• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    40 kilodan 60 kilogacha. Oshqozon kichraytirish operatsiyasi orqali ozayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    Bir muddat avval o‘zbekistonliklar bariatrik jarrohlik uchun Turkiyaga safar qilardi. Hozirda bu jarrohlik amaliyoti O‘zbekistonda ham amalga oshirilyapti. Masalan, ozarbayjonlik shifokor xususiy klinikalarning biriga tashrif buyurib, ro‘yxatdan o‘tgan bemorlarni qabul qiladi. Jarrohlik xarajatlari 4500 AQSH dollarini tashkil etadi. O‘zbek shifokorlarining bariatrik jarrohlik amaliyoti esa 3500 AQSH dollar evaziga o‘tkazilyapti.

    Keyingi paytlarda oshqozonini jarrohlik yo‘li bilan qisqartirish natijasida hayratlanarli darajada ozgan san’at vakillari haqidagi xabarlar tez-tez quloqqa chalinyapti. Xo‘sh, taniqli ayollardan kimlar bu jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi va natijalar kutilganidek bo‘lyaptimi? Bu haqda ularning o‘zlari bilan suhbatlashamiz.

    Zuhra Soliyeva: “Menga sport yordam bermadi”

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    — Semirish har doim ham ovqat ko‘p iste’mol qilish va kam harakatlilikdan yuzaga kelmaydi. Unga boshqa omillar, xususan, endokrin bezlar faoliyatining yomonlashuvi ham sabab bo‘lishi mumkin. Ikki-uch yil avval shifokorga murojaat qilganimda, menda garmon buzilishi sodir bo‘layotganidan ogohlantirgan edi. Uni bir necha yil davomida dori-darmonlar bilan ham davolash mumkin, ammo bu har doim ham samara beravermas ekan. Shu bois menga jarrohlik amaliyotini tavsiya qilishdi.

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    Hayotda u qadar ishtahali inson emasman, bundan tashqari, kunimning eng kamida o‘n soati harakatda o‘tadi. Ayni karantin davri kuchaytirilgan paytda uydan chiqmay, kuniga 7-8 soat jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandim. Eng alam qilgani, bir gramm ham vazn yo‘qotmadim. Keyin bilsam, bu xastalikning sababi boshqa ekan. Tekshiruvlardan so‘ng meni kamida qirq kilogramm vazn tashlashim kerakligini aytishdi. Oshqozonni kichraytirish operatsiyasidan keyin ilk oyda 15 kilo vazn tashladim. Hozir qanchalik xursandligimni tasvirlab berolmayman. Chunki avvalgi kiyimlarimga ikkinchi Zuhra bemalol sig‘adigan natijaga erishdim, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.

    Feruza Jumaniyozova: “Salomatligim yomonlashganini yashirmayman”

    Foto: Instagram / @feruza_jumaniyazova

    Foto: Instagram / @feruza_jumaniyazova

    — Ko‘pchilik bariatrik jarrohlik amaliyotini chiroy uchun qildi, deb o‘ylashadi. Ammo bu salomatligimni tiklashim uchun ham zarur edi. Salomatligimda o‘zgarish bo‘lganini hech qachon yashirmayman. Qomatdagi o‘zgarish ham faqat insonning ishtahasi bilan emas, balki sog‘lig‘i bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Foto: Instagram / @feruza_jumaniyazova

    Foto: Instagram / @feruza_jumaniyazova

    Oshqozonni kichraytirish amaliyoti butun dunyoda o‘tkaziladi. Qandli diabet xastaligiga chalinganlar ham bu amaliyotni boshidan o‘tkazishadi. Parhez va jismoniy mashq ham ozishga yordam beradi, ammo baribir kutilgan natijaga erishish mushkul.Yashirmayman, operatsiyadan keyin immunitetim birdan tushib ketdi. Holsizlanib qoldim. Ammo asta-sekin hammasi yaxshilanyapti. O‘zimni avvalgidek yengil va g‘ayratli his qilyapman. Jarrohlikdan keyingi avvalgi oylarda katta vazn yo‘qotiladi, normal vaznga erishgach to‘xtaydi, — deydi xonanda Feruza Jumaniyozova.

    Shahnoza Otaboyeva: “Semizlik sabab odamlardan uyalardim”

    Foto: Instagram / @shahnoza_otaboyeva

    Foto: Instagram / @shahnoza_otaboyeva

    — Kasbim sabab hamisha odamlar orasida bo‘lishimga to‘g‘ri keladi. Ammo jarrohlikdan avval ko‘chaga chiqishni ham istamasdim. Hatto odamlardan uyalganim uchun qochib yurardim. Dugonalarim uchrashuvga chaqirishsa, bormaslik uchun bahona izlardim. Operatsiyadan keyin hammasi o‘zgardi. Yashashga bo‘lgan muhabbatim yanada ortdi. Operatsiyadan keyingi oyda 15 kilo vazn tashladim, ikkinchi oy esa 5 kiloga ozdim. Teri osilib qolish jarayonlari bo‘lmadi, hammasi a’lo. Ilgari qon bosimning oshishi, oyoq og‘riqlaridan aziyat chekardim.Hozir esa hammasi joyida. Ammo shunda ham diyeta va jismoniy harakatlarga alohida e’tibor beryapman. Yashash tarzimni butunlay o‘zgartirdim. Oz-ozdan tez-tez ovqatlanyapman. Zararsiz mahsulotlarni iste’mol qilishga harakat qilyapman. Jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish qiyin, ammo bundan boshqa choram qolmagandi, — deydi xonanda Shahnoza Otaboyeva.

