• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kongress ruxsatisiz Grenadaga bostirib kirgan AQSH qo‘shinlari, ichida sovet ofitserlari bo‘lgan samolyot halokati va Tayvan o‘rniga BMTga qabul qilingan Xitoy. Kun xronologiyasida 25-oktabr

    25-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Grenadaga bostirib kirgan AQSH qo‘shinlari, uchuvchi va dispetcherlar xatosi bilan sodir bo‘lgan aviahalokat hamda Tayvan o‘rniga BMTga qabul qilingan Xitoyga oid faktlar o‘rin olgan.

    Kongressdan ruxsat olmay urush boshlagan Reygan

    1983-yilning 25-oktabrida Amerika qurolli kuchlari tomonidan Urgent Fury nomi ostida operatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, uning doirasida AQSH harbiylari Grenadaga bostirib kirgan. Sent-Jorjes universitetida o‘qiyotgan 630 nafar amerikalik talabani qutqarish bosqin uchun rasmiy sabab sifatida ko‘rsatilgan. O‘shana oktabr oyida Grenada amalga oshirilgan to‘ntatish ularning xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yishi mumkin deya hisoblangan. Aslida esa AQSH qo‘shinlarining kichik bir davlatga bostirib kirishiga sabab boshqa bo‘lgani aytiladi.

    Foto: Getty Images

    1979-yilda Grenadada birinchi davlat to‘ntarishi ro‘y beradi. Uning natijasida Erik Geyr hukumati hokimiyatdan chetlatilgan. Mamlakatni New Jewel Movement harakati vakillari boshqargan. Moris Bishop boshchiligidagi hukumatning yangi yo‘nalishi sotsialistik davlatlar, xususan, Sovet Ittifoqi va Kuba bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish bo‘lgan.

    Yangi hukumat deyarli barcha sohalarni qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlar bilan shug‘ullangan. Kubaning qo‘llab-quvvatlovi ostida Grenada baliqchilik floti yaratilgan. Kooperativ harakat faol rivojlangan. Yoshlar uchun ish o‘rinlarini tashkil qiladigan davlat xo‘jaliklari paydo bo‘lgan. Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yaxshilangan: savdosizlikka qarshi, ko‘chalar tozaligini ta’minlaydigan, ijtimoiy obyektlar qurishga imkon beradigan dasturlar ishga tushirilgan.

    1983-yilning yozida Grenadada hokimiyat tepasiga kelgan yetakchilar o‘rtasida kelishmoqchiliklar boshlangan va 13-oktabr kuni bosh vazir o‘rinbosari tarafdorlari tomonidan yangi to‘ntarish amalga oshirilgan. Ertasi kuni Moris Bishop hibsga olingan. Uning qamoqqa olinishicha ko‘plab grenadaliklarning g‘azabini qo‘zg‘atgan va ular o‘z yetakchilarini ozod etishga uringan. Qamoqxona qo‘riqlash xizmati xalqqa qarata o‘q uzib, o‘nlab tinch aholining umriga zomin bo‘lgan. Bishop Grenada aholisi o‘rtasida qurbonlar ko‘paymasligi uchun taslim bo‘lgan. Aynan shu mojaro AQSH hukumatining fikricha, Grenada o‘qiyotgan amerikalik talabalar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan.

    Foto: Wikipedia

    Ammo bu shunchaki sabab edi, bosqinning asl maqsadi chuqurroq o‘ylangan edi. Grenadaning tashqi siyosati AQSHning Markaziy Amerika siyosiy maydonidagi pozitsiyasini xavf ostiga qo‘yadi. 1982-yilning bahorida Reygen Karib davlatlari rahbarlari bilan uchrashib, Grenadada “marksizm virusi” tarqalganidan xavotirini bildirgan. 1983-yilning martida Qo‘shma Shtatlar Grenadaga nisbatan iqtisodiy boykot e’lon qilgan. Amerikalik sayyohlarga Grenadaga bormaslik tavsiya qilingan. Shuningdek, orolga yaqin suvlarda AQSH harbiy-dengiz floti o‘quvlarni boshlagan. Ammo orol rahbariyati o‘zlarining maqsadi turistlar uchun qulay sharoitini ta’minlashdan iborat ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Reygan fuqarolik aeroportining qurilishi niqobi ostida Grenadada SSSR boshchiligida strategik harbiy baza qurilyapti deb hisoblagan. Ammo Qo‘shma Shtatlar orolga bostirib kirganidan keyin aeroport qurilishi yakuniga yetkazilgan, o‘shanda hech qanday xavf haqida gapirilmagan ham.

    Urgent Fury (“G‘azab alangasi”) nomli harbiy operatsiya uning maqsadini to‘liq ifoda etardi. Kuchlar shu qadar tengsiz bo‘lganidan Grenada bilan urush uch kungina davom etgan. Orolni egallashda rasman 7,3 ming amerikalik harbiy, 353 nafar “Karib tinchlikparvar kuchlari” ishtirok etgan. Ammo hayratlanarli darajada harbiy texnikalardan foydalanilgan: 12 ta jangovar kema, 70 ta samolyot, 5 ta tank va bir nechta zirhli texnikalar. Grenada tomonidan esa urushda 700 nafar kubalik ishchi va 1,5 ming askar qatnashga. Ular ixtiyorida esa 10 ta “BTR”, 2 ta “BRDM” va bir nechta zenit majmualari bo‘lgan xolos.

    Foto: Wikipedia

    Urush oqibatida Amerika tomonidan 18 kishi halok bo‘lgan, 116 kishi yaralangan, bir nechta vertolyot urib tushirilgan. Grenadada esa 45 kishi halok bo‘lgan (ularning kamida 24 nafari tinch aholi), 337 kishi yaralangan. Grenadaning barcha harbiy kuchlari tarqatib yuborilgan. Grenada infratuzilmasiga zarar yetgan, mamlakat iqtisodiyoti esa sezilarli darajada zarar ko‘rgan.

    Qiziq jihati, Reygan Grenada harbiy operatsiya rejasi haqida AQSH Kongressini xabardor qilmagan, qonun bo‘yicha ushbu organ harbiy harakatga ruxsat berishi kerak edi. 1983-yilda bir nechta kongressmen, prezident, mudofaa vaziri hamda qator harbiy xizmatchilarga qarshi da’vo kiritgan. Reygan o‘z qarorini AQSH milliy xavfsizligini zudlik bilan himoya qilishga to‘g‘ri kelgani bilan izohlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto maxfiy sharoitda o‘tkazilgan Kongress yig‘ilishida ham ma’lumot chiqib ketish ehtimoli bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Orolni egallaganidan keyin Amerika Grenadaga qo‘ygan iqtisodiy boykotlarini bekor qilgan va 110 million dollar miqdorida kompensatsiya to‘lagan. 3-noyabr kuni, Grenada hukumati uchun o‘tkazilgan saylovlardan bir oy oldin tashkil etilgan so‘rovlarda mahalliy aholining 90 foizi amerikaliklarning orolga kelishi mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qildi deya hisoblagan.

    Grenadadagi harbiy operatsiyani ko‘plab davlatlar, jumladan, AQSHning ittifoqchilari ham qoralagan. Noyabr oyida BMT Bosh assambleyasi Amerikaning Grenadaga bostirib kirishi xalqaro huquqlar normalarining qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblagan va qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qilgan. Dekabrda Amerika harbiy xizmatchilarining asosiy qismi orolni tark etgan. Uning hududida “mahalliy aholini himoya qilish va politsiyaga yordam berish uchun” 300 nafar harbiy qolgan.

    Foto: Wikipedia

    Shturman va dispetcherlar sabab halokatga uchragan “Il-18”

    2001-yilda Gruziya prokuraturasi harbiy “Il-18” samolyotining hayoti bo‘yicha tergov ishlarini yakunlagan. Fojia samolyot ekipaji a’zolari va komandirlar aybi sabab sodir bo‘lgan, degan xulosaga kelingan. Biroq ular halok bo‘lgani bois, o‘z vazifasiga sovuqqon yondashgan gruziyalik dispetcherlar javobgarlikka tortilgandi.

    Foto: Avianews

    2000-yilning 25-oktabr kuni “Il-18” samolyoti Moskva—Batumi yo‘nalishi bo‘yicha parvozini amalga oshirgan. Havo kemasi bortida 73 nafar yo‘lovchi bo‘lgan: Ajariyada xizmat qilgan va ta’tildan keyin garnizonlariga qaytayotgan 45 nafar rossiyalik ofitser, shuningdek, ularning oila a’zolari — 21 nafar ayol hamda yetti nafar bola. Samolyot ekipaji 11 kishidan iborat edi — komandir, ikkinchi uchuvchi va shturmandan tashqari, shunchaki parvoz soatlarini o‘tkazishi kerak bo‘lgan uchish brigadasi bo‘lgan.

    Butun parvoz deyarli yaxshi o‘tgan, muammo qo‘nish avvalida yuzaga kelgan. Yog‘ingarchilikka, bulutlar ko‘pligi, qalin tuman va vizual ko‘ruvchanlik kamligiga qaramay, batumilik dispetcherlar qo‘nishga ruxsat bergan. Kema kapitani xavfdan ogohlantirgan. Oqibatda samolyot o‘z yo‘nalishidan 20 kilometr janubga adashib, 940 metr balandlikda soatiga 340 kilometr tezlikda harakatlanib, kichik Mtiral — Yig‘i qoyasiga urilgan.

    Holat bo‘yicha tergov ishlari bilan Gruziya transport prokuraturasi shug‘ullangan. To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Batumi shahar sudiga taqdim etilgan bo‘lib, ular fojia aybdorlariga jazo tayinlangan.

    Avvaliga havo kemasining halokatiga yomg‘ir va tuman sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan, davlat tergovchilari va mustaqil ekspertlar ham xuddi shu fikrga bo‘lgan. “Bundan ob-havoda fuqarolik samolyotlari umuman uchmaydi. Buning ustida tog‘li hududga qo‘nishning imkoni yo‘q. yomg‘irda navigatsiya qurilmalari xato ko‘rsatishni boshlaydi, zich havoda turbulent oqimlar yoki havo o‘ralari yuzaga kelib, unga tushgan havo ekmasi pastga qulay boshlaydi. Shu sababli mazkur holatda uchuvchilarning qo‘nishga urinishga haqqi yo‘q edi, dispetcher esa ularni boshqa aerodromga yo‘naltirishga majbur bo‘lgan”, — deydi birinchi toifali uchuvchi, SSSRda xizmat ko‘rsatgan uchuvchi Aleksandr Kurnikov.

    Foto: Avianews

    Biroq gruziyalik tergovchilar fojianing asosiy aybdorlari odamlarning o‘zi bo‘lganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. “Fojia Yig‘i qoyasida emas, balki Qora dengiz ustida sodir bo‘lgan. Barchasi shturman Yevgeniy Koryakovsevning xatosi sabab yuzaga kelgan. Batumi aeroportiga qo‘nish vaqtida shturman o‘z koordinatalarini noto‘g‘ri hisoblagan. U Qora dengiz uza joylashgan ‘Pokat’ shartli nuqtasidan o‘tganini bildirgan, aslida ular aeroportga 20 kilometr yaqinroq edi”, — deydi Gruziya prokuraturasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi David Germozanashvili.

    Ammo gruziyalik tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, halokatda faqatgina shturmanni ayblash noto‘g‘ri. Fojiaviy yakun topgan Yevgeniy Koryakovsevning xatosini tekshiruvchi shturman Valeriy Osikov, kema komandiri Aleksandr Kotov, tajribali harbiy uchuvchi Andrey Staroverov uning hisob-kitoblarini nazorat qilishi kerak edi. Qo‘llanmagan muvofiq, yuqoridagi uch kishining har biri nazoratni amalga oshirishga majbur bo‘lgan.

    Samolyotning o‘z yo‘nalishidan 20 kilometrga og‘ib ketgani indikatorda yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, shturmanning xatosini Tbilisidagi dispetcher Vladimir Alaverdov ham sezmagan. Bundan tashqari, Rossiya samolyotini Batumidagi hamkasbi Rudiko Verdzeuliga berayotganida ham Alaverdov laynerning haqiqiy koordinatalarini tekshirmagan. Oqibatda samolyotni deyarli nol ko‘ruvchanlikda qo‘ndirishi kerak bo‘lgan Batumidagi dispetcher so‘nggi soniyalarga qadar havo kemasi qancha balandlikda uchayotganini bilmagan.

    Dispetcher Verdzeuli vaziyatni baholab, uchuvchiga balandlikni olishni buyurishi kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng, uning koordinatalarini aniqlash uchun ikkinchi aylanishga yuborishi yoki umuman boshqa aerodromga yo‘naltirishi kerak bo‘lgan. Biroq dispetcher qo‘nishga ruxsat bergan.

    —Bizni kuzatyapsizmi?, — deya uchuvchi fojiadan sakkiz soniya oldin so‘ragan.

    —Hozirda yo‘q, 295, — javob qaytargan parvozlar boshlig‘i Verdzeuli.

    —Og‘ish qancha ekanini ayta olasizmi?

    —Hozircha ko‘rinmayapsiz.

    —Tushunarli, — uchuvchi Kotovning so‘nggi so‘zlari edi, to‘rt soniyadan keyin samolyot qoyaga urilgan.

    Uchuvchilarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ularning halok bo‘lgani bois to‘xtatilgan.

    Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze 27-oktabr kuni mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa halok bo‘lganlarning barchasining shaxsi aniqlangani bois motam e’lon qilishni istamagan.

    Samolyot, ekipaj va yo‘lovchilarning sug‘urtasi “Harbiy-sug‘urta kompaniyasi” tomonidan amalga oshirilgan. U umumiy hisobda 5,5 million rublga yaqin sug‘urta pullarini to‘lab bergan.

    AQSH e’tiroziga qaramay BMT a’zosi bo‘lgan Xitoy

    1971-yilning 25-oktabr kuni Tayvan BMTga a’zolikdan chiqarilib, uning o‘rniga Xitoy Xalq Respublikasi qabul qilingandi. Bundan 69 yil oldin AQSH hukumati Xitoyning BMTga qabul qilinishiga mutlaqo qarshiligini bildirgan. Biroq XXR tashkilot a’zosiga aylanishi uchun u qadar ko‘p vaqt ketmagan. Mamlakatni qabul qilinishi Bosh Assambleya vakolatida bo‘lgan va Xavfsizlik Kengashi tarkibida bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarning vetosi Pekinning xalqaro darajada tan olinishiga to‘sqinlik qila olmagan.

    Foto: Getty Images

    XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Sin sulolasi hukmronligi ostida bo‘lgan Xitoy og‘ir inqirozni boshdan o‘tkazgan. Markaziy hukumat dunyo derjavalari qarshisida kuchsiz bo‘lgan. 1911-1912-yillarda sodir bo‘lgan Sinxay inqilobi natijasida Sin sulolasi ag‘darilgan va Xitoy respublika deya e’lon qilingan. Inqilobchi Sun Yatsen mamlakatning vaqtinchalik prezidentiga aylangan. Ammo hokimiyatda haqiqiy kuchga ega bo‘lmagani uchun lavozimini imperatorlik armiyasi qo‘mondoni Yuan Shikayuga topshirgan. 1916-yilda uning o‘limidan keyin mamlakat bir nechta militarist guruhlar orasida bo‘linib ketgan bo‘lib, bir qismi Yaponiyaga qarab ish ko‘rgan.

    Sun Yatsen migratsiyada yurgan vaqtidayoq 1894-yilda “Xitoy jamiyatining qayta tug‘ilishi”ni yaratgan. 1919-yilda uning asosida “Gomindan” nomli siyosiy tashkilot tuzilgan va Yatsen mamlakatni birlashtirish borasida urinishlarni amalga oshirgan. 1923-yilda Sovet Rossiyasidan yordam olib, mahalliy Kommunistik partiyalarni muvofiqlashtirgan.

    1925-yilda Sun Yatsen vafot etgan va Chan Kayshi “Gomindan” tashkilotidagi eng katta ta’sir doiraga ega insonga aylangan. Moskvaning yordamida va so‘l kuchlar bilan ittifoqi yordamida u 1927-yilda butun Xitoy hududida nazoratni qo‘liga olishga erishgan. Ammo Chan Kayshi joylarda ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘tkazishga uringan va yirik sanoatchilar bilan hamkorlikka qarshi bo‘lgan kommunistlar siyosatidan norozi bo‘lgan.

    Kommunistlar va Chan Kayshi atrofidagi o‘ng millatchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 1927-yilda Shanxay qirg‘ini nomi bilan tanilgan voqeaga yuzaga keltirgan. 11-aprel kuni Chan Kayshi barcha viloyatlarga kommunistlarni davlat organlardan bo‘shatish buyrug‘ini yuborgan, 12-aprelda esa Shanxaydagi “Yashil to‘da” a‘zolari va boshqa jinoiy guruhlarga faol kommunistlarni yo‘q qilish topshirig‘ini bergan.

