So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin arzonlashgani haqida turli videolar tarqalmoqda. Narx-navoning haqiqatda qandayligini aniqlash maqsadida “Daryo” jurnalisti Toshkentdagi “Aviasozlar” (xalq orasida “Kadisheva” nomi bilan tanilgan) bozorga borib, kuzatuv olib bordi.

Bozorda olib borgan tekshiruvlarimizga ko‘ra, mahsulotlar narxi quyidagicha qayd etildi:
• Qo‘y go‘shti — 80 ming so‘m/kg
• Mol go‘shti — 70 ming so‘m/kg
• Kartoshka — 4 ming so‘m/kg
• Piyoz — 1 500 so‘m/kg
• Sabzi — 2 500 so‘m/kg
• Qulupnay — 18 mingdan 30 ming so‘mgacha (sifati va naviga qarab)
• Pomidor — 20 ming so‘m/kg
• Bodring — 5 ming so‘m/kg
• Guruch — 8 mingdan 23 ming so‘mgacha (turiga qarab)
• Tuxum — 800 so‘mdan 1 100 so‘mgacha (1 dona)
• Bedana tuxumi — 20 dona 10 ming so‘m
• O‘simlik yog‘i — 1 litr 20 ming so‘m
• Bulg‘or qalampiri) — 30 ming so‘m/kg
Bozordagi vaziyat shuni ko‘rsatadiki, narxlar mahsulot turiga va mavsumga qarab o‘zgarishda davom etmoqda. Sotuvchilar narxlarning pasayishiga sabab sifatida hosil yetishtirish mavsumining boshlanishi va kunlar keskin isib ketganini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)