023, 12:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyaliklar Trampning harakatlarini mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilmoqda — Politico

    Dunyo | 18 iyul, 00:10

    “Rossiya va Xitoy bilan urush 2027-yilda boshlanishi mumkin” — NATO generali

    Dunyo | 17 iyul, 23:55

    Zelenskiy Tramp bilan “mega kelishuv” rejalashtirilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyul, 23:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    Sport | 17 iyul, 23:16

    Suriyada arab badaviylarining ommaviy qirg‘ini sodir bo‘ldi

    Dunyo | 17 iyul, 23:14

    Pul savdosi: o‘zbekistonliklar banklarga qancha valyuta sotmoqda?

    Iqtisodiyot | 17 iyul, 23:07

    “SSKA” sobiq darvozabonlar murabbiyi: “Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman”

    Sport | 17 iyul, 21:35

    AQSH Senati Trampning USAID tashkiloti va ikki OAV xarajatlarini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    Dunyo | 17 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.