Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasida joylashgan tarix muzeyining xodimlari, oldingi oyog‘idan mahrum bo‘lgan toshbaqaga Lego detallari yordamida maxsus moslama yaratdi. Bu platforma kichik skeytbordga o‘xshash bo‘lib, toshbaqaning harakatlanishini osonlashtiradi.

Ruti laqabli toshbaqa 2024-yil sentyabr oyida yovvoyi tabiat bog‘idan muzeyga olib kelindi. Muzey xodimlari Ruti qanday qilib oyog‘ini yo‘qotganini bilishmaydi. Lekin ular toshbaqa yurganida, uning qobig‘i yerga ishqalanib, shikastlanayotganini sezishdi.
Bir panjasi ikkinchisidan sezilarli darajada qisqaroq bo‘lgani uchun buni payqab qoldik. Qobig‘ida biroz izlar bor edi va biz uning yanada yomonlashishini xohlamadik. Shu sababli uni ko‘tarish uchun biror narsa yaratish kerak edi, dedi muzey mutaxassisi Xizer MakKinnon Remshou.

Dekabr oyida muzeyda lego ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgan edi. Xodimlar Ruti uchun kichik skeytbordga o‘xshash g‘ildirakli moslama yaratish fikrini ilgari surishdi. Bu toshbaqa harakat qilayotganda qobig‘iga zarar yetkazmasligi uchun edi.

Toshbaqa ushbu uskuna bilan tezda tanishdi. Rutining ko‘p vaqti xonada o‘tgani bilan, har hafta uch marta unga qisqa sayohatlar uyushtiriladi.

G‘ildirakli qurilma yordamida toshbaqa zavq bilan muzeyning turli zonalarini o‘rganadi va hatto o‘z turiga mansub boshqa hayvonlarni tezlikda ortda qoldirishi mumkin.
Izoh (0)