• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Xitoyni achchiqlantirgan Pompeo, virus yomonroqmi yoki YTH?

    “Daryo” saytida o‘tgan haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonga keldi. U mintaqa bo‘ylab safari davomida Qozog‘istondan so‘ng mamlakatimizga tashrif buyurgan. AQSh davlat kotibining mintaqa aylanishini Markaziy Osiyodagi ustunkuchlar muvozanatini saqlashda jiddiy siyosiy voqea deb atash mumkin. Zotan bu darhol aks-sado berganini xabarimizning oxirida keltiramiz. Pompeo O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi bilan uchrashdi, C5+1 shaklida mintaqa davlatlari vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. AQSh Afg‘oniston bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun 1 million dollar ajratishi ma’lum qilindi. AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi oshkor qilindi.

    Foto: TIV matbuot xizmati

    Tabiiyki, Markaziy Osiyoga AQSh davlat kotibining tashrifi va iliq kutib olinishi Rossiya Federatsiyasi va Xitoy rahbariyatiga yoqdi, deb bo‘lmaydi. Pompeoning Qozog‘istonda etnik qozoq oilalari bilan uchrashuvi va O‘zbekistonda AQSh biznesi bilan ishlash yaxshi ekanini aytishi Toshkentdagi Xitoy elchisining achchig‘ini qo‘zg‘adi. Xitoy elchisi Pompeoning Yevrosiyo safarining asosiy mazmuni “ig‘vogarlik va tuhmat”dan iborat, deya ayblab chiqdi. O‘z navbatida, RF prezidentining matbuot kotibi Peskov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bekor qilinganiga izoh berar ekan “5-fevral kuniga bunday tashrif rejalashtirilmagandi. Prezident tashrifi bo‘yicha hech qanday reja yo‘q edi, shu tufayli tashrif qoldirilgani to‘g‘risidagi gapga o‘rin yo‘q. Bu to‘g‘ri ma’lumot emas”, deb aytdi.

    * * *

    Va nihoyat, bu haftada Xitoydan o‘zbekistonliklar maxsus charter reyslarda qaytarildi. 2-fevral kuni 157 nafar o‘zbekistonlik talaba Xitoydan olib kelindi. O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys 4–5-fevral kunlari Uxandan bepul, Pekindan esa pulli amalga oshirildi. Pekindan qaytgan fuqarolarimizda kasallik aniqlanmadi. Xitoydan olib kelingan o‘zbekistonliklar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylashtirildi. Ularga oila a’zolari bilan uchrashish taqiqlanadi. 6-fevral kuni Xitoydan o‘zbekistonliklarni olib kelish yakunlandi.

    Evakuatsiya qilinganlar lageri.

    Evakuatsiya qilinganlar lageri.
    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

    Sog‘liqni saqlash vazirligi karantinga olingan vatandoshlar oila a’zolari bilan xabarlashuvi uchun muloqot markazi tashkil etdi. Unda bemalol videosuhbat qurish mumkin. Albatta, fuqarolar chet eldan qaytganida so‘ng mamlakat ichkarisida kasallik kirib kelishidan tahlika bo‘lishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 8-fevral holatiga ko‘ra tojvirus kasalligi aniqlanmaganligini xabar qildi.

    * * *

    Xitoy virusi garchi O‘zbekiston aholisini yoppasiga qo‘rquvga solmayotgan bo‘lsa-da, dorixonalarda niqoblar taqchillashayotgani, markaziy hududlarda yashovchilar xavotirga tushgani va davlat choralar ko‘rayotgani bor gap. Biroq O‘zbekiston fuqarolari boshida shunday tahdid borki, uning natijasidagi o‘limlar har qanday virusnikidan oz emas. Bu avtohalokatlardir. Avtohalokatlar ko‘lamiga nazar tashlash kishini qo‘rquvga soladi. O‘tgan haftada yilning birinchi oyidagi YTHlar hisob-kitob qilindi. Natijalar o‘ta qo‘rqinchlidir. 2020-yilning birinchi yigirma kunida YTHlardan 60 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, 21–31-yanvar kunlaridagi avtohalokatlar 54 kishini hayotdan olib ketgan. Avtohalokatlar sodir bo‘lishi bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyati yetakchidir.

    * * *

    Hokim deganda biz faoliyatining bir qirrasi paxta dalasiga tutashgan mansabdorni tushunamiz. Biroq tasavvurimizdagi bu stereotip yo‘qolishi mumkin. Chunki endi hokimlar paxta bilan shug‘ullanmasligi aytilmoqda. 2020-yildan O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilinadi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev “Islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda munosib mehnat” nomi ostidagi davra suhbati chog‘ida ma’lum qildi.

    24-yanvar kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida O‘zbekistonda paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasini bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

    * * *

    Bu ham yoshlarimiz hayotiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi yangilik. Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Republikasi fuqarolaridan ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Endi qo‘shni davlatlardagi OTMlarda o‘qiyotgan vatandoshlarimiz O‘zbekistondagi “vuz”larga o‘qishini ko‘chirishi mumkin. Mamlakatda bitiruvchilar soni va OTMlar kvotasi orasidagi farq juda kattaligi sababli o‘zbekistonliklar qo‘shni davlatlarda oliy ta’lim olishni chora sifatida ko‘rishardi. O‘qishni ko‘chirishda fuqaroning doimiy yashash manzili, talaba o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘qishi ko‘chirilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mosligi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining mavjud imkoniyatlari kabi mezonlar e’tiborga olinadi.

    * * *

    Har yili Alisher Navoiy tavalludi yaqinlashar ekan, tilga e’tibor, o‘zbek tilining mavqei borasida fikr va munozalarlar ko‘payib qoladi. Bu yili O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning dolzarb fikri axborot nashrlarida aylana boshladi. Alisher Qodirov davlat idoralaridagi mavjud vaziyatni qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan taqqoslar ekan, davlat tilini bilmagan odam ishga kirolmasligini, O‘zbekistonda esa davlat xizmatida o‘zbek tili ko‘p hollarda ishlatilmayotganini ta’kidladi.

    Foto: “Milliy tiklanish”

    U, shuningdek, qo‘shimcha qildi: “Davlat  tiliga bo‘lgan hurmat boshqa tillarga nisbatan behurmatlik emas, buni siyosiylashtirmaslik kerak”. Qodirov “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida ko‘rsatilgan holatlarga amal qilmaslik bo‘yicha jazo chorasi belgilanmaganini ham aytdi. Ushbu moddada “Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin” deyiladi.

    * * *

    9-fevral g‘azal mulkining sultoni, turkiy til nufuzini mustahkamlashda beqiyos xizmat qilgan buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning tavallud kunidir.

    AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum  Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan o‘zbekistonliklarni o‘zbek tilida Navoiy misralari bilan qutladi:

    Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,

    Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    10.02.2020, 11:34   Izoh (0)   42448
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jinoyat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi

    10.02.2020, 11:10

    “Dori-Darmon” budjetdan ssuda berish muddatini uzaytirishni so‘radi

    10.02.2020, 10:59

    Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday? Vazirlik eng ko‘p berilayotgan savollarga javob qaytardi

    10.02.2020, 10:48

    Toshkentda YPX inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

    10.02.2020, 10:26

    Samarqandda huquq-tartibot idoralari xodimlarini haqoratlagan ayolga nisbatan prokuratura tekshiruvi boshlandi

    09.02.2020, 22:50

    Toshkentda avtomoyka uchun yer ajratib berish evaziga 5600 dollar talab qilgan “hokimlik xodimi” ushlandi

    09.02.2020, 21:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.