Ijtimoiy tarmoqda Namangan davlat universiteti talabasi o‘zini osib, joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Universitet ma’muriyati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda keltirilishicha, universitetning biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi oilaviy kelishmovchilik sababli o‘z joniga qasd qilgan va vafot etgan. Talaba o‘quv jarayonida faol, fanlarni muntazam ravishda o‘zlashtirib kelgan.
Marhum talabaning oila aʼzolari universitetga hech qanday eʼtiroz va daʼvolari yo‘qligini maʼlum qilgan.
Ayni paytda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.
Izoh (0)