Yaponiya va Xitoy bir-birini Sharqiy Xitoy dengizi orollari atrofidagi havo hududiga buzib kirishda ayblamoqda. Bu orol Yaponiya nazorati ostida bo‘lishiga qaramay, unga Pekin ham da’vo qiladi. Bu haqda CNN xabar qildi.

Ikki mamlakat AQSH tariflari zararini kamaytirishga intilib iliq aloqalar o‘rnatgan edi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Xitoy Senkaku orollari atrofidagi Yaponiya hududiy suvlariga vertolyotda bostirib kirgan. 15 daqiqa davom etgan ushbu tashrif Yaponiya va Xitoy o‘rtasida norozilik kayfiyatini keltirib chiqargan.
Yaponiya mudofaa kuchlari bunga javoban qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi.
Xitoy ham o‘z o‘rnida Yaponiya mamlakat suverenitetini jiddiy buzganlikda ayblab, norozi ekanini ta’kidlagan. Jumladan, uning fuqarolik samolyoti Xitoy hududiga noqonuniy ravishda kirgani aytilmoqda.
Pekin muntazam ravishda qirg‘oq qo‘riqlash kemalari va samolyotlarini Xitoy “Diaoyu” deb ataydigan orollar atrofidagi suv va havo hududiga yuboradi. Bundan asosiy maqsad yaponlarni bezovta qilish hisoblanadi.
Xitoy samolyotlari o‘tmishda ikki marta Senkaku atrofidagi Yaponiya havo hududiga kirgan. Bundan tashqari, razvedka samolyotlari 2024-yilning avgust oyida Nagasaki janubiy prefekturasi yaqinida Yaponiya sarhadlariga buzib kirgan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)