• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kameron Dias, Mey Mask va kitob javoningizdan o‘rin olishi kerak bo‘lgan boshqa mashhurlarning avtobiografik asarlari (foto)

    Agar siz yulduzlarning hayotini muammosiz deb o‘ylasangiz, adashgan bo‘lasiz. Ularning har biri dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishish yo‘lida qiyin bosqichlarni boshdan kechirgan. Agar siz ishonchni qozonishni, o‘zingizni sevishni va yangi yutuqlar uchun motivatsiyani qanday topishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, unda mashhur Gollivud aktyorlarining ushbu avtobiografiyalari sizga albatta yoqadi. Quyidagi hayotiy hikoyalarga asoslangan asarlar har qanday romandan ko‘ra qiziqarli. Bundan tashqari, ular ilhomlanishga, o‘zingizga ishonishga va orzularingizni amalga oshishiga yordam beradi.

    Kameron Dias — “Inson tanasi haqida” kitobi

    Kameron Dias aktrisalik faoliyatini tugatishga qaror qilganida hammani hayratda qoldirdi. Biroq aynan shu davrda aktrisa “Inson tanasi haqida” kitobini chiqardi. Kameron ushbu kitobda  inson o‘zini qanday sevishi kerakligi, tana bergan signallarni tinglashni boshlash haqida gapirgan. Aktrisa o‘zining jismoniy holati bilan ishlash orqali o‘z karyerasida istalgan cho‘qqilarni zabt etishiga va baxtli yashashiga ishonch bildirgan.

    “Men o‘n besh yildan beri o‘z tanasining imkoniyatlarini o‘rganayotgan ayolman va men uchun bu tajriba eng hayajonlisi va foydalisidir. Menda bor narsa, men erishgan hamma narsa qandaydir tarzda tana haqidagi bilimlarim bilan bog‘liq. Men ham katta yutuqlarga erishishingizni istayman”, — deydi Dias.

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Boshqa biror narsa” — Dayan Kiton

    Dayan Kiton haqli ravishda Gollivudning eng nufuzli aktrisalaridan biri deb hisoblash mumkin. U Frensis Ford Koppola, Vudi Allen va boshqa taniqli rejissorlar bilan yaqin do‘st. U o‘zining tarjimayi holida nafaqat kinodagi karyerasi, balki shaxsiy hayoti haqida ham gapirib bergan. Masalan, aktrisa o‘z asarida ota-onasi bilan qiyin munosabatlari haqida ham yozgan.

    Foto: Grazia

    “Shunchaki baxtli bo‘ling” — Keyt Hadson

    Keyt Hadson Kameron Dias kabi salomatlik va fitnesning ahamiyatiga e’tibor qaratishga qaror qildi. U o‘z asarida ish va uydagi hayotini qanday qilib uyg‘unlashtirishni o‘rgatadi. Shuningdek, aktrisa orzungizdagi tanaga erishishingizga yordam beradigan maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi va jarayonning o‘zidan zavqlanishingizni eslatdi.

    “O‘zingiz bilan ijobiy munosabat o‘rnatish o‘zingizni hurmat qilish, kamchiliklaringizni qabul qilish va o‘tmishingizni tan olishni anglatadi. Bu sizning kuchli va zaif tomonlaringizni qabul qilish va o‘zingizni qulayroq his qilishga imkon yaratadi. Siz o‘zingizga va qanday inson ekaningizga qarshi kurashmasligingiz kerak”, — deydi Hadson.

    Foto: Grazia

    “Men baxtliman” — Jeki Chan

    Jeki Chan ushbu asarida o‘tmishi haqida so‘z yuritgan. U o‘z tarjimayi holida shon-shuhrat sari yo‘li haqida yozgan. Bu asarni mutolaa qilish orqali siz aktyorning birinchi marta suratga olish maydonchasidagi holatini, uning qanday qilib kaskadyor sifatida ishlay boshlaganini va keyinchalik Gollivudni zabt etishga qaror qilganini bilib olasiz.

    Chan o‘z asarida nafaqat karyerasiga e’tibor qaratgan, balki shaxsiy hayoti haqida ham so‘z yuritgan. U kitobda oilasi bilan munosabatlari haqida gapirib, shon-shuhrat va uning hayotiga ta’siri haqida gapirgan. Ushbu kitob orqali siz Jeki Channing o‘zingiz bilmagan tomonlarini kashf etasiz.

    Foto: Grazia

    “Yashil chiroq”, Mettyu Makkonaxi

    “Yashil chiroq” asari “Oskar” mukofoti sovrindori Mettyu Makkonaxiga butunlay boshqa tomondan qarashga yordam beradi.

    “O‘ttiz besh yil davomida o‘zimni qiziqtirgan yoki hayot yo‘lida menga yordam bergan narsalarni tushundim, esladim, tan oldim, to‘pladim va yozib oldim”, — deydi aktyor.

    Asarda Mettyu kinodagi birinchi qadamlari, yuridik fakultetni tark etish to‘g‘risidagi qarori, otasi bilan bo‘lgan og‘ir munosabatlari, shaxsiy hayoti va romantik roldan ko‘ra, buyuk dramatik aktyor bo‘lishni istagan yigit haqida yozgan.

    Foto: Grazia

    “Hammasini eslab qoling” — Arnold Shvarsenegger

    Arnold Shvarsenegger Avstriyaning kichik shaharchasida tug‘ilgan. Aktyor u yerda mashhurlikka erisha olmasligini tushunib yetadi. Dastlab u eng mashhur bodibilderga aylandi, keyinchalik filmlarda rol o‘ynay boshladi, so‘ngra esa Kaliforniya gubernatori lavozimini egalladi. Ushbu kitobda aktyor hayotining barcha muhim bosqichlarini eslashga qaror qilgan. Aynan shu xotiralar Netflix’ning Arnold haqidagi hujjatli seriali uchun ssenariy bo‘ldi.

    Foto: Grazia

    “Rejali ayol: Baxtli hayot qoidalari”, Mey Mask

    Mey Mask birinchi mag‘lubiyatdan keyin taslim bo‘ladigan ayollardan emas, u 31 yoshida yolg‘iz onaga aylandi va 60 yoshida u modellik faoliyatini boshladi.

    Bir vaqtning o‘zida supermodel, diyetolog bo‘lish, uchta farzandni dunyoga keltirish va dunyodagi eng taniqli biznesmen — milliarder o‘g‘ilni qanday tarbiya qilish kerak? Mey Mask tarjimayi holida shu haqda so‘z yuritadi. U Janubiy Afrikada tug‘ilgan va juda ko‘p sayohat qilgan, keyin Kanadaga ko‘chib o‘tgan va muvaffaqiyatli modellik karyerasini qurgan, kosmetika bo‘yicha yetakchi brendlarning reklama roliklarida va Beyonse kliplarida suratga tushgan.

    Foto: Grazia

    Shu bilan birga, Meyning turmushi havas qilarlik bo‘lmagan — avtobiografiyasida u boshidan kechirgan ko‘plab sinovlarni tasvirlaydi. Shu bilan birga, u ayollarni ilhomlantiruvchi maslahatlar beradi, o‘zingizga e’tibor berishning muhimligi haqida gapiradi va yangi ish boshlashga hech qachon kech bo‘lmasligini eslatadi.

    12.09.2023, 11:51   Izoh (0)   4821
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Betashvish kelajak kafolatlangan: Dunyodagi eng badavlat bolalar (foto)

    12.09.2023, 11:00

    Instagram: “Mitti vayn”chi Ulug‘bekka atalgan syurpriz, Rustam Sa’dullayev o‘g‘lini uylantirdi, Nilufar Usmonova endi bog‘bon

    11.09.2023, 22:15

    Badavlat oilalarda tug‘ilib, voyaga yetgan Gollivud yulduzlari (foto)

    11.09.2023, 19:52

    Marvel filmlaridagi Kapitan Amerika — Gollivud aktyori Kris Evans yashirincha uylandi

    11.09.2023, 17:50

    83 yoshli Al Pachino farzandli bo‘lganidan uch oy o‘tib, rafiqasi bilan ajrashmoqda

    11.09.2023, 15:45

    Instagram: Yorqinxo‘ja Umarov uylanmoqda, Gulasal Abdullayeva yangi mashina oldi, Rahmatulloh Termiziy Munisaning erini mazax qilayotganlarga murojaat qildi

    09.09.2023, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afrikada har yili 815 ming odam ovqat pishirishdan kelib chiqqan havo ifloslanishidan vafot etadi — hisobot

    Dunyo | 21 iyul, 12:11

    “Barselona” “Real” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 21 iyul, 12:03

    Universitetga kirish imtihonidan yiqilgan o‘g‘lini xitoylik ota-ona uydan haydab chiqardi

    Layfstayl | 21 iyul, 11:53

    Eron Yevropaning uchta davlati bilan yadroviy muzokaralar o‘tkazadi

    Dunyo | 21 iyul, 11:38

    Kino narxi tushadi, sifati esa oshadi: Netflix film suratga olishda sun’iy intellektdan foydalana boshladi

    Kino | 21 iyul, 11:33

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    Rim Papasi G‘azodagi hujumlarni “varvarlik”ka qiyosladi (video)

    Dunyo | 21 iyul, 11:27

    “Manchester Siti” o‘z futbolchisini 40 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor

    Sport | 21 iyul, 11:10

    “O‘zbekneftgaz” sentyabrdan Ai-80 ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 11:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.