Daryo

Isroil G‘azoda quruqlikdagi hujumni kuchaytirdi

HAMASni to‘xtatish uchun “Gideon aravalari” operatsiyasi qayta boshlandi

1 daqiqa o‘qish21 920 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil harbiylari “Gideon aravalari” operatsiyasi doirasida G‘azo sektorida “keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiyalar”ni boshladi. Bu haqda Isroil Mudofaa kuchlari xabar berdi.

Foto: Isroil mufoaa kuchlari

Operatsiyalarda amaldagi harbiy xizmatchilar ham, zaxiradagilar ham ishtirok etadi. O‘tgan hafta davomida Isroil harbiy-havo kuchlari quruqlikdagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va HAMAS harakatini to‘xtatish uchun guruhning 670 dan ortiq obyektlariga zarba bergan. Nishonlar orasida qurol-yarog‘ omborlari, tankka qarshi raketalarni uchirish moslamalari, yer osti infratuzilmasi obyektlari va HAMAS a’zolari bo‘lgani aytilmoqda.

Isroil harbiylari 17-may kuni “Gideon aravalari” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Asosiy reja “HAMAS jangchilaridan tinch aholini ajratish va armiyaga harakat erkinligini ta’minlash uchun tinch aholini jang hududlaridan, jumladan G‘azo shimolidan janubiga ko‘chirish”dan iborat.

Isroil G‘azo sektoridagi operatsiyani kengaytirishga qaror qilgani va buning uchun "o‘n minglab" zaxirachilarni jalb qilmoqchi ekani haqida may oyi boshida The Times of Israel va Bloomberg xabar bergan edi. 13-may kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu armiya yaqin kunlarda “to‘liq kuch bilan” G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyani yakunlashga kirishishini, bu esa HAMASning mag‘lubiyatini anglatishini aytgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar