Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Fayz-M” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda xomashyoni qayta ishlab, qo‘shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to‘qish, bo‘yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo‘nalishidagi yirik loyihalardan biri.

Bu yerda yiliga 4 mln 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi. Mingga yaqin fuqaro ish bilan taʼminlangan. Xodimlar malakasini oshirish ham eʼtiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.

Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg‘or uskunalar ish unumdorligi va mahsulotlar sifatini taʼminlamoqda. Tayyor kiyim-kechaklarning katta qismi eksportga yo‘naltiriladi. Yillik eksport salohiyati 6 mln dollarga yetgan.

Prezident ishlab chiqarish jarayonini va tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Sifat ko‘rsatkichlari ustida ishlab, qo‘shilgan qiymatni oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.



Izoh (0)