    Madina Bozorova: “60 kilo vazn yo‘qotdim”

    Madina Bozorova asli mutaxassisligi bo‘yicha stilist bo‘lsa-da, bir nechta xonandalarning kliplarida suratga tushgan. Ayniqsa, Shohruxxonning “Qo‘g‘irchoq” klipidagi ishtiroki tomoshabinlar e’tiboriga tushgan.

    Foto: Instagram / @stylist_madina

    Foto: Instagram / @stylist_madina

    — Asli kasbim grim ustasi bo‘lgan. Hamisha san’atkorlar davrasida bo‘lganim uchun juda ko‘p kliplarda suratga tushganman. Shohruxxonning “Qo‘g‘irchoq” klipidagi ishtirokim omadli chiqqandi. Oxirgi yillarda vaznim keskin ortib ketgani uchun bu sohani tark etishimga ham to‘g‘ri keldi. Ozish uchun hamma chorani qo‘llab ko‘rganman. Ming mashaqqat bilan ozaman, keyin birdan vaznim ikki barobar ortardi. Bu jiddiy xastalik ekanligini aytishganidan so‘ng, oshqozonimni qisqartirishga majbur bo‘ldim. Shu kungacha 60 kilo vazn tashladim. Bu bir yilda super natija. Oshqozonim og‘rimaydi. Ammo sochim to‘kiladigan bo‘lib qoldi. Shifokorlar bu immunitet tushishi bilan bog‘liq, deyishdi. San’atdan ketib, hozirda dekor sohasida faoliyat yurityapman, — deydi Madina Bozorova.

    Kamola Oripova: “Jarrohlikdan so‘ng ona bo‘ldim”

    Marhum xonanda Mo‘min Oripovning rafiqasi Kamola Oripova Instagram foydalanuvchilariga yaxshi tanish. Uning sahifasini 1,5 million obunachi kuzatadi. Kamola sochlarni keratin yordamida silliqlash bo‘yicha mutaxassis. U ayni kunlarda Istanbuldagi go‘zallik salonida faoliyat yurityapti.

    Foto: Kamola Oripovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Kamola Oripovaning shaxsiy arxividan

    — Nega oshqozon operatsiyasini qilishga majbur bo‘lganimni odamlardan yashirmaganman. Chunki hamma ayol go‘zal qomat egasi bo‘lishga haqli. Oshqozon operatsiyasini 2020-yilning 8-fevral sanasida qildirganman. Bir yilda 43 kilo vazn yo‘qotib, o‘zimni yengil his qildim. Undan keyin qizim Maryamxon dunyoga keldi. Hozir ham homiladorlik bilan bog‘liq jarayonni boshdan kechiryapman. Haddan ortiq to‘lishib ketganim yo‘q. Yana 10 kilo ozish niyatim bor. Faqat bu rejani bir necha oyga ortga surib turishimga to‘g‘ri keldi, — deydi Kamola Oripova.

    Mohina Zapolskaya: “Afsusdaman”

    Mohina Zapolskaya “Zirapcha” realiti-shousidagi ishtiroki bilan xalqimizga yaxshi tanish. U bir necha yildan buyon ko‘chmas mulk savdosi va qurilishi bilan shug‘ullanadi. Mohina ko‘rsatuvdagi ishtirokidan so‘ng “Meni asra” serialida ham suratga tushgan.

    Foto: Instagram / @mohinazapolskaya

    Foto: Instagram / @mohinazapolskaya

    — Oshqozonimni kichraytirganimga biroz afsuslandim. Chunki undan keyingi azoblar tasavvur qilib bo‘lmas darajada ekan. Shunday bo‘lishini bilganimda, hech qachon operatsiyaga rozilik bermasdim. Bunday azoblangandan ko‘ra, semirib yurganim yaxshi edi. Ozyapman, ammo bir hafta deganda o‘zimga keldim. Mayli, hammasi yaxshilikka. Hali keskin ozganimcha yo‘q. Ishqilib, shuncha harakatga yarasha ozay-da, deb turibman, — deydi Mohina Zapolskaya.

                   Mavzuga doir:

    • 15 kilogrammdan 43 kilogrammgacha: ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni uddalay olgan o‘zbek shou-biznes vakillari (foto)
    • Fotogalereya: Tanib bo‘lmas darajada ozgan mashhurlar
    • Yulduzlar ozishdan oldin va keyin
    • Tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

    01.04.2022, 19:46   Izoh (0)   167604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikalik aktyor Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ladi

    01.04.2022, 12:01

    Kiyim va zargarlik buyumlari orqali sirli ma’noga ega obraz yaratgan mashhurlar (foto)

    31.03.2022, 17:40

    “Oskar” taqdirlash marosimining sahna ortida nimalar yuz berishi aks etgan suratlar

    31.03.2022, 12:32

    Instagram: O‘zbekistonni tark etmaydigan Yulduz Usmonova, shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan Ziyoda, turmushidan ajrashgan Sitora Alimjonova

    30.03.2022, 22:25

    Mashhur insonlarning hayratda qoldiradigan g‘alati odatlari (foto)

    30.03.2022, 20:56

    Haligacha “Oskar”ga loyiq ko‘rilmagan taniqli va iste’dodli aktrisalar (foto)

    30.03.2022, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikaga “Erik” to‘foni yopirildi

    Dunyo | 19 iyun, 12:02

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:52

    Raqobat qo‘mitasi aldamchi konsalting firmalaridan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:40

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.