AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Nyu York bosh prokurori Letitsiya Jeymsni ipoteka kreditini rasmiylashtirishda firibgarlik qilganlikda gumon qilmoqda. Bu haqda seshanba kuni Fox News telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Federal uy-joy rasmiylashtirish agentligi Nyu-York bosh prokuroriga nisbatan jinoiy tergov o‘tkazish uchun AQSH Adliya vazirligiga so‘rov yuborgan. Uy-joy idorasining ta’kidlashicha, Jeyms ipotekani rasmiylashtirishda garchi u mansabdor shaxs sifatida ish joyida yashashi shart bo‘lsa-da, asosiy yashash joyi sifatida Virjiniya shtatidagi o‘ziga tegishli uy-joy maydonini ko‘rsatgan. Shuningdek, u qulay qarz shartlarini olish uchun Nyu Yorkdagi mulk qiymatini pasaytirib ko‘rsatgan. Bundan tashqari, u ipoteka arizasida otasini turmush o‘rtog‘i sifatida qayd etgan.
2022-yilda aynan Jeyms Trampni Trump Organization aktivlarini baholashda firibgarlik qilganlikda ayblab, unga qarshi da’vo qo‘zg‘atgan edi. Sud jarayoni yakuniga ko‘ra, Nyu York sudi 2024-yil fevral oyida Trampga 454 million dollar to‘lash majburiyatini yuklagandi.
Izoh (0)