• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHda qurol aylanmasi ustidan nazorat haqida qonun qabul qilindi, u so‘nggi 30 yil ichidagi eng muhim hujjat deb atalmoqda. Qonun ikkita ommaviy qotillikdan keyin ishlab chiqildi

    AQSH Senati va Vakillar palatasi qurol aylanmasi ustidan nazorat to‘g‘risidagi 80 sahifali qonun loyihasini ma’qulladi, deb yozadi Meduza. Uni 65 senator, shu jumladan, odatda ushbu sohada nazorat kuchaytirilishiga qarshi chiquvchi Respublikachilar partiyasining 15 nafar vakili qo‘llab-quvvatladi. Vakillar palatasida qonun loyihasini yoqlab 234 kishi (shu jumladan 14 nafar respublikachi) ovoz berdi, 193 kishi qarshi chiqdi. Endi u imzolash uchun prezidentga yo‘naltiriladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Qonun loyihasi may oyida AQSHda ikki marta ommaviy qotillik sodir bo‘lganidan keyin ishlab chiqildi. Buffalodagi supermarketda va Yuvaldedagi boshlang‘ich maktabda yuz bergan otishmalarda 31 kishi halok bo‘ldi, ularning yarmidan ko‘pi boshlang‘ich maktab o‘quvchilari edi.

    Senatdagi ovoz berishdan keyin AQSH prezidenti Jo Bayden shunday dedi: “Bugun, 28 yillik harakatsizlikdan keyin, ikkala partiyadan ham Kongress a’zolari butun mamlakat bo‘ylab oilalarning da’vatlariga quloq solib, jamiyatimizda o‘qotar quroldan foydalanib zo‘ravonlik sodir etishga qarshi kurashishga qaratilgan qonun lyihasini qabul qilish uchun yig‘ildi. Yuvalde va Buffalodagi oilalar, avvalgi juda ko‘p fojiali voqealar harakat qilishni talab etdi. Va bugun biz harakat qilyapmiz”.

    Yangi qonun loyihasi maktablarni qo‘riqlashga qaratilgan moliyalashtirishni kuchaytirish, ruhiy salomatlikni nazorat qilish va o‘z joniga qasd qilish oldini olish dasturlariga yirik mablag‘lar va boshqa inqirozli vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash xizmatlariga qo‘shimcha xarajatlarni ko‘zda tutadi. Shuningdek, qurol sotib olish istagida bo‘lgan 18 yoshdan 21 yoshgacha odamlarni puxtaroq tekshirishni joriy qilish ham rejalashtirilmoqda. Xususiy qurol savdosi ustidan nazorat ancha kuchaytiriladi.

    Bundan tashqari, o‘zi va atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi odamlar uchun quroldan foydalanishni cheklash taklif etilmoqda, xususan, maishiy zo‘ravonlik uchun sudlangan odamlarga o‘qotar qurol sotib olish imkonini beruvchi zaif jihatlar yo‘qotiladi. Shuningdek, potensial xavfli odamlarga quroldan foydalanishni cheklashga va inqirozli vaziyatlarda yordam dasturini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘z qonunlarini ishlab chiqishi uchun shtatlar budjetlariga katta mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.

    “Yillar davomida o‘ta o‘nglar Kongress qonunga rioya qiladigan amerikaliklar konstitutsiyaviy huquqlariga o‘zgartirish kiritish orqali ommaviy qotilliklarga oid dahshatli muammoni yecha oladi deb yolg‘ondan ishontirib keldi. Ushbu qonun loyihasi unaqa emasligini isbotlaydi. Hamkasblarimiz sog‘lom aqlga asoslangan ommaviy qadamlar paketini to‘pladi, ular dahshatli hodisalarning ehtimolini kamaytiradi, shu bilan birga, fuqarolarning ikkinchi tuzatish (1791-yildan kuchga kirgan AQSH Konstitutsiyasiga tuzatish, fuqarolarning qurolni saqlash va olib yurish huquqini kafolatlaydi) bilan belgilangan konstitutsiyaviy huquqlarini buzmaydi”, — dedi respublikachi senator Mitch Makkonnell.

    Yangi qonun loyihasi qat’iy cheklovlarni kiritmaydi — shunga qaramay, Amerika jamiyatida uning ko‘rib chiqilishi natijalari yillar davomida qurol aylanmasi sohasida qat’iyroq nazorat kiritilishini yoqlab chiqqan Demokratik partiya g‘alabasi deb atalmoqda.

    Amerika OAVlari qayd etishicha, bundan avvalgi, muhimligi jihatidan shunga o‘xshash bo‘lgan qonun 1994-yilda qabul qilingan edi. O‘shanda qurol ishlab chiqaruvchilariga fuqarolar foydalanishi uchun katta hajmli o‘qdonlar va hujum (shturm) quroli toifasiga kiruvchi avtomatik o‘qlanadigan qurolning ba’zi turlarini chiqarish taqiqlab qo‘yilgan edi. Taqiq o‘n yil mobaynida amal qildi, ammo 2004-yilda uning amal qilish muddati tugadi va respublikachilar partiyasi qarshiligi tufayli uzaytira olishmadi. Bugungi kunda faqat yettita shtatda va Kolumbiya okrugida hujum quroli taqiqlangan.

