Prezident Sanepidqo‘m faoliyati, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tanqid qilishi, Sirdaryodagi rahbarlar diktantdan qoniqarsiz baho olishi, Urganch aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qilishi va boshqarishi – “Daryo” nashri bugun, 18-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekistonda “yashil energiya” sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
O‘zgartirishlar uch oy o‘tib kuchga kiradi.
Markaziy bank Telegram orqali yangicha firibgarlik tarqalganidan ogohlantirdi
“Bir zumda kredit olish” mazmunidagi yolg‘on xabarlar reklama qilinmoqda.
“O‘quvchilar safidan chiqarilgan” — tungi klubda raqqosalik qilgan 14 yoshli qiz bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi qiz viloyatdagi hech bir maktab ro‘yxatida qayd qilinmaganini bildirdi.
Sirdaryoda hokimlik mas’ul xodimi 30 ming dollar, Toshkentda bank bo‘limi boshliqlari 85 ming dollar olayotganida ushlandi (video)
Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Sirdaryodagi rahbarlar diktantdan qoniqarsiz baho oldi
Davlat idoralari rahbar xodimlarining savodxonlik darajasi tekshirildi.
“O‘zgidromet” 8 ta viloyatda sel xavfi bo‘lishidan ogohlantirdi
Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor.
Urganch aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi va boshqaradi
Aeroportni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tenderda Incheon International Airport Corporation g‘olib deb topildi.
“Biz uchun qattiq ‘signal’ bo‘lishi kerak”. Shavkat Mirziyoyev dunyodagi iqtisodiy va savdo cheklovlarining O‘zbekistonga ta’siri haqida
Prezidentning qayd etishicha, katta import bojlari qo‘yilgan davlatlar agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga to‘siq bo‘layotgan rahbarlarga qattiq chora ko‘rilishini aytdi
Prezident hozirgi sharoitda xatarlarni to‘g‘ri baholab, tadbirkorlarga yo‘l ochish kerakligini ta’kidladi.
“Biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz” — prezident
Mutasaddilarga “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Prezident Sanepidqo‘m faoliyati, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tanqid qildi
Xususan, 300 dollarlik mopedni standartdan o‘tkazib, sertifikat olishga yana shuncha mablag‘ ketayotganini, ayrim tibbiy uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajati ularning narxidan 10 karra qimmatligini aytdi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.
Soliq-bojxona siyosati va maʼmurchiligini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqiladi
Vazirlarning o‘z sohasidagi yo‘riqnoma va boshqa idoraviy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha vakolati aniq belgilanishi lozimligi taʼkidlandi.
Toshkentda tanishining Tesla’sini yoqib yuborgan shaxs ushlandi (video)
Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkentda fuqaro o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi (video)
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berilmadi.
Sirdaryoda bir necha bor jinoyat sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi (video)
Hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.
O‘zbekistonda 2025-yili quvvati 65 mVt bo‘lgan 1 185 ta mikro GES barpo etiladi
Prezidentga energetika sohasidagi vazifalar ijrosi va yangi loyihalar yuzasidan axborot berildi.
Samarqandda erkak 17 yoshli qaynukasini kaltakladi
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)