9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qatnovlar 8, 9, 10 va 11-may kunlari amalga oshiriladi. Bunda 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.
Harakat jadvali quyidagicha:
Samarqand → Toshkent
- Soat 10:55 — 13:15
Toshkent → Samarqand
- Soat 13:56 — 16:14
15-iyundan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 2025-yilning 1-fevralidan 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirildi.
Mahalliy yo‘nalishdagi (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlar chipta narxining tarif qismi esa 10,5 foizga oshirildi.
Izoh (0)