• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Istedim”ni o‘zbeklar mashhur qildi”. Roza Zergerlining O‘zbekistondagi ilk konserti qanday o‘tmoqda?

    Ozarbayjonlik xonanda Roza Zergerlining “Istedim” nomli taronasi qisqa fursatda O‘rta Osiyoda xit darajasiga yetdi. Birgina qo‘shig‘i orqali olamshumul mashhurlikka erishgan xonanda14-15-aprel kunlari Toshkentning muhtasham “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘zining ilk yakkaxon konsert dasturini o‘zbek tinglovchilariga jonli ijroda taqdim etyapti. “Daryo” jamoasi konsertdan maxsus reportaj tayyorladi.

    Konsert xonandani mashhur qilgan “Istedim” kompozitsiyasi bilan boshlandi. Xit taronadan so‘ng Rozaxonim o‘zbek muxlislari bilan salomlashib, ularni ko‘rishdan mamnunligini aytdi.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu konsert ozarbayjonlik xonandaning O‘zbekistondagi ilk konserti bo‘ldi. Shunga qaramay, sanʼat saroyi o‘zbek va boshqa millatga mansub muxlislar bilan to‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    — Ko‘p davlatlarda konsert berganman, lekin O‘zbekistonda birinchisi bo‘ldi. Konsertdagi har bir gapimni muxlislar diqqat bilan tingladi va shunga yarasha olqishlar ham oldim. Men farroshdan tortib rejissyorgacha bugungi kun uchun minnatdorman. Ertalabdan buyon men bilan bo‘lishdi, dizaynerim Turkiyadan tezkor reys bilan yetib keldi, deydi xonanda konsertdan so‘ng bergan intervyusida.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Roza Zergerli konsertda ikki tilda muloqot qildi. Ozar tili turkiy xalqlar uchun begona emasligi sabab o‘zbek muxlislari uning so‘zlarini yaxshi tushundi.

    — Taassurotlarim aʼlo darajada. O‘zbekistondagi ilk yakkaxon konsertim “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tyapti. Konsertimga tashrif buyurgan har bir insondan minnatdorman.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Konsertga hozirlik ko‘rayotganimizda grim va boshqa tashkiliy masalalar tufayli soat 20:00 da boshlaymiz deyishdi. Konsert boshlanish vaqti 19:00 deb yozilgani bilan bir soat kechroq boshlaymiz, bizda hamma biroz kech qolib keladi, deyishdi (kulib). Lekin soat 19:00 da zal to‘lgandi, tezroq boshlaylik, deyaverdim. Muxlislar men uchun to‘plangani katta baxt. O‘zbekiston mening ikkinchi vatanim. Chunki “Istedim” qo‘shig‘im avval O‘zbekistonda, so‘ng Qozog‘istonda xit bo‘ldi va dunyo top-chartlaridan birinchilikni egalladi”, deydi xonanda intervyu davomida samimiyat bilan.

    Konsertga O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Farrux Zokirov ham tashrif buyurdi va sahnada Roza bilan birga kuyladi. Afsonaviy sanʼatkor Zergerli bilan turli madaniy tadbirlarda uchrashgan va ijodiga befarq emasligini aytgan.

    Foto: “Daryo”

    Konsert so‘ngiga yaqin Rozaxonim uchun tikilgan maxsus chopon sahnaga olib chiqildi. U shu choponda O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Nasiba Abdullayevaning “Bari gal” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuyladi. Bu xonandaning o‘zbek tilidagi ilk qo‘shig‘i bo‘ldi va tinglovchilar tomonidan iliq baholandi. Barcha unga jo‘r bo‘ldi va raqsga tushdi. Zergerli nega aynan bu qo‘shiqni tanlagani haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Rostini aytsam, biz o‘nta o‘zbekcha qo‘shiqning ichidan bittasini tanlab olamiz va men shuni o‘zbek tilida aytaman, deb mo‘ljallab qo‘ygandik. O‘zbekistondagi gala-konsertlardan birida “Bu yerdagi ilk yakkaxon konsertimda o‘zbek tilida qo‘shiq kuylashga vaʼda beraman” deb aytgandim. Shundan so‘ng ko‘pgina takliflar tushdi. Davlat tadbirlarining birida Nasibaxonim Abdullayeva bilan uchrashganimda “Nasibaxonim, menga qo‘shiq tanlashda yordam bering. Siz shu yerda yashaysiz, xalqning didini bilasiz” dedim. U menga istasam “Bari gal”ni kuylashimni aytdi. Men ungacha “Bari bax”ni kuylashni o‘ylayotgandim. “Bari gal”ni Nasibaxonim kuylagani uchun tanladim.

    Ozarbayjonlik xonanda sifatida o‘zbekchada sof kuyladim, deb o‘ylayapman. Menga yon-atrofimdagilar “Siz o‘zbek tilida ideal darajada kuyladingiz” deyishdi. Barcha o‘zbeklar ustimdan kulmasin, menga qanday kuylayotganimni aytinglar, deganimda ham ideal darajada kuylayotganimni aytishdi”, deydi Roza Zergerli.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Reportajni to‘liq holda Daryo Lifestyle YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    15 aprel, 20:50   Izoh (0)   14554
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Roza Zergerli#“Istedim”#Farrux Zokirov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.