Qamchiq dovonida 2-may kuni soat 03:10 da Shacman rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qutqaruv otryadi maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasini xandaqdan olib chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Chirchiq shahrida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Spark kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani xabar qilingan.
Bundan tashqari, Qamchiq dovonida Honda avtomobili pastlikka tushib ketgan edi. Shuningdek, Qamchiq dovonida “Jiguli” ham xandaqqa tushib ketgandi.
Izoh (0)