Amerikalik xonanda va aktrisa Britni Spirs navbatdagi ta’tilini Meksikada o‘tkazishga qaror qildi, deb yozadi People talk. Aeroportga xonanda o‘zining shaxsiy qo‘riqchisi bilan birga kelgan. Qo‘riqchining qo‘lida esa adyolga o‘ralgan qo‘g‘irchoq bola bo‘lgan.

Bu qo‘g‘irchoqni Britni Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali muxlislariga tanishtirgan edi. Qo‘g‘irchoqning ismi Brennan bo‘lib, Spirs unga haqiqiy bola kabi munosabatda bo‘lmoqda.

Mazkur suratlar Britnining muxlislarini hayratga soldi. Ko‘plab foydalanuvchilar xonandaning ruhiy holati haqida tashvishlanmoqda va unga mutaxassislar yordami kerak, degan fikrlarni bildirmoqda. Ayrimlar bu holat Britnining o‘z o‘g‘illarini tarbiyalay olmasligi ortidan kelgan stress bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, boshqalar buni psixologik terapiya jarayonining bir qismi sifatida, deya taxmin qilmoqda.


Ma’lumot uchun, Britni Spirs 2004-yilda Kevin Federlayn bilan turmush qurgan. Ular ikki o‘g‘il: Shon hamda Jeydanning ota-onasi. 2007—2008-yillarda Britnining ruhiy holatidagi muammolar sababli sud farzandlarining vasiyligini to‘liq Kevin Federlaynga topshirgan. Britni ularni faqat nazorat ostida ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan. Keyinchalik u o‘z sog‘lig‘i ustida ishlagan, biroq farzandlari bilan munosabatlari to‘liq tiklanmagan.
So‘nggi yillarda Shon va Jeyden onalari bilan uchrashuvlar sonini kamaytirgan. Kevin Federlayn va o‘g‘illari hatto bir necha bor Britnining ijtimoiy tarmoqlardagi noodatiy xatti-harakatlaridan xavotir bildirgan. 2023-yilda esa Kevin o‘g‘illarni Yaponiyaga ko‘chirgan, bu esa Britni uchun og‘riqli qaror bo‘lgan, biroq u bunga to‘siq qo‘ymagan. Hozirda Britni o‘g‘illari bilan doimiy aloqada emas, ammo u intervyularida farzandlariga mehrini va sog‘inchini doim ta’kidlab keladi.
Izoh (0)