Janubiy Koreya to‘rtinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirishga erishdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga asoslanib, Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Koreya Respublikasi beshinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshini shu yil oxirida uchirishni rejalashtirmoqda.
2024-yil avgust oyida SpaceNews nashrining xabar berishicha, Janubiy Koreya aerokosmik agentligi 2027-yilning ikkinchi yarmida GEO-KOMPSAT-3 ko‘p maqsadli geostatsionar aloqa sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun AQSHning SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasini tanlagan.
O‘sha yilning iyun oyida portal Janubiy Koreyaning Oy va Marsga missiyalar yuborish rejalarini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)