• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa

    “Mualliflik huquqini talab qilganimda men millioner bo‘lib ketardim”. Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng qo‘shiqqa yangi she’r yozdi (video)

    O‘zbekiston xalq artisti “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i atrofidagi mojarolardan keyin vaziyatga izoh berdi hamda qo‘shiqqa yangi she’r yozganini ma’lum qildi.

    Mana bu “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i mojaro bo‘lib ketganini bilasizlar. Men umrimda birov bilan talashishni yomon ko‘rdim. Umrimda kimgadir nimanidir isbot qilmadim. Ijodda har bir erinmagan odam etagingga osilaversa, etagingni kesib, qochib qolgan bo‘lasan. She’r yozilsa, kitobda qolaveradi. She’rni o‘zini o‘qib chiqsang, ha deydi, o‘tadi-ketadi. Nima bo‘lsa kuy bilan, qalb bilan bo‘ladi. Mana shu qalb yonadi, keyin Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlari chiqadi.

    Hozir o‘tirib, yozib qo‘ydim. Nimadir miyamga urib qoldi, yozib yurgan odam yozaveradi. Nechta qo‘shig‘imni ijro etishgan bo‘lsa, ular aytdi-ketdi. Hech kim bilan sudlashmabman, agar men mualliflik huquqimni talab qiladigan bo‘lsam, millioner bo‘lib ketar edim. Aytganiga xursand bo‘laverar ekanmiz. Nimani his qilgan bo‘lsam, shuni yozdim.

    Yana bir narsani aytib o‘tishim kerak, musiqaga she’r yozadigan sanoqli shoir bor. Xalq shoirlari ham musiqaga she’r yozmaydi. She’r yozadi, yozsangiz mana shunga kuy yozing, deyishadi. Qo‘shiqchi shoirlar boshqa bo‘ladi. Bu she’rga kuyni o‘zim yozganman. Uyim yaqinda ta’mirdan chiqdi. Ko‘p narsalar yo‘qolib ketdi. Lekin o‘sha she’r yozilgan qog‘ozni ko‘rsatganimda bilgan bo‘lardingiz, uning egasi rahmatli bo‘lib ketganmi, deb o‘ylaysiz. Endi yozganiyam poyma-poy bo‘lib turgandi, shuning uchun uning shoir emasligini bilganman.

    Hamma she’rlarni ekspertiza qilsa bo‘ladi. Lekin hamma she’rni ekspertiza qilib, tillaga o‘rab, tokchaga qo‘ysa, hech kim olib o‘qimaydi. Kuy bilan aytilgan narsa qalblarga kiradi, tarixlarda qoladi. Alisher Navoiyni kim o‘qib joyiga qo‘ydi, sanoqli navoiyshunoslar bor. Shuning uchun g‘azal muhim narsa, so‘z muhim narsa. Lekin so‘z atayin izlanmaydi.

    Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti

    Yulduz Usmonova, shuningdek, ushbu voqeadan so‘ng shoirlar bilan ehtiyot bo‘lib ishlayotgani hamda o‘zi tahrirlagan she’rlarga hammualliflik qilayotgani haqida ham so‘zlab berdi.

    “Bundan keyin biz shoirlar bilan juda ehtiyot bo‘lib ishlayapmiz. O‘zim ham o‘tirib, uncha-munchasini yozib qo‘yaman. Lekin bunga shoir ham kerak emas ekan, deyishmasin deb shoirlarni ishlataman. Shuningdek, har bir yozgan va yozilgan qo‘shiqda 4 qator mening naqarotim turadi. Aslini olganda hammuallifman. Lekin men hammuallifman deb bularning nafsoniyatiga tegmayman. Bundan keyin hammuallifman har bir qo‘shiqqa. Demak, zamon talab qilyapti, shunaqa bo‘lish kerak. Men ham kompozitor, ham qo‘shiqchiman. Va yaxshi qo‘shiqning birinchi naqaroti yoziladi, so‘z o‘z-o‘zidan keladi va undan keyin shoirga beriladi. Agar kuyga yozadigan shoirlar ko‘p bo‘lganida, ne-ne hitlar chiqib ketgan bo‘lar edi”, — deydi Yulduz Usmonova.

    Aytilishicha, “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining yangi talqini tez kunda muxlislar e’tiboriga havola etiladi.

    Eslatib o‘tamiz, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan “Xasta bo‘lma” she’ri uchun 3 yildan buyon qalam haqi ololmayotgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, 20-sentabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifidan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi kelib tushgan.

    Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, sud majlisi 2021-yil 13-oktabrga tayinlangan. 13-oktabr kuni sud majlisiga da’vogar kelgan, javobgar kelmagani sababli sud majlisi 22-oktabrga qoldirilgan.

    29-oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

    Shundan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Yulduz Usmonovaning “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha shikoyat apellyatsiyasi ko‘rib chiqildi.

    Sudning ajrimiga ko‘ra, da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevning javobgar Yulduz Usmonovaga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2021-yil 29-oktabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

    21.01.2022, 21:44   Izoh (0)   44699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ijodda vijdonimdan boshqaning oldida hisobdor emasman”. Ijod va ilhom kunida o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar bilan suhbat

    18.01.2022, 17:10

    Baby shark bolalar qo‘shig‘i YouTube’da 10 mlrd marta ko‘rilgan birinchi video bo‘ldi

    15.01.2022, 11:50

    Xonanda Adelning yangi albomi AQShda yilning eng ko‘p sotilayotgan plastinkasiga aylandi

    24.11.2021, 09:12

    Adelning konserti va Opra Uinfri bilan intervyusini “Oskar”dan ko‘proq — 9,9 million odam tomosha qildi

    17.11.2021, 12:42

    Britaniyalik xonanda Ed Shiranda koronavirus aniqlandi. Xonanda o‘z o‘zini yakkalashini e’lon qilgan

    26.10.2021, 09:23

    Jared Leto videoaloqa orqali tuzalmas dardga chalingan rossiyalik qizga qo‘ng‘iroq qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    15.10.2021, 17:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi Makoley Kalkin hozir qanday yashaydi?

    Kino | 26 avgust, 20:55

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Tramp Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qildi, biroq u gaplashishdan bosh tortdi” — OAV

    Dunyo | 26 avgust, 20:45

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35

    Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi

    Dunyo | 26 avgust, 20:23

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55

    UzAutoMotors yangi avtomobil taqdim etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.