    AQSH rivojlangan mamlakatlar orasida o‘qotar quroldan o‘lim darajasi eng yuqori davlat bo‘lib qolmoqda. 2022-yilda qariyb 21 ming kishi halok bo‘ldi, shularning 9 mingdan ortig‘i o‘ldirilgan va 12 mingga yaqini o‘z joniga qasd qilgan. Gun Violence Archive notijorat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon mamlakatda 280 ta ommaviy qotillik yuz bergan.

    AQSH Demokratlar partiyasi va, so‘rovlar natijalari ko‘rsatishicha, mamlakat aholisining katta qismi qurol aylanmasi nazorati haqidagi mavjud qonunlarning kuchaytirilishi tarafdoridir. Bunday choralarga qarshi bo‘lganlar (shu jumladan, Amerika Milliy o‘qchilar uyushmasi*) fikricha, amaldagi qonunlarning har qanday tarzda o‘zgartirilishi fuqarolarning Konstitutsiyaga kiritilgan ikkinchi tuzatishda belgilangan, qurolga egalik qilish konstitutsiyaviy huquqining buzilishi bo‘ladi. Ular har qanday yon bosish yangi talablarni keltirib chiqarishi va oxir-oqibat qurolning to‘liq taqiqlanishiga olib kelishidan xavfsiramoqda.

    Bunday odamlarning asosiy dalillaridan biri shundan iboratki, qurolga egalik qilishning cheklanishi amalda ko‘pchilik ommaviy qotilliklarning oldini ololmagan bo‘lardi. Ko‘p hollarda amerikalik Stiven Peddok misol qilib keltiriladi, u 2017-yilda AQSH tarixidagi eng ommaviy qotillikni amalga oshirgan, o‘shanda 59 kishi halok bo‘lib, 500 dan ortiq odam yaralangan edi. Peddok qurolni qonuniy tarzda sotib olgan — u barcha tekshiruvlardan o‘tgan, muqaddam sudlanmagan bo‘lgan va yaqqol ruhiy buzilishlari bo‘lmagan.

    So‘nggi yillarda AQSHda tobora ko‘proq odamlar qurol qo‘llash orqali zo‘ravonlik qilish muammosini Konstitutsiyaga kiritilgan ikkinchi tuzatishni bekor qilish orqaligina yechish mumkin, degan fikrni bildirmoqda.

    Oliy sud sobiq a’zosi Jon Pol Stivens tuzatishni bekor qilishga chaqirdi va uni XVIII asr sarqiti deb atadi. Brennan adliya markazi (Nyu-York universitetidagi yuridik maktab) ilmiy xodimi Uolter Shapiro aytishicha, “javonlarda, bardachoklarda va tumbochkalarda” qariyb 400 million dona qurol saqlanadigan jamiyatda mavjud muammolarni hech qanday islohotlar hal qila olmaydi.

    “Achchiq haqiqat shundaki, muammoning ildizi — ikkinchi tuzatishning o‘zi. Amerika esa ikkinchi tuzatish bekor qilinmagunicha yoki Oliy sud uni tubdan o‘zgartirmagunicha, bir ommaviy qotillikdan ikkinchisiga qarab harakatlanaveradi”, — dedi u.

    *Amerika Milliy o‘qchilar uyushmasi (NRA) — Amerikadagi eng qudratli lobbichilik tashkiloti deb ataladi. Tashkilot 5 milliondan ziyod odamni o‘z ichiga oladi, uni ko‘plab yirik kompaniyalar qo‘llab-quvvatlaydi.

    Mavzuga doir:

    • AQSH Senati qurol nazorati to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
    • AQSH Kongressining Vakillar palatasi qurol nazorati bo‘yicha qonun loyihalarini qabul qildi
    • AQSH maktabidagi otishma qurbonlari soni 21 kishiga yetdi. Bayden qurol lobbisiga qarshi kurashishga chaqirdi
    • AQShda 18 yoshli talaba mashinada 300 km yo‘l bosib kelib, supermarketda 10 kishini o‘ldirdi. U hujum qilganlarning deyarli hammasi qora tanli bo‘lgan

    25.06.2022, 23:55   Izoh (0)   12094
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Ukrainaning Yevroittifoqqa nomzodlik maqomini olishini Everestni zabt etishga qiyosladi

    25.06.2022, 19:42

    Ramzan Qodirov Severodonetskdagi sanoat zonasi va aeroport Rossiya nazorati ostiga o‘tganini ma’lum qildi

    25.06.2022, 16:48

    AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ta’siridan hafsalasi pir bo‘ldi

    25.06.2022, 15:09

    NATO bosh kotibi: Ukrainadagi urush muzokaralar yordamida hal qilinadi

    25.06.2022, 14:54

    Xitoy AQSH harbiy samolyoti Tayvan bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tgani yuzasidan norozilik e’lon qildi

    25.06.2022, 13:57

    Shimoliy va Janubiy Koreya o’rtasidagi qonli urush tarixi (video)

    25.06.2022, 13:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JCH—2026. O‘zbekiston mundial masalasini hal qilishga yaqin turibdi (prevyu)

    Sport | 5 iyun, 11:15

    Britaniyalik olimlar dunyodagi eng kichik skripkani yasadi

    Layfstayl | 5 iyun, 11:11

    Bolalar nafaqasi: 2024-yil yanvardan beri qancha oilaga to‘lov to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 5 iyun, 10:55

    O‘zbekistonda oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul boshlandi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:45

    Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qanday nonushta qilish kerak? Mutaxassislar maslahati

    Layfstayl | 5 iyun, 10:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.