Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi superfinal yo‘lida “SSKA” 15-may, chorshanba kuni “Zenit”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. G‘olib nomi penaltilarda aniqlanadigan bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish joiz, Abbosbek Fayzullayev 87-daqiqada o‘z o‘rnini Davilaga bo‘shatib berdi.
Penaltilar seriyasida esa “SSKA” “Zenit”ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. Yana bir final yo‘lida “Baltika” “Spartak”dan ustun kelib, hal qiluvchi bahsga yo‘l oldi.
Rossiya Kubogi
Final yo‘li
16-aprel, seshanba
“Zenit” — “SSKA” 0:0
Penaltilar seriyasi: 5:4
“Zenit”: Adamov, Rodrigao, Alip, Barrios, Vasilyev (Erakovich, 46), Ahmetov (Klaudinyo, 62), Vendel (Kasserra, 73), Artur (Duglas Santos, 46), Yeroxin, Pedro (Mostovoy, 81), Izidor.
“SSKA”: Torop (Shayxutdinov, 36), Agapov, Moyzes (Xelven, 55), Diveyev, Villian Rosha, Gayich (Musaev, 63), Zdelar, Oblyakov, Fayzullayev (Davila, 87), Zabolotniy, Chalov (Rivandi, 63).
Izoh (0)