Isroil Suriya prezident Ahmad ash-Shar’a saroyi yaqiniga zarba berdi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Katsga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

Bu Suriya rejimi uchun aniq signal. Biz Damashq janubiga qo‘shin yuborilishiga yoki druzlar jamoasiga qandaydir tahdid solinishiga yo‘l qo‘ymaymiz, deyiladi qo‘shma bayonotda.
Isroil mudofaa armiyasi aviahujumda qiruvchi samolyotlardan foydalanilganini ma’lum qildi. 30-aprel kuni Suriya hukumat kuchlarining qurolli otryadlari va druzlar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Mojaro Damashq janubida asosan druzlar yashaydigan Sahnaya shahrida yuz berdi.
Suriyadagi druzlar jamoasining uchta diniy rahbarlaridan biri bo‘lgan Hikmat al-Hijriy druzlarni himoya qilish uchun zudlik bilan xalqaro kuchlarni jalb qilishga chaqirdi. Al-Hijriyning so‘zlariga ko‘ra, Sahnay va Jaramanda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlardan so‘ng druzlar jamoasi Damashqdagi hukumatga ishonchini yo‘qotga. Shu bilan birga, Suriya hukumati xavfsizlik kuchlari tartib o‘rnatish uchun yuborilganini ta’kidladi.
Suriyada hokimiyat almashganidan so‘ng, Isroil druzlarni himoya qilishga sodiqligini bir necha bor e’lon qilgan. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan Damashq chekkasidagi Jaraman shahridagi Druz jamoasi vakillari va Suriya hukumati o‘rtasida kelishuvga erishilgani haqida xabar berdi.
Ushbu kelishuvga ko‘ra, druzlar qo‘lida mavjud og‘ir qurollarni hukumatga topshiradi va barqarorlikni mustahkamlash uchun shaharda umumiy xavfsizlik kuchlari joylashtiriladi.
Izoh (0)