Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida WBM Romitex klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasiga borib, faoliyati bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, WBM Fabrics nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o‘rnatildi. Matoni bo‘yash va gul solish yo‘lga qo‘yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Loyiha doirasida 600 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.

Xabarda aytilishicha, yana bir e’tiborli tomoni, majmuada Italiyadan keltirilgan zamonaviy suv tozalash inshooti barpo etilgan. Unda bo‘yoq sexidan chiqqan texnik suv tozalanib, qayta foydalanishga yo‘naltiriladi. Bu tejamkorlik va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan muloqot qildi. Ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish, energiya tejamkorlik orqali tannarxni kamaytirish, ishchilarning kasbiy malakasini oshirish masalalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Qayd etilishicha, korxona faoliyati tashqi bozorga ixtisoslashgan, yillik eksport hajmi 55 million dollarni tashkil etadi.




Andijon viloyatida to‘qimachilik sanoati rivojlanmoqda
Viloyatning respublika to‘qimachilik sanoatidagi ulushi 16,5 foiz. 2024-yilda Andijonda 20 trillion so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, 488 million dollarlik eksport qilingan. Bu viloyat umumiy eksportining 42 foizini tashkil etadi.






-5aLlQE5n.avif)


Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga kelgandi. Davlat rahbari dastlab Andijon xalqaro aeroportini modernizatsiyalash ishlarining borishi bilan tanishdi. Tashrif davomida yangi korxonalar faoliyatidan tashqari, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, joylardagi qurilish va bunyodkorlikni ko‘zdan kechirish ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlat rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.
Izoh (0)