Daryo

Samarqandda 18 yoshli talaba qiz o‘z joniga qasd qildi

U Qoradaryo ko‘prigidan o‘zini suvga tashlagan

1 daqiqa o‘qish45 138 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ko‘prikdan o‘zini suvga tashlagan qiz haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, 10-mart kuni soat 21:25 larda Oqdaryo tumani “O‘zbekiston” mahallasida yashagan 18 yoshli D.O. (oliy taʼlim muassasasi talabasi) Oqdaryo va Samarqand tumanlarini tutashtiruvchi Qoradaryo ko‘prigidan o‘zini suvga tashlab joniga qasd qilgan.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holat yuzasidan Oqdaryo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar