Futbol yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning jamoalari — “Inter Mayami” va “An-Nassr” o‘z konfederatsiyalarining Chempionlar Ligasi yarim final bosqichida bir kun ichida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtirokini yakunlashdi.

30-aprel oqshomida Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalidagi navbatdagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda “An-Nassr” Yaponiya klubi “Kavasaki Frontale”ga 2:3 hisobida yutqazdi va finalga chiqa olmadi.
Ertasi kuni, 1-may tongida esa Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” KONKAKAF Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida “Vankuver”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning birinchi bahsida ham AQSH klubi 0:2 hisobida yutqazgan edi.
Qayd etish joiz, 37 yoshli Messi va 40 yoshli Ronaldu o‘z jamoalari safida to‘liq 90 daqiqa o‘yin o‘tkazishdi.
Izoh (0)