Daryo

Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan Shimoliy Koreya askarlariga qarata o‘t ochdi

Qo‘shimcha qilinishicha, Janubiy Koreya harbiylari qurolsizlantirilgan hududdagi demarkatsiya chizig‘i ustidan nazoratni kuchaytirgan va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda

1 daqiqa o‘qish8 098 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreya ikki davlat chegarasidan o‘tuvchi demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan Shimoliy Koreya askarlari guruhiga ogohlantiruvchi o‘t ochdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qo‘shinlar Bosh Shtablari Qo‘shma Qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Chalinee Thirasupa / Reuters

Bugun qurolsizlantirilgan hududning sharqiy qismida Shimoliy Koreya armiyasining 10 dan ortiq harbiy xizmatchisi harbiy demarkatsiya chizig‘ini buzdi. Shu sababli bizning qurolli kuchlarimiz ogohlantirish berib, ogohlantiruvchi o‘t ochdi. Shundan so‘ng Shimoliy Koreya harbiylari shimolga qaytib ketdi, deyiladi bayonotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Janubiy Koreya harbiylari qurolsizlantirilgan hududdagi demarkatsiya chizig‘i ustidan nazoratni kuchaytirgan va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Bundan oldin Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In rasmiy ochilishidan avval mamlakatdagi birinchi kompyuter klubiga tashrif buyurgandi. Muassasa Pxenyan shahrining Xvason tumanidagi yangi osmono‘par binoda joylashgan. U 300 nafar o‘yinchiga mo‘ljallangan bo‘lib, poytaxt aholisining moddiy va madaniy farovonligini oshirishga qaratilgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar