Solar Orbiter kosmik apparati Quyoshni yuqori aniqlikda suratga oldi. Mazkur qurilma Quyoshni 5 yildan beri o‘rganmoqda. Bu haqda Earth xabar berdi.
Solar Orbiter o‘zining Extreme Ultraviolet Imager kamerasi yordamida to‘rt yarim soat ichida 200 ta alohida kadr olgan. Apparat Quyoshdan 77 million kilometr uzoqlikda joylashgan. Olimlar kadrlarni birlashtirib, Quyoshning bugungi kundagi eng keng va yuqori aniqlikdagi ultrabinafsha tasvirini taqdim etgan.

Yakuniy tasvir 12544 x 12544 piksel o‘lchamga ega bo‘lib, bu 2325,5 x 2325,5 million kilometrga to‘g‘ri keladi. Surat oldingi ma’lumotlar bilan birgalikda Quyoshda sodir bo‘layotgan jarayonlarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
Solar Orbiter — bu Yevropa kosmik agentligi va NASA tomonidan ishga tushirilgan Quyoshni o‘rganishga mo‘ljallangan kosmik apparat. U 2020-yil 10-fevral kuni parvoz qilgan. Qurilma Quyoshni yaqin masofadan kuzatib, uning sirli jarayonlarini o‘rganishga yordam beradi.
Izoh (0)