Fobos ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovets Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlanganini ma’lum qildi.

“Yerga ikkita ulkan quyosh protuberansi yetib kelib, magnitosferaga zarba berdi. Kosmik zarba natijasida kuchli magnit bo‘roni yuzaga keldi va u uzilishlar bilan payshanba kunigacha davom etadi”, dedi Yevgeniy Tishkovets.
Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va Sibir bo‘limining Quyosh—Yer fizikasi instituti saytida xabar qilinishicha, magnit bo‘ronining eng yuqori nuqtasi 16-aprel kuni tungi va ertalabki vaqtga to‘g‘ri kelgan. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bu vaqtda bo‘ronning kuchi G2—G3 darajasida, ya’ni o‘rtacha va kuchli bo‘ron darajasida bo‘lgan.
Tishkovetsning yana qo‘shimcha qilishicha, chorshanba kunidan payshanbaga o‘tar kechasi qutb yog‘dusi hatto o‘rta kengliklarda ham kuzatilishi mumkin.
Geomagnit bo‘ronlar paytida kuchli jismoniy va aqliy zo‘riqishlardan saqlanish, shuningdek, parhezga rioya qilish tavsiya etiladi. Chunki bo‘ronlar birinchi navbatda yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh (0)