    Chan Kayshi

    Chan Kayshi
    Foto: Global Look Press

    Shaharda ommaviy qirg‘in boshlanib, 5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Buning natijasida butun mamlakat bo‘ylab so‘l faollarni hibsga olish boshlangan. Kommunistlar bunga javoban qurol olgan va fuqarolik urushi boshlangan. Chan Kayshi hatto Yaponiya bostirib kirganida ham milliy suverenitetni saqlash qolish yo‘lida kommunistlar bilan birlashishdan bosh tortgan.

    1949-yilning 1-oktabr kuni Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilingan. “Gomindan” qo‘shinlarining qolgan qismi mamlakat janubiga siqib chiqarilgan. Ularning qo‘shni Birma va Hindixitoy hududlariga chekinishi to‘silgan. “Gomindan” hukumati Tayvanga evakuatsiya qilingan.

    1945-yilda Xitoy Ikkinchi jahon urushidagi g‘oliblar qatorida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishida ishtirok etgan. BMTga Xitoyning eski — 1949-yilda Tayvanga ko‘chgan hukumati a’zolikka qabul qilingan. “Gomindan” tarafdorlari Xitoy materigini tark etganidan keyin, mamlakat nomidan BMTda kim ishtirok etishi kerak degan masala yuzaga kelgan. 15-noyabr kuni XXR tashqi ishlar vaziri Chjou Enlay BMT Bosh assambleyasida eski hukumatning huquqini bekor qilishga uringan. 1950-yil boshida SSSR Xitoy Respublikasi vakillarini XXR delegatsiyasida almashtirish imkonini beradigan rezolyutsiya loyihasini tayyorlagan, ammo Xavfsizlik Kengashi buni rad etgan. Bunda norozilik bildirgan Sovet Ittifoqi bir necha oy Xavfsizlik Kengashi ishida ishtirok etmagan. Amerikaliklar sovet vakillari yo‘qligidan foydalanib, 1950-yilning 25-iyunida o‘zlarining Koreyaga bosqinini oqlashga imkon topgan va ularga BMT tinchlikparvar kuchlari maqomini bergan.

    Foto: AFP

    1950-yilning kuzida Amerika armiyasi KXDR qo‘shinlariga og‘ir ahvolga solib qo‘ygan vaqtda Pekin vaziyatga aralashishga majbur bo‘lgan. Xitoy-Koreya kuchlari amerikaliklarni chekinishga majbur qilgan.

    1971-yilning 26-oktabr kuni BMT Bosh assambleyasining “Xitoy Xalq Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi qonuniy huquqlarining tiklanishi” bo‘yicha 2758 rezolyutsiyasi qabul qilingan. Rasmiy Pekinning BMTga a’zo bo‘lishiga tashkilotning 78 vakili, jumladan, SSSR, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya va aksariyat Yevropa davlatlari ovoz bergan. AQSH boshchiligidagi 35 ta davlat esa qarshilik bildirgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: SSSR marshali aybdor deb topilgan Boyqo‘ng‘irdagi portlash, imperator topshirig‘i bilan Ermitajga keltirilgan mushuklar va Kleopatraning dunyodagi yagona dastxati. Kun xronologiyasida 24-oktabr

    25.10.2022, 09:30   Izoh (0)   41883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bishkekda Kampirobod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

    25.10.2022, 09:20

    “Kiyev ‘iflos bomba’dan foydalanmoqchi emas” — NATO bosh kotibi Rossiyaning iddaolarini bema’nilik deb atadi

    24.10.2022, 23:37

    Rossiya Bosh shtabi rahbari “iflos bomba” tufayli AQSH va Britaniya harbiy amaldorlariga qo‘ng‘iroq qildi

    24.10.2022, 23:21

    G‘arb ‘qizil chiziq’ning kengligini o‘lchamasligi kerak” — Mariya Zaxarova

    24.10.2022, 23:07

    “Rossiyada mamlakatni tark etgan mualliflarning asarlarini taqiqlash tendensiyasi yo‘q” — Peskov

    24.10.2022, 22:45

    Kursk ma’muriyati viloyat markazlari o‘qqa tutilish ehtimoli sababli xandaqlar tayyorlashga chaqirdi

    24.10.2022, 22:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.