Ko‘plab kanadaliklar Yevropa Ittifoqiga (YI) a’zo bo‘lish g‘oyasiga qiziqish bildirmoqda. Kanadaning Bryussel uchun munosib muhiti mavjud, biroq a’zolik yo‘lida ayrim jiddiy to‘siqlar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp shimoldagi qo‘shnisi bilan munosabatlarni o‘zgartirayotgan, ko‘plab jazo tariflarini joriy etayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda jangovar xabarlar joylayotgan bir paytda, kanadaliklar yangi, ishonchliroq ittifoqchilar bilan yaqinlashish kerakmi, degan savolni o‘zlariga bermoqdalar.
Ta’kidlanishicha, yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnomada kanadaliklarning 44 foizi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini aytgan bo‘lsa, 34 foizi bu g‘oyani rad etgan.
“Kanadaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi hatto Yevropa komissiyasiga ham amalga oshmaydigan orzu bo‘lib tuyulsa-da, Politico uchun bu masalani o‘rgangan yevropalik mutaxassislar bunday dadil qadam bilan muvaffaqiyatga erishish qiyin bo‘lsa-da, aslida imkonsiz emasligini ta’kidlamoqdalar”, deyiladi maqolada.
Shuningdek, maqola mualliflari Yevropa Ittifoqi va Kanadani Atlantika okeani ajratib tursa-da, ayni paytda ularni ko‘plab manfaatlar birlashtirishi, jumladan, mustahkam iqtisodiy aloqalar, umumiy demokratik qadriyatlar va Donald Tramp rahbarligidagi yangi Amerika ma’muriyati siyosati bilan bog‘liq muammolar ularni yaqinlashtirishini qayd etishgan.
Sankt Peterburg davlat universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti Yevropa tadqiqotlari kafedrasi dotsenti Dmitriy Levining fikricha, Kanadaning Yevropa Ittifoqiga (YI) integratsiyalashuvi haqidagi fikrlar AQSHning tarif siyosatiga javoban qilingan harakat hisoblanadi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadani AQSHning navbatdagi shtatiga aylantirish niyati haqida bir necha bor o‘z fikrini bildirgan edi.
Izoh (0)