• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qurol topib olinsa nima qilish kerak: mukofot yoki ozodlikdan mahrum bo‘lish?

    Kecha, 23-may kuni Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketishi oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea yuzasidan Mudofaa vazirligi qurolni harbiylar sotmaganini, uni topib olgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishi kerakligini maʼlum qildi. “Daryo” muxbiri qurollar va o‘q-dorilarni o‘z ixtiyori bilan tegishli organlarga qay tartibda topshirish kerakligi bo‘yicha maʼlumot jamladi.

    Snaryad
    Snaryad
    Foto: Vikipediya

    Nima bo‘lgan edi

    Hodisa 11-aprel kuni sodir bo‘lgan. Yig‘ib kelingan temir-tersaklar tushirilayotganda ular orasida bo‘lgan snaryad portlab ketgan. Oqibatda shu yerda ishlovchi 31 yoshli O.B. og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Snaryadlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida harbiy xizmatchilardan sotib olingani aytilgan.

    Portlashdan so‘ng voqea joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari va sapyorlar yetib borgan. O‘rganish jarayonida shoxobchadan yana 30 ga yaqin snaryad topilgan. Marhum O.B.ning onasi o‘g‘li oila boquvchisi bo‘lganini, uning 2 farzandi yetim qolganini aytgan. Ona snaryadlarni sotgan va sotib olib shoxobchaga keltirgan shaxslarga qatʼiy jazo qo‘llashni so‘ragan.

    Snaryadni harbiylar sotmagan

    Mudofaa vazirligi munosabatida aytilishicha, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.

    Bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.

    Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini maʼlum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli kuchlarida mavjud emas. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970-yillarda qo‘llanilgan, deyiladi vazirlik axborotida.

    Qo‘shimcha qilinishicha, ayni vaqtda holat yuzasidan Harbiy prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Qurolni topshirsa mukofot

    Agar Mudofaa vazirligi bergan axborotiga ishonilsa, snaryadni topib olgan cho‘ponlar qonunchilikka ko‘ra, qurolni huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga topshirishi kerak edi. Soddaroq qilib aytganda, 102 ga qo‘ng‘iroq qilib holat haqida xabar berishi yoki hudud profilaktika inspektoriga murojaat qilishi lozim edi. Shunda ular ham javobgarlikdan ozod bo‘ladi va buni ustiga mukofot ham puli ham olishi mumkin.

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish hamda o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi tasdiqlangan.

    Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati

    Unga ko‘ra qurol va uning o‘q-dorilarini topshirish quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

    • jismoniy shaxs ichki ishlar organiga yoki profilaktika inspektoriga murojaat qiladi va qurolni va (yoki) uning o‘q-dorilarini topshiradi;
    • shu kunning o‘zida ichki ishlar organi qurolni (o‘q-dorilarni) qabul qilib oladi va qurol (o‘q-dorilar) hisobini yuritish uchun kvitansiya rasmiylashtiradi;
    • shundan so‘ng ichki ishlar organlarining masʼul bo‘linmalari tomonidan tegishli tekshiruvlar (tergovga qadar tekshiruv, ballistik ekspertiza, bazalar bo‘yicha tekshiruv) o‘tkaziladi;
    • tegishli komissiya arizachini taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

    Qurol yoki o‘q-dorilarni ixtiyoriy topshirganlik uchun BHMning 5 dan 500 foizigacha miqdorda mukofot ko‘zda tutilgan, xususan:

    • soyli stvolli o‘qotar qurolning, kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o‘qotar qurol uchun — BHMning 500 foizi;
    • silliq stvolli o‘qotar qurol uchun — BHMning 400 foizi;
    • stvolsiz o‘qotar qurol (patron gilzasi stvol sifatida foydalaniladigan qurol) uchun — BHMning 300 foizi;
    • pnevmatik qurol uchun — BHMning 100 foizi;
    • tig‘li sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar), uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar) uchun — BHMning 50 foizi;
    • elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalari uchun — BHMning 30 foizi;
    • signal beruvchi qurol uchun — BHMning 25 foizi;
    • gazli qurol (ko‘zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to‘ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar) uchun — BHMning 15 foizi;
    • patron uchun — BHMning 5 foizi;
    • stvol, zatvor, o‘qdon (baraban), ramka, stvol qutisi uchun — BHMning 75 foizi.

    Agar qurol shikastlangan bo‘lsa, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi.

    Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 27-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritilgan edi. Unga ko‘ra, qonunchilikka o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi normasi kiritilgan.

    Topshirmasa qamoq

    O‘zbekiston hududida portlatuvchi moddalarga qonunga xilof ravishda egalik qilish yoki uni sotganlik uchun Jinoyat kodeksining:

    246-moddasi kontrabanda — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;

    248-moddasi: qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Avval topilgan snaryadlar

    Farg‘onada topilgan snaryad zararsizlantirish uchun olib ketilmoqda
    Farg‘onada topilgan snaryad zararsizlantirish uchun olib ketilmoqda
    Foto: Milliy gvardiya

    Andijon 2017-yili dalada ov qilayotgan vaqtida “Gaubitsa D-20” nomli, uzunligi 70 sm, 152 mm kalibrli snaryadni topib olgan. 2021-yili Toshkent shahrida qurilishi davom etayotgan binoda o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanishga mo‘ljallangan ikkita 115 mm lik o‘quv snaryadi va ikkita 82 mm lik o‘quv minomyoti topilgan edi. Shu yili Namangandagi sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan “aviatsion” bombalar topib olingandi. 2022-yilda esa Farg‘ona viloyati fuqaro axlat yig‘ish joyidan snaryad chiqqan.

    Yuqoridagi barcha holatlarda o‘q-dorilarni topib olgan fuqarolar o‘z ixtiyori bilan tuman ichki ishlar organlariga topshirgan.

    24 may, 20:30   Izoh (0)   4579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Qurol#snaryad#oʻqotar qurol#oʻq-dorilar#portlovchi materiallar#portlatish qurilmalari

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hizbulloh” bir kunda Isroilga 360 ta snaryad otdi — Isroil armiyasi  

    10.10.2024, 19:25

    Isroil olti kunlik tanaffusdan so‘ng Bayrutga hujum boshladi

    16.10.2024, 20:31

    Borrel: “2024-yil oxirigacha Ukraina Yevropa ittifoqidan 1,5 millionta snaryad oladi” 

    11.11.2024, 23:40

    Isroil Livandagi operatsiya boshlanganidan beri birinchi marta og‘ir artilleriyani ishga soldi  

    18.11.2024, 17:39

    Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol va askar evaziga neft yetkazib berdi 

    22.11.2024, 16:23

    Gitler umid bog‘lagan qurollar. Ular urush taqdirini o‘zgartirishi kerak edi

    30.12.2024, 19:45

    Olaf Shols Ukrainaga 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi 

    10 yanvar, 14:58

    “KXDR Ukrainadagi urush tufayli raketalarini takomillashtirdi” — manba 

    6 fevral, 21:56

    Xitoy sun’iy yo‘ldoshlar ishtirokida “havo janglari”ni sinovdan o‘tkazdi

    24 mart, 11:32

    “Turkcha triumf”: G‘arbga qaram davlatdan qurol eksportchisiga aylangan Turkiya eng yirik ko‘rgazmada qanday jangovar mashinalar bilan qatnashdi?

    24 mart, 13:23

    “Bu – Rossiya ta’siridan chiqishga harakat”. Qozog‘istonning “rus qo‘li tegmagan” yangi qurollari haqida nimalar ma’lum?

    14 may, 19:35

    “Qatar AQSHdan 42 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ va texnika xarid qiladi” — Tramp 

    15 may, 23:40

    “Isroil tarixidagi eng qimmatli razvedka manbayi” — urushning yuzsiz “qahramoni” Ashraf Marvon kim edi?

    17 may, 16:00

    O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni oldi

    18 may, 12:30

    Isroil G‘azoda quruqlikdagi hujumni kuchaytirdi

    18 may, 20:45

    Fransiya hindlar sabab 8 mlrd dollarlik harbiy bitimdan mahrum bo‘lishi mumkin 

    19 may, 14:28

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    Osmondagi eng qimmat o‘g‘rilik. Isroil g‘alabasini kafolatlagan “Brilliant” operatsiyasi

    20 may, 15:00

    AQSH Xirosimaga tashlangan bombadan 24 baravar kuchli bomba yaratdi (foto)

    20 may, 16:05

    AQSH kosmosga qurol-yarog‘ joylashtiradi

    21 may, 16:40

    Isroil va Turkiya Suriyada to‘qnashuvdan qochish uchun ishonch telefoni tashkil qildi

    22 may, 21:10

    Toshkentda yigit ko‘chada, odamlar oldida tanishini pichoqladi

    23 may, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.