Transfermarkt portali Rossiya Premyer Ligasida to‘p suruvchi 21 yoshdan katta bo‘lmagan eng qimmat futbolchilar ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
![](/static/2024/04/01/Abbos-zgFW8mNh.jpg)
Ramziy terma jamoaga quyidagi futbolchilar kiritildi. Qayd etib o‘tish joiz, tarkibdan o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev ham joy olgan:
1. Darvozabon Daniil Xudyakov (“Lokomotiv”, Rossiya) — 1,5 million yevro.
2. Himoyachi Sergey Volkov (“Krasnodar”, Rossiya) — 5 million.
3. Himoyachi Viktor Melyohin (“Rostov”, Rossiya) — 3,5 million.
4. Himoyachi Andrey Langovich (“Rostov”, Rossiya) — 1,5 million.
5. Himoyachi Daniil Denisov (“Spartak”, Rossiya) — 4 million.
6. Yarim himoyachi Sergey Pinyayev (“Lokomotiv”, Rossiya) — 8 million.
7. Yarim himoyachi Artyom Karpukas (“Lokomotiv”, Rossiya) — 6 million.
8. Yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”, O‘zbekiston) — 5 million.
9. Hujumchi Pedro Enrike Silva dos Santos (“Zenit”, Braziliya) — 7 million.
10. Hujumchi Konstantin Tyukavin (“Dinamo”, Rossiya) — 12 million.
11. Hujumchi Manfred Ugalde (“Spartak”, Kosta-Rika) — 8 million.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya chempionatining ortda qolgan 21 turidan so‘ng “Zenit” yetakchilik qilmoqda. Abbosbek to‘p surayotgan “SSKA” esa 33 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)