Madridning “Real” klubi rahbariyati avvalgi mavsumlarda “PSJ” safida to‘p surgan Neymar va Kilian Mbappeni birgalikda jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgan. Bu haqda futbol agenti Andre Karriga tayanib Euro Football ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, o‘sha paytda “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni bitimga kiritishga harakat qilib ko‘rgan. Braziliyalik futbolchi Neymar va Mbappening transferi evaziga Parij klubiga taklif qilinishi rejalashtirilgan edi.
Biroq muzokaralar natijasiz yakunlangan va transfer amalga oshmagan. Keyinchalik braziliyalik hujumchi “Al Hilol”ga transfer qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024-yil yozida “Real”ga qo‘shildi. Hozirda u Vinisius bilan birga jamoaning asosiy hujum chizig‘ini tashkil etmoqda.
Izoh (0)