• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SpaceX raketasida o‘zbekistonliklar yaratgan sun’iy yo‘ldosh uchirilishi mumkin

    O‘zbekistonlik yosh muhandislar tomonidan yig‘ilishi rejalashtirilgan ilmiy texnologik sun’iy yo‘ldosh SpaceX raketasida uchirilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “O‘zbekkosmos” agentligi

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda kosmik texnologiyalardan foydalanish va bu borada ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida agentlik delegatsiyasi AQSHning bir necha hududlarida, xususan, SpaceX kompaniyasining Los Anjelesdagi ofisida bo‘ldi.

    Uchrashuvda o‘zbekistonlik yosh muhandislar tomonidan Yaponiyaning Kyushu texnologiya institutida o‘qish davomida yig‘ilishi rejalashtirilgan ilmiy texnologik sun’iy yo‘ldoshni SpaceX kompaniyasining raketasida uchirish masalasi muhokama qilindi.

    Shuningdek, O‘zbekistoning “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar — 2035” strategiyasi bo‘yicha fikr almashilib, SpaceX kompaniyasi vakillari hujjatning dastlabki loyihasi tayyor bo‘lgach, uni ko‘rib chiqib, yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va mulohazalarini taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

    Delegatsiya a’zolari SpaceX kompaniyasining Falcon 9 tashuvchi raketasini ishlab chiqarish jarayonlari va quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.

    Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari AQSHning Kolorado Springs shahri mezbonlik qilgan Space Symposium xalqaro konferensiyasida ham ishtirok etishdi. Mazkur o‘zaro muloqot platformasi orqali turli mamlakatlarning kosmik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

    Xususan, kosmik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan quvvatlarining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirish masalalari bo‘yicha dastlabki fikrlar almashildi. Shuningdek, Uzcosmos agentligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilayotgan, sun’iy yo‘ldoshlarni harakatlantiruvchi tizimlarni (satellite propulsion system) loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va tijoratlashtirish bo‘yicha mavjud yondashuvlar, texnologiyalar va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Konferensiya doirasida agentlik vakillari bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib, manfaatli kelishuvlarga ham erishdi. Xususan, “O‘zbekkosmos” agentligi va Koreya Aerokosmik Administratsiyasi (KASA) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

    Foto: “O‘zbekkosmos” agentligi

    Unga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikni kosmik ta’lim, fanlar va tadqiqotlar, kosmik texnologiyalarning qo‘llanilishi, sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqish, yerusti kosmik infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda olib borish belgilandi. “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar — 2035” strategiyasini amalga oshirishda Fransiyaning Novaspace konsalting kompaniyasi bilan konsultativ hamkorlik qilish bo‘yicha ham ikki tomonlama kelishuvga erishildi.

    2022-yilda SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalar amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgandi.

    18 aprel, 16:00   Izoh (0)   3266
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #SpaceX#“O‘zbekkosmos”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muzokaralar davom etmoqda”. O‘zbekiston Ilon Maskning Starlink loyihasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda

    29.03.2022, 08:49

    Ilon Mask bilan hamkorlik, 2030-yilgacha uchiriladigan sun’iy yo‘ldosh. Uch yil avval tashkil etilgan “O‘zbekkosmos” agentligi vakili bilan suhbat

    12.04.2022, 08:38

    SpaceX, Airbus, Maxar. O‘zbekistonda dunyoning nufuzli kompaniyalari ishtirokida kosmik texnologiyalar bo‘yicha 1-xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

    23.04.2022, 11:37

    SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalar amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi

    10.05.2022, 22:58

    Oyga borib 2 hafta yashash 50 mln dollar. Ko‘ngillilar kerak. “O‘zbekkosmos” agentligi sun’iy yo‘ldoshlar haqida ma’lumot berdi

    23.06.2024, 08:39

    SpaceX raketasi Starlink Internet sun’iy yo‘ldoshlarining yana bir guruhini orbitaga olib chiqdi

    31.12.2024, 17:15

    Starship kosmik kemasi parvoz vaqti portlab ketdi (video)

    17 yanvar, 10:30

    AQSH koinotning qanday paydo bo‘lganini o‘rganish uchun teleskopni ishga tushiradi

    22 fevral, 16:30

    Starship kosmik kemasi yana portlab ketdi (video)

    7 mart, 13:10

    NASA osmonni xaritalash uchun kosmosga yangi teleskop uchirdi

    12 mart, 12:20

    SpaceX sayyohlar bo‘lgan kosmik kemani ilk orbital parvozga uchirdi

    1 aprel, 11:14

    Tramp NASA ilmiy byudjetini ikki baravarga qisqartirmoqchi 

    12 aprel, 15:45

    Milliarder Jeff Bezos ayollarni kosmosga yubordi (video) 

    15 aprel, 09:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Byudjet pulidan o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan taʼminlanmagan”. Deputat Bandlik vazirligi samarasiz ishlayotganini aytdi

    O‘zbekiston | 10 may, 17:18

    O‘zbekistonda yakshanba kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?

    O‘zbekiston | 10 may, 17:10

    Sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga qulab tushdi

    Dunyo | 10 may, 16:45

    “Yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 10 may, 16:18

    “O‘tgan yili 326 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan”—Mehriddin Abdullayev

    O‘zbekiston | 10 may, 16:15

    “Shrek-5” multfilmining syujetini oshkor qildi — voqealar real hayotda yuz beradi

    Madaniyat | 10 may, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.