AQSH prezidenti Donald Tramp davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jey Di Vensni ehtimoliy vorislar qatorida tilga oldi. Bu haqda u NBC News telekanali efirida ma’lum qildi.

Jurnalistning savoliga javob berar ekan, Tramp bu ikki siyosatchi va yana “10-15-20” kishi u ketganidan keyin “Amerikani yana buyuk qilamiz” harakatini boshqarishi mumkinligini aytdi.
Tramp hozirda AQSH Demokratik partiyasida respublikachilarning yosh avlodiga teng keladigan siyosatchilar yo‘qligini ta’kidladi. Bu esa uning ehtimoliy vorislarini sog‘lom raqobatdan mahrum qilishini bildirdi.
AQSH konstitutsiyasiga ko‘ra, Oq uyda ikkinchi prezidentlik muddatini o‘tayotgan Tramp uchinchi muddatga nomzodini qo‘yishga haqli emas. Konstitutsiyaning 22-tuzatishiga binoan, “hech kim prezident lavozimiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas”.
Konstitutsiyani o‘zgartirish uchun Senat va Vakillar palatasining uchdan ikki qismining ovozi, shuningdek, shtatlarning to‘rtdan uch qismi hukumati tomonidan tasdiqlanishi talab etiladi.
Men sakkiz yil ishlagan, ikki muddatli prezident bo‘laman. Bu men uchun doimo juda muhim bo‘lgan, dedi Tramp NBC telekanalining jurnalisti Kristen Uelkerga bergan intervyusida.
Siyosatchi ehtimoliy uchinchi prezidentlik muddati haqidagi gaplari jiddiyligini aytdi. U nomzod ko‘rsatish masalasiga hali erta ekani, biroq “ko‘plab odamlar” bu qarorni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Izoh (0)