• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bu – Rossiya ta’siridan chiqishga harakat”. Qozog‘istonning “rus qo‘li tegmagan” yangi qurollari haqida nimalar ma’lum?

    Rus armiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini butun dunyo bo‘ylab yirik masshtabdagi qurollanish poygasini boshlab berdi. Bundan Rossiyaga qo‘shni davlatlar, ayniqsa, Qozog‘iston sergak tortdi. Mamlakat Moskvaning ham siyosiy, ham harbiy ittifoqchisi hisoblansa-da, uning hududiy yaxlitligi savol ostiga olingan bayonotlar tinimsiz yangramoqda. Bularning bari Ostonani harbiy salohiyatini mustahkamlash haqida jiddiy o‘ylashga majbur qildi. 

    In latest Russian aggression, disinformation halts Kazakh military exports

    Taymas 8x8

    7-may kungi paradda Turkiya, Xitoy hamda Qozog‘iston harbiy sanoat korxonalari hamkorligida ishlab chiqilgan harbiy texnika namoyish qilindi. Taymas – 8x8 konfiguratsiyadagi piyoda jangovar mashinasi. Zirhli texnika uchun turklarning Arma 8x8 platformasi tanlab olingan. Ta’kidlash joiz, u Otokar Central Asia tomonidan mamlakatning o‘zida ishlab chiqariladi. 

    Taymas 8x8 piyoda jangovar mashinasi
    Taymas 8x8 piyoda jangovar mashinasi
    Foto: Kazinform

    Jangovar texnikani qurollantirish uchun esa sharqqa murojaat qilingan. Xitoyning yetakchi mudofaa kompaniyasi Norinco qozoqlarni VN-11 jangovar moduli bilan ta’minladi. U 100 mm kalibrli zambarak va 30 mm kalibrli koaksial avtomatik to‘pga ega. Shu bilan birga, tankka qarshi boshqariladigan raketalar uchun mexanizm ham bor. Modul an’anaviy snaryadlar bilan 4 km masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Zarba aniqligini ta’minlash uchun zamonaviy optik tizimlar qo‘llaniladi. 

    World Defence News: Technology : Kazakhstan's Military Expands Arsenal with  Domestically-Branded Taymas 8x8 IFV Combat Vehicle.

    Shu jihatdan u Rossiyaning BMP-3 piyoda jangovar mashinasini esga solib yuborishi mumkin. Biroq bu ikkisi o‘rtasida yetarlicha farqlar bor. Birinchidan, Taymas rus jangovar mashinasiga nisbatan qariyb 12 tonna og‘irroq. Shunga muvofiq zirhi ham qalin. Bu ekipaj uchun yashovchanlik imkoniyatini oshirgan. Qolaversa, qozoqlarning yangi texnikasi o‘z tezligini 110 km/soatgacha yetkaza oladi. BMP-3 piyoda jangovar mashinasida esa bu 70 km/soat bilan cheklangan. 

    Eng muhim farqlardan yana biri mina va portlovchi moslamalarga bardoshlilik bilan bog‘liq. BMP-3 piyoda jangovar mashinasi atigi 3-5 kg trotil ekvivalentiga teng portlashga bardosh berishi mumkin. Holbuki, postsovet mintaqasida keng tarqalgan TM-62 tankka qarshi minasida 7,5 kg og‘irlikdagi portlovchi modda mavjud. 

    Taymas 8x8 uchun asos qilib olingan Arma 8x8 platformasi bu borada rus texnikasidan ancha farq qiladi. Turklar uni loyihalashda V sxemasiga murojaat qilishgan. Ya‘ni mashina ostki korpusi mina va qo‘lbola portlovchi moslamalardan ajralgan zarba to‘lqini, shuningdek shrapnellarni sochib yuborish, shu orqali uning ichidagilarga ta‘sirni kamaytirishga mo‘ljallangan.

    Arma 8x8 platformasi
    Arma 8x8 platformasi
    Foto: Military Magazine

    Barys 8x8

    7-may kungi paradda Ostona ko‘chalaridan 8x8 konfiguratsiyadagi yana bir texnika – Barys 8x8 olib o‘tildi. Ammo u yangi emas, ilk bor 2016-yili namoyish qilingan. Biroq o‘shandan buyon ko‘plab o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, bir necha versiyalari ishlab chiqildi. 

    Barys 8x8 zirhli transport vositasi
    Barys 8x8 zirhli transport vositasi
    Foto: Skrinshot

    Barys 8x8 Sovet namunasidagi BTRlardan mustahkam zirh bilan farqlanadi. Jangovar mashinaning asosiy versiyasiga 30 mm kalibrli 2A72 avtomatik to‘p o‘rnatilgan. Bu BTR-82 zirhli transport vositasidagi qurolning aynan o‘zi. Biroq zamonaviy optik vositalar bilan modernizatsiya qilingan bo‘lib, Ansar jangovar moduli deb nomlanadi. 

    Barys 8x8 zirhli transport vositasining Ansar moduli
    Barys 8x8 zirhli transport vositasining Ansar moduli
    Foto: Skrinshot

    Biroq Barys to‘laqonli mahalliy mahsulot emas. U Janubiy Afrika Respublikasining Mbombe 6 hamda Singapurning Terrex zirhli transport vositalari bazasiga asoslangan. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan “Kazakhstan Paramount Engineering” qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi. Ekipaj uch kishini, desant bo‘linma esa 8-10 nafar askarni tashkil qiladi. Qolaversa, Barys 8x8 amfibiya xususiyatiga ega bo‘lib, suv havzalarini kechib o‘tishi mumkin. 

    28 tonna og‘irlikdagi jangovar texnikani 550 ot kuchiga ega dvigatel harakatlantiradi. Bu unga tezligini 100 km/soatgacha oshirish, bir marta yoqilg‘i qurish bilan 800 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi. Barys 8x8 10 kg trotil ekvivalentiga ega mina va portlovchi moslamalarga bardosh berishi mumkin. 

    Бронетранспортер «Барыс 8х8» (Казахстан) | DogsWar.ru - Всё о стрелковом  оружии и военной технике

    Aibar 4x4

    Otokar quruqlik texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha Turkiyaning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Uning Ostona shahrida joylashgan Central Asia sho‘basida Arma 8x8 dan tashqari, Otokar Cobra II yengil zirhli transport vositalari ham yig‘ilmoqda. Harbiy texnikalar paradida u ham bor edi, biroq boshqa nom bilan qatnashdi.

    Aibar 4x4 zirhli transport vositalari
    Foto: Kazinform

    Ukraina urushi, shuningdek turk qurolli kuchlarining Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlarida sinovdan o‘tgan mashina Qozog‘istonda Aibar 4x4 nomi bilan konveyrdan chiqarilyapti. Yengil zirhli avtomobilni ikki kishilik ekipaj boshqaradi. Shuningdek u 7-8 nafar desantchini o’z bag‘riga sig‘dirishi mumkin. Po‘lat zirh askarlarni 7.62 mm kalibrli o‘qotar qurollar, snaryad fragmentdan himoyalaydi. Maxsus konstruksiya esa minalar va qo‘lbola portlovchi qurilmalardan muhofaza qiladi.

    Aibar 4x4 piyodalarni tashish, avtokarvonlarni kuzatib borish va o‘t ochish bilan madad berish kabi vazifalarga mo‘ljallangan. Uni raketa uchirish platformasi, qo‘mondonlik markazi, mobil tibbiy yordam punkti sifatida ham qo‘llash mumkin. Missiya turi hamda qo‘llash maqsadiga qarab, zirhli transport vositasi tom qismiga 7.62 mm yoki 12.7 mm kalibrli pulemyot o‘rnatish imkoni bor. 

    Cobra II 4X4 zirhli transport vositasi IDEX 2025 ko‘rgazmasida
    Cobra II 4X4 zirhli transport vositasi IDEX 2025 ko‘rgazmasida
     
    Foto: “Daryo”

    Mashinani 360 ot kuchiga ega turbo dizel dvigateli harakatlantiradi. Bu orqali u tezligini maksimum 110 km/soatga yetkazishi mumkin. Ekipaj texnikaning turli qismlariga o‘rnatilgan kamera va sensorlar sharofati bilan jang maydonidagi vaziyatdan boxabar bo‘lib turadi.

    Ostona turklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi. Otokar Central Asia kuzatuv kengashi a’zosi Ufuk Aybarning so‘zlari buni tasdiqlaydi. 

    “Qozog‘iston biz uchun juda muhim, chunki mamlakatlarimiz do‘stona aloqalarga ega. Mudofaa sohasida ham faol hamkorlik o‘rnatilgan. Respublikada zirhli texnikalarni mahalliy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusida g‘ildirak izli (gusenitsa) texnikalarni ishlab chiqarish imkoniyati ham bor”, dedi u. 

    Ufuk Aybar bu bilan Tulpar “yengil tanki” yoxud xuddi shu nomdagi zirhli transport vositasiga ishora qilgan bo’lishi mumkin. Qolaversa, Tulpar-S transportyori vositasi ham istisno emas. 

    Qozog‘istonning asosiy harbiy hamkori Rossiya bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, mamlakat qurol-yarog‘ ta’minotini boshqa manbalar hisobidan diversifikatsiya qilyapti. Turkiya, Xitoy hamda Isroil kabi davlatlar bilan chuqurlashib borayotgan aloqalar buni tasdiqlaydi. Ular mamlakatni nafaqat zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlamoqda, balki qozoq harbiy sanoatini rivojlantirishga ham yordam beryapti.

    14 may, 19:35   Izoh (0)   15042
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Qozog‘iston#Rossiya#Qurol-yarog‘
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada migrant haydovchilarni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

    Dunyo | 27 iyun, 13:08

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00

    Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatishga kelishib oldi — OAV

    Dunyo | 27 iyun, 12:33

    Son Xyon Min “Tottenhem”ni tark etishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyun, 12:20

    “AQSH zarbalardan hech qanday yutuqqa erishmadi” — Eron oliy rahnamosi (video)

    Dunyo | 27 iyun, 12:03

    Lego kompaniyasi “Maxfiy hujjatlar” seriali asosida yangi to‘plam taqdim etadi

    Qo‘ziqorin | 27 iyun, 11:46

    Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam

    Reklama | 27 iyun, 10:30

    “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining daromadi endi soliqqa tortilmaydi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 11:41

    Tailand kannabis uchun jinoiy javobgarlik joriy qilmoqchi

    Dunyo | 27 iyun, 11:26

    Pagani va Bulgari hamkorlikda olmos bilan bezatilgan giperkar yaratdi

    Layfstayl | 27 iyun, 10:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.