Xitoy Pelosining tashrifini AQSHning harbiy ishtirokini oshirish uchun bahona deb hisoblaydi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ning aytishicha, AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrif buyurishdan maqsadi mintaqada inqirozni yuzaga keltirish va harbiy ishtiroki uchun bahona topishdir. Bu haqda mamlakat departamenti matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” nashri xabar bermoqda.
Foto: “TASS”
AQSH avvalo muammo yaratishga, keyin esa bu muammodan o‘zining strategik rejasini amalga oshirish uchun foydalanishga odatlangan. Amerika Qo‘shma Shtatlari Pelosining tashrifini mintaqada o‘zining harbiy ishtirokini oshirish uchun bahona sifatida rejalashtirgani haqida ma’lumotlar bor, bu yuqori hushyorlik va kuchli qarshilikka loyiqdir, — deyiladi xabarda.Van I Xitoyning choralari qonuniy, zarur va mutanosib ekanligini ta’kidladi. Ular “Xitoyning muqaddas suvereniteti va hududiy yaxlitligini” himoya qilishga qaratilgan”, deb tushuntirdi u.
Xitoy vazirining so‘zlariga ko‘ra, Pekin Vashingtonga uni Taypey orqali boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek, orol rasmiylarining AQSH ko‘magida mustaqillikka erishish haqidagi “xayollarini” parchalab tashlaydi.
Mavzuga doir: AQSH, Avstraliya va Yaponiya Xitoydan harbiy mashg‘ulotlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilmoqda