Xitoy oltita Shiyan-27 sun’iy yo‘ldoshini quyosh bilan sinxron orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) ma’lum qildi.
Uchirish Pekin vaqti bilan 06:51 da Tayyuan kosmodromidan CZ-6A (Changzheng-6-ei) raketasi yordamida amalga oshirildi. Bu Long March seriyali raketa uchun 570-parvozdir.

CASC ma‘lumotlariga ko‘ra, uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar birinchi navbatda kosmik muhitni o‘rganish va tegishli texnologik tajribalarni o‘tkazish uchun ishlatiladi.
O‘zgartirilgan ikki bosqichli CZ-6A raketasi uzunligi 50 m bo‘lib, kerosin va suyuq kislorod aralashmasi bo‘lgan ekologik toza yoqilg‘ida ishlaydi. Raketa Shanxay kosmik parvozlar texnologiyalari akademiyasi tomonidan CASC bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, to‘rtta qattiq yonilg‘i kuchaytirgich bilan jihozlangan va taxminan 6,5 tonna foydali yukni quyosh bilan sinxron orbitaga (500 km) olib chiqishga qodir.
CZ-6 dan farqli o‘laroq, u kengaytirilgan birinchi bosqichga ega, uning diametri ikkinchisi bilan bir xil — 3,35 m. Ushbu turdagi tashuvchilar uchun bu 26-missiya bo‘lib, 2025-yildagi uchinchi parvoz hisoblanadi.
Izoh